XULOSA …………………………………………………………………… 85-86
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………. 87-88
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo’nalishiga aylandi.
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog’lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun muhtaram birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov rahnamoligida yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko’rsatadigan, zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashning “O’zbek modeli” hayotga tadbiq etilmoqda.
O’zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog’lom qilib o’stirishga, milliy g’oya, milliy mafkura va o’z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog’liq bo’lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Erkin va farovon demokratik davlatni birgalikda barpo etamiz asarida “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1, deb ta’kidlagan.
Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda quyidagi: ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari, qonun osti hujjatlari jumladan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi tashkiliy huquqiy hujjatlar qo’llanilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan normativ hujjatlar bilan amalga kiritilgan o’quv dasturi, «Geografik tadqiqot usullari» o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar, tabiat komplekslari, komponentlari va xududiy ijtimoiy, iqtisodiy tizimlarning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi kerak, talaba tabiiy va iqtisodiy geografiya doirasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va bajarishga doir ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak, talaba turli katta-kichiklikdagi murakkab tabiiy va xududiy sotsial – iqtisodiy tizimlar va ularning elementlarini tadqiq qilishda ilmiy tadqiqot usullarini qo‘llay bilish va xulosalar chiqara olish malakalariga ega bo‘lishi kerak;
Ushbu fan ilmiy-tadqiqot institutlariga, oliy, o‘rta maxsus, umumta’lim tizimi muassasalariga, ishlab chiqarish va boshqaruv tashkilotlariga malakali geograf mutaxassislarni tayyorlashda muhim axamiyatga ega bo‘lgan bilimlar beradi. U asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, yuqori malakali geograflar tayyorlash tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |