O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


O‘pka shishida qo‘llanadigan vositalar(o’tkir nafas yetishmovchiligida)



Download 30,26 Mb.
bet190/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

8.1.O‘pka shishida qo‘llanadigan vositalar(o’tkir nafas yetishmovchiligida)
O‘pkaning shishishi og‘ir va hayot uchun xavfli bo‘lgan patologiya bo‘lib, yurak tomir sistemasi xastaliklari, o‘pkani kimyoviy birikmalar bilan jarohatlanishida, hamda bosh miyaning shishida yuzaga keladi.vBunday holatda qonning suyuq qismi (zardobi) tomirlardan sizilib chiqib alveolalarni va mayda bronxlarni to‘ldirib qo‘yadi. Natijada o‘pkaning gaz almashinuv sathi kamayib qonning oksigenatsiyasiga to’sqinlik qiladi. Shu bilan bir qatorda alveolalar va mayda bronxlar ichidagi suyuqlik ko‘pirib boshqalarini ham to‘ldiradi. Bu o‘z navbatida organizmni kislorod bilan ta’minlashni yana ham og‘irlashtiradi va asfiksiyani rivojlanishi tufayli bemorning o‘limiga sabab bo‘ladi. Keltirilgan dalillarni inobatga olgan holda o‘pka shishini va u bilan bog‘liq gipoksiyani bartaraf etishning patogenetik asoslari quyidagilardan iborat:

  1. Arterial qon bosimini yuqori bo‘lishini bartaraf etish

- ganglioblokatorlar qo‘llash (gigroniy, pentamin, benzogeksoniy)
- miotrop ta’sirli gipotenziv vositalar (natriy nitroprussid)
- alfa ̵ adrenoblokatorlar (fentolamin, aminazinning kichik dozalari, diprazin)
Ushbu vositalar arterial bosimni pasaytirib kichik qon aylanish doirasida qon bosimni tushiradilar. Yurak faoliyati samaradorligini oshiradilar va Shu tufayli o‘pka shishini kuchayishiga to‘sqinlik qiladilar, ya’ni o‘pka kapilyarlarida transsudatsiya jarayonini susaytirib, alveolalar ichidagi suyuqlikni qayta so‘rilishi kuchaytiradilar.
2.Arterial bosim mo‘tadil yoki ozgina ko‘tarilgan (baland) bo‘lgan holatlarda o‘pka shishini qonning umumiy hajmini kamaytirish hisobiga bartaraf etish mumkin, ya’ni suv miqdorini peshob haydashni oshirish hisobiga kamaytirish mumkin: jumladan mannit yoki toza mochevina tomirga kiritilsa osmotik bosimni oshirib, to‘qimalardan qonga suvni o‘tishini kuchaytiradi.
Bu holatda o‘pka arteriolalaridan (tomirlaridan) suyuqlik transsudatsiyasi kamayadi, qon tarkibidagi ortiqcha suv peshob tarkibida ajralib uni hajmini ko’paytiradi (organizmdan ajralishi ko‘payadi). Peshobni ajralishini kuchaytirish maqsadida kuchli va faol, ta’siri tez yuzaga chiquvchi dori vositalarni qo‘llash mumkin (furosemid, etakrin kislotasi). Bir vaqtni o‘zida arterial bosim ham kamayadi.
3.Ko‘piklarni daf etish vositalari (penogasiteli) alveolalar va mayda bronxlar ichini bo‘shatib o‘pkaning gaz almashinish yuzasini orttiradilar, o‘pkaga havoni kirishi va chiqishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘piklarni yo‘qotadilar. O‘pka shishida ko‘piklarning hosil bo‘lish sababi transsudat tarkibida oqsil borligidadir. Oqsil qancha ko‘p bo‘lsa hosil bo‘layotgan ko‘pik Shuncha qattiq bo‘ladi va o‘shancha kuchli asfiksiya beradi.
Etil spirtining bug‘lari nafas yo‘llariga kiritilsa (ingalyatsiya ) ko‘piklarining sirt tarangligi pasayadi va ular hajmi ancha kichik bo‘lgan suyuqlikka aylanadi, alveolalar, bronxlar ichi bo‘shab gaz almashinuvi tiklanadi, gipoksiya va asfiksiya bartaraf etiladi. Lekin etil spirti Mahalliy qo‘zg‘otuvchanlik (qitiqlovchi, yallig‘lantiruvchi) ta’sirga ega. Shu sababli Antifomsilan—tez ta’sir ko‘rsatuvchi va ko‘pikni bartaraf etuvchi samarador vosita hisoblanadi, chunki unda mahalliy ta’sirlantirish xossasi yo‘q.
4.Narkotik analgetiklar (morfin, fentanil, talamonal)- o‘pka shishini davolashda keng qo‘llaniladi, chunki ular periferik arteriya va venalarni kengaytirib, yurakka venalar orqali qaytuvchi qon hajmini kamaytiradilar, ya’ni qon hajmini taqsimlanishi o‘zgarib, kichik qon aylanish doirasida bosimni kamaytiradilar. Bu o‘z navbatida o‘pka shishini bartaraf etilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
5. Yurak glikozidlari ayrim holatlarda (masalan; yurak yetishmovchiligida) o‘pka shishini davolashda samarali hisoblanadi, chunki yurak qisqarishlari kuchi ortib o‘pkada qon dimlanish darajasi kamayadi. Lekin mitral klapan stenozi tufayli yuzaga kelgan yurak yetishmovchiligidagi yurak glikozidlari o‘pka shishini kuchaytiradilar, chunki o‘ng qorinchadan o‘pkaga ko‘proq qon kela boshlaydi, undan chap qorinchaga qon kam o‘tayotganligi sababli qon dimlanish darajasi ortadi.
6. O‘pka shishini davolashda qo‘llaniladigan dorilar tarkibiga ko‘pincha glyukokortikoid ham kiradi, chunki ular yallig‘lanishni kamaytiruvchi va immunosupressiv ta’sir ko‘rsatadilar.
7. O‘pka shishini davolashda oksigenoterapiya universal uslub hisoblanadi, chunki u organizmni kislorod bilan ta’minlanishini kuchaytiradi.
8. Surfaktantlar. O‘pka yetishmovchiligiga olib keluvchi o‘pka shishida o‘pka surfaktanti miqdorini kamayib ketishi, ayniqsa chaqaloqlarda distress-sindromiga olib keladi (og‘ir xastalik). Surfaktantlar alveolalardagi maxsus hujayralar ishlab chiqaruvchi yuqori sath faolligiga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, asosan fosfatidilxolinlar, sfingomiyelin kabi fosfolipidlardan iborat .Ularning asosiy vazifasi o‘pka suyuqligini sirt tarangligini kamaytiradi va alveolalar to‘qimasini elastlikligini ta’minlaydi. Ularning yetishmasligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda, endogen surfaktantlarni o‘rnini to‘ldiruvchi dori vositalar qo‘llaniladi. Ushbu surfaktantlar guruhiga Kolfosserilalmitat (ekzosurf- sentetik dori vosita pediatriya uchun), A l v e o f a k t (qora mol o‘pkasidan juda tozalangan surfaktant) kiradi. ayniqsa chaqaloqlarda o‘pkaning interstitsial shishiga va keng tarqalgan atelektazlariga olib keladi. Natijada alveola-kapilyar membranalarda gaz almashinuvi (ularning diffuziyasi) buzilib o‘tkir o‘pka yetishmovchiligini Ular asosan intratreaxial yo‘l bilan kiritiladi (2 marta). Bulardan tashqari Surfaktant HI (amnion suyuqligidan olingan, quruq liofillangan kukun bo‘lib, tarkibida asosan fosfolipidlar va 0,5 mg oqsil bor ) va K u r o s u r f (cho‘chqalarning o‘pkasidan olingan tayyor, steril fosfolipidlar suspenziyasi bo‘lib tarkibida asosan fosfotidilxolin 80 mg/ml, hamda SP-B va SP-C molekulyar og‘irligi past bo‘lgan oqsillar bor ) dori vositalari ham.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish