Radikal almashinish. Bu tipdagi reaksiyalarda (SR) reagent radikal (R.) bo’ladi. Masalan, metanni xlorlash reaksiyasida reagent Cl* radikali, Cl2 molekulasini quyosh nuri ta’sirida bog’ni gomolitik uzilishi natijasida hosil bo’ladi.
Cl2 ∙Cl + ∙Cl
Radikallarning vujudga kelishi – bu aktivlanish bosqichi bo’lib zanjir reaksiyasining rivojlanishini boshlanishidir. Olingan Cl* radikallari va CH4 molekulalarini to’qnashishi natijasida yangi radikallar paydo bo’ladi (zanjirning rivojlanishi) va shunday qilib jarayon ikkita radikalni o’zaro birikib zanjirning to’xtashi (zanjirning uzilish bosqichi)..gacha davom etadi. Metanni xlorlanish jarayoni quydagicha sodir bo’ladi :
Cl2 ∙Cl + ∙Cl aktivlanish.
H3C – H + ∙Cl → H3C∙ + HCl zanjirning rivojlanishi.
H3C∙ + Cl2 → H3C – Cl + ∙Cl va hakozo.
H 3C∙ + ∙Cl → H3C – Cl
Zanjirning uzilishi.
H3C∙ + ∙CH3 → H3C – CH3
Oxirgi mahsulot – C2H6 – etan bu reaksiyaning qo’shimcha mahsuloti bo’ladi, u reagentning ishtirokisiz hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |