Qo'llash usuli va dozalari. Emuvchi bolalar va 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 1 kapsula ichidagisi kuniga uch marta ovqatdan keyin ko'p bo'lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga ichiladi.
2 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 1 yoki 2 kapsula ichidagisi kuniga 3 marta ovqatdan keyin ko'p bo'lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga ichiladi.
Agarda bola butun kapsulani yuta olmasa, uni ochish va oz miqdordagi suyuqlik bilan aralashtirish (choy, sharbat, shirinlashtirilgan suv) kerak.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga: 2 kapsuladan kuniga 3 marta ko'p bo'lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga ichiladi.
Davolashning davomiyligi disbakteriozning rivojlanish sabablari va organizmning shaxsiy xususiyatlariga bo g'liq.
Noxush samaralari. Preparat yaxshi o'zlashtiriladi, noxush samaralari to'g'risida xabarlar yo'q.
Ogohlantirish. Preparatni qaynoq ichimliklar bilan ichish va bir vaqtda alkogol` bilan qabul qilish mumkin emas. Agarda preparatni qo'llash Sizning holatingizni 2 kun davomida yaxshilanishiga olib kelmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri. Lineksni boshqa dorilar bilan o'zaro noxush ta'sirlari aniqlanmagan. Lineks preparatining tarkibi uni antibiotiklar va ximioterapiya vositalari bilan bir vaqtda qo'llash imkonini beradi.
LOPERAM Farmakologik hususiyatlari. Ichakning silliq mushaklarini tonusi va harakatini pasaytiradi. Ichakning opiat retseptorlari bilan bog'lanishi va atsetilxolin va prostaglandinlarning ajralib chiqishini susaytirishi hisobiga, peristal`tikani sekinlashtiradi va ichakning ichidagisini o'tish vaqtini oshiradi. Anal sfinkterining tonusini oshiradi. Ahlat massalarini tutib turilishiga va ich kelishiga qistovlarni kamayishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi. Ichakdan oson so'riladi. So'rilish kattaligi – 40%. Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 2,5 soat. Ta'siri tez boshlanadi va 4-6 soat davom etadi.Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 97%. Jigarda kon'yugatsiya yo'li bilan deyarli to'liq metabollanadi.Yarimchiqarilish davri 9-14 soatni tashkil qiladi. Asosan ahlat bilan chiqariladi. Preparat gematoentsefalik to'siq orqali o'tmaydi.
Qo'llanilishi. Turli genezli (allergik, emotsional, dori, nurlanish; ovqatlanish tartibi va ovqatning sifat tarkibini o'zgarishi, metabolizm va so'rilishni buzilishida; infektsion genezli diareyada yordamchi vosita sifatida) o'tkir va surunkali diareyani simptomatik davolash. Ileostomali bemorlarda ich kelishini (ahlatning miqdori va hajmini kamaytirish, hamda unga qattiqroq konsistentsiya berish) boshqarish.