Zoogeografik tadqiqotlar
Dalada hayvon turlarini o‘rganishda mahalliy aholidan (ayniqsa keksa kishilar, ovchilar, maktabdagi biologiya, zoologiya o‘qituvchilaridan) savol-javob usulida ma’lumot to‘planishining ahamiyati. Barcha hayvonot olami turlarining migratsiyasi, ko‘payishi xususiyati, umr ko‘rishi (necha yil yashashligi), hayot tarzi va x.k. to‘g‘risida ma’lumot to‘plash. Muayyan ekologik sharoitda yashaydigan har bir hayvonlar turlarining xususiyati, ularning tabiatdagi hamda inson hayotidagi roli haqida tasavvurga ega bo‘lish va hisobotda aks ettirish. Hayvonlar ekologiyasi. Qo‘riqxonalar va ularning ahamiyati.
Zoogeografik karta tuzish, shartli belgilar ishlab chiqish, unga tavsif berish. Kartalar ham ilmiy, ham estetik talablarga javob berishi lozimligi.
“Geografik tadqiqot uslublari” fani bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari va rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |