Rivojlantiruvchi vazifa – o‘ q itish jarayonida shaxsning aqliy, hissiy va irodaviy rivoj lanishi, bilishga bo‘ lgan intilishlarini va ijodiy faollikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’ minlashdan iborat bo‘lgan vazifa.
Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) – muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Sinf – yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan ma’lum o‘quvchilar guruhi.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |