O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Miometriyga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari



Download 30,26 Mb.
bet265/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

10.2.Miometriyga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari

Bu guruh dorilariga kichik dozalarda ham bachadon tonusiga ta’sir etuvchi vositalar kiradi. Ularning bunday tanlab ta’sir etish xossasi miometriyning ritmik yoki tonik qisqarishini ta’minlashda qo‘llaniladi. Miometriyning qisqarishi va tonusi neyrogumoral mexanizmlar bilan boshqariladi. Jumladan, unda oksitotsin, prosta­glandinlar hamda adrenergik va xolinergik nervlar qatnashadi. M-xolinoretseptorlar va α-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atilsa, bachadon mushaklari qisqaradi, β2-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atilsa, bo‘shashtiradi.


Bachadonga ta’sir etuvchi vositalar
Bachadonga ta’sir etuvchi vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Asosan miometriyning qisqarishiga ta’sir etuvchi vositalar:

  1. kuchaytiruvchilar: oksitotsin, pituitrin, dinoprost (PGF), dinoproston (PGE2).

  2. susaytiruvchilar:

    • β2-adrenomimetiklar: fenoterol, salbutamol.

    • -narkoz vositalari: natriy oksibutirat

    • -turli vositalar: magniy sulfat

  1. Asosan miometriy tonusini kuchaytiruvchi vositalar:

  1. Koramig‘ dori vositalari: ergometrin moleat, ergotamin gidrotartrat, ergotal, koramigning quyuq ekstrakti.

  2. sintetik dori vositalar: kotarnin xlorid.

  1. Bachadon bo‘yni tonusini susaytiruvchi vositalar: Atropin sulfat, dinoprost, dinoproston.

Asosan bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi vositalari:
Oksitotsin – gipofizning orqa bo‘lagi gormoni–oktapetid. Miometriyni ritmik qisqarish kuchini oshiradi (to‘lg‘oq chaqiradi). Homiladorlikda bachadon unga ta’sirchan bo‘ladi. Oksitotsinning ta’siri homiladorlik davomligi oshgan sari ortadi va tug‘ish davrida eng yuqori bo‘ladi. Oksitotsin ta’sirida bachadoni qisqarish kuchi va qisqarish soni ortadi. Oksitotsinning katta dozalari bachadon tonusini ham oshiradi. Bir vaqtning o‘zida sut bezlarining sekretsiyasi va sut ajralishi ham ortadi. Oksitotsin tomirga tomchilab, tug‘ish jarayonini qo‘zg‘atish va uni kuchaytirish (tezlashtirish) uchun, hamda homila tug‘ilgandan keyingi davrda esa qon ketishini to‘xtatish va bachadon atoniyasini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
Dezaminooksitotsin oksitotsinni sintetik dori vositai. Oksitotsinga nisbatan ta’siri kuchliroq, lekin oksitotsinni parchalovchi fermentlar ta’siriga chidamli og‘iz bo‘shlg‘idagi shilliq qavatlardan yaxshi so‘riladi, parchalanmaydi, shuning uchun lunjga quyiladi (transbukalno). Dori vosita qon bosimiga ta’sir etmaydi. Tuqqan ayollar bachadon invalyusiyasi (ya’ni o‘z xoliga qaytish) va sut ajralishni kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.
Pitiutrin – oksitotsin va vazopressin aralashmasi (antiidiuretik gormon) Oksitotsinga nisbatan kamroq tanlab ta’sir etadi, qon bosimi ko‘taradi.
Gifototsin – gipofizning orqa qismidan ajratilib, tozalangan dori vosita, asosan oksitotsindan iborat, vazopressin kamroq. Oksitotsin kabi qo‘llaniladi.
Dinoprost – PGF Akusherlik amaliyotida qo‘llaniladigan prostaglandinlar­ning asosiy namoyondasi. Miometriy hujayralarida joylashgan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan retseptorlarning kuchli qo‘zg‘atish xossasiga ega. Dinoprost homilador bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qatiy nazar bachadonning ritmik qisqartirishini va tonusni oshiradi, hamda bachadonni bo‘ynini bo‘shashtiradi. Dinoprost bronxlarning silliq mushaklarining qisqarishini ham oshiradi, ayniqsa bronxial astma xastaligi borlarda. Dori vosita yurakning sistolik hajmini oshiradi, taxikardiya chaqiradi, lekin qon bosimini o‘zgartirmaydi, katta dozalarda qon bosimini oshiradi. O‘pka tomirlarini terapevtik dozalarida toraytiradi, MIT motorikasini oshiradi. Tomirlarining o‘tkazuvchanligini oshiradi, sariq tanani degeneratsiyasiga olib keladi (lyuteoliz).
Ko‘rsatmalar: homiladorlikni to‘xtatish uchun, tug‘ish jarayonini qo‘zg‘atish yoki kuchaytirish uchun uchun (tulgok).
Noxush ta’siri: flebit, dispepsiya, gipertermiya, taxikardiya, bronxospazm.
Glaukoma, bachadonda chandiq bo‘lsa, anatomik va klinik tor chag‘onoqda, buyrak va jigar xastaligida, yurak tomir yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Metildinoprost-sintetik dori vosita dinoprostga nisbatan kuchli va davomli ta’sir ko‘rsatadi.
Dinoproston (PGE2) – Prostoglandin E2 bo‘lib, homilador ayol bachadonini kuchli ritmik qisqarishini va tonusini oshiradi, hamda bachadon bo‘ynini bo‘shashtiradi. Tomirlarning umumiy qarshiligini pasaytiradi, qon bosimini tushiradi. Lekin dinoprostondan farq qilib, o‘pka tomirlarini toraytirmaydi, bronxospazm chaqirmaydi. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va yurak urishi sonini oshiradi (taxikardiya), chunki sAMF miqdorini kamaytiradi. Dinoproston ichak motorikasini (harakatini) oshiradi, me’da sekretsiyasini susaytiradi. Lyuteolitik ta’sirga ega. Dinoprost kabi qo‘llaniladi.
Fenoterol – tokolitik vosita bo‘lib, bachadonning β2-adrenoretseptorlarini qo‘zg‘atadi. Vaqtidan avval boshlangan tug‘ish jarayonini to‘xtatadi. CHunki bachadon mushaklarining kuchli bo‘shashtiradi. Samaradorligi yuqori dori vosita. Lekin bachadonga tanlab ta’sir etish xossasi yo‘qligidan, ko‘pgina noxush ta’sirlar rivojlanadi (taxikardiya, titrash, qon bosimini pasayishi, mushaklarning bo‘shashishi, terlash, dispepsiya). Ichilganda (tabl) salbutamolga nisbatan tezroq ta’sir ko‘rsatadi. Lekin qisqa ta’sir etadi. Homila va chaqaloqga unchalik ta’sir ko‘rsatmasa ham, ona bolada taxikardiya chaqiradi.
Magniy sulfat – miometriy hujayralariga kalsiy ionlarini kirishini buzadi. Kalsiy miometriyning qisqarishi uchun zarur. Bundan tashqari magniy sulfat to‘g‘ridan-to‘g‘ri miometriyga salbiy ta’sir etib, uni qisqarishini susaytiradi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish