Tarbiya jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim muassasasi Ustavi - ta’lim muassasasiga rahbarlik mohiyatini yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat.
Ta’lim konsepsiyalari (lotin tilidan «conceptio» – tizim) – ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning alohida usuli.
Tevarak-atrof – chamalash, oriyentirovka qilish, o‘zi turgan nuqta, yon atrofdagi obyektning o‘ng, chap, oldi, orqa, yuqori, past, yonma-yon, yaqin tomoni.
To‘plam – ta’riflanmaydigan tushuncha bo‘lib, misollar asosida beriladi, masalan bog‘chadagi bolalar to‘plami, qo‘ldagi barmoqlar to‘plami yoki gapdagi so‘zlar to‘plami haqida gapiriladi.
To‘rtburchak – to‘rtta burchakka ega bo‘lgan va har bir tomoni o‘zaro teng bo‘lgan geometrik shakl.
Do'stlaringiz bilan baham: |