Tuzuvchi:
M Esonova – Muqumiy nomidagi QDPI “ Maktabgacha ta`lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
D.Saliyeva – Qo‘qon DPI o‘qituvchisi. Psixologiya f.n.dotsent
I.To‘ychiyeva – FarDU Pedagogika kafedrasi mudiri. Pedagogika fanlari bo‘ticha falsafa doktori (Phd)
Fakultet dekani:
2021-yil “____”______________ ________________ A.Abdurashidov
(imzo)
“Maktabgacha ta`lim” kafedrasi mudiri:
2021-yil “____”______________ ________________ G.M.Nazirova
(imzo)
MUNDARIJA:
I.
|
O’QUV MATERIALLAR
|
4-86
|
1)
|
Ma’ruza mashg’ulotlari
|
|
2)
|
Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari
|
|
II.
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
|
|
1)
|
Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
|
|
2)
|
Kurs ishi yozish bo’yicha tavsiyalar
|
|
III.
|
GLOSSARIY
|
|
IV.
|
ILOVALAR
|
|
1)
|
Fan dasturi
|
|
2)
|
Ishchi fan dastur
|
|
3)
|
Tarqatma materiallar
|
|
4)
|
Testlar
|
|
5)
|
Baholash mezonlari
|
|
6)
|
Boshqa ma’lumotlar (fan bo’yicha boshqa materiallar mavjud bo’lsa keltiriladi)
|
|
7)
|
O’UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)
|
|
O‘QUV MATERIALLAR
1-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining nazariy asoslari
Reja:
1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining metodologik, psixofiziologik va psixologik-pedagogik asoslari, o‘qitish usullari va vositalari.
3. O‘quv fanining fundamental fanlar bilan aloqasi: falsafa, psixologiya, pedagogika, matematika va boshqalar.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish butun sistemasida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.
2. Bolalar bogchasida matematik ta’lim berish metodikaning predmeti kuyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
2. Bog‘chada matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.
3. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o‘qitish).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari formalarini qanday o‘tkazish kerak?)
6. Mashg‘ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak?
7. Mashg‘ulot protsessidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemaning asosiy komponentlaridir.
2. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir. Amaliy maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan amaliy maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog‘lay olishidan, ya’ni olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishga, bolalar to‘plam va son haqida; kattalik (mikdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘ladilar, joy va vaqtni bilishni o‘rganadilar: bolalar olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida va maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |