2-BOB. GEOGRAFIK TADQIQOT USULLARI FANI ELEKTRON O’QUV ISHLANMASI
2.1. Geografik tadqiqot usullari fani ishchi o’quv dasturi (syllabus)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro‘yxatga olindi
№________________
2021 yil «___» ______
|
|
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
prof.Soleev A.S.
__________________
«___»______________2021 yil
|
|
|
|
GEOGRAFIK TADQIQOT USULLARI FANINING
IShChI - O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar soha
|
Ta’lim sohasi:
|
140000 – Tabiiy fanlar
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5140600-Geografiya
|
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofik ishlab chikildi.
Tuzuvchilar:
Juraqulov X.J.-SamDU Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti
Fayziev E.A.-SamDU Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
Alibekov L.A. – SamDU Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professori, g.f.d.
Nazarov X.T. – SamDU Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti, b.f.n.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Samarqand davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasining 2021 yil 31-maydagi №10-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri dots. Yarashev Q.S.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Geografiya va ekologiya fakulteti Ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020 yil 31-maydagi №10-son bayonnoma)
Fakultet uslubiy kengashi raisi: dots.Jumaboyev T.
Fakultet Ilmiy kengashi raisi: dots.Ibragimov L.Z.
KELIShILDI:
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i dots.Aliqulov B.S.
Kirish
Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarga muvofiq xolda yuqori malakali geograflar tayyorlashda geografik tadqiqot usullari kursining ahamiyati katta. U talabalarda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanlari bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilish malakalarini shakllantirish o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘taydi. Bunda talabalar ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va bajarish, tabiiy va xududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning elementlarini zamonaviy holati va kelajak rivojlanishini tadqiq etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va baholash, tabiatga inson xo‘jalik faoliyati ta’sirining oqibatlarini bashorat qilish, boshqarish, tabiatdan oqilona foydalanish, qayta tiklash va muhofaza qilishda ilmiy tadqiqot usullarini qo‘llay bilish malakalariga ega bo‘ladilar.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiya doirasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va bajarish, turli katta-kichiklikdagi murakkab tabiiy va sotsial-iqtisodiy tizimlar xamda ularning elementlarini ilmiy tadqiq etish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarni:
ilmiy tadqiqotlarning uslub va usullari bilan tanishtirish;
- tadqiqotning yo‘nalishi, ob’ekt va predmeti, maqsad va vazifalarini belgilash;
- tadqiqot bosqichlari va ular bo‘yicha bajariladigan ishlar ko‘lamini aniqlash;
- dalada faktik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni o‘zlashtirish;
- tabiat komponentlari va komplekslarining darajasiga ko‘ra xaritalashtirish;
- tabiiy hududiy kompleks yoki geosistemalarning imkoniyatlarini hisobga olish, baholash, bashoratlash va boshqarish masalalariga asosli daliliy fikr – mulohazalar bildirish;
- xududiy ijtimoiy – iqtisodiy tizimlar va ularning elementlarini shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini tadqiq qilish uslubiyotini o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Geografik tadqiqot usullari» kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:
- tabiat komplekslari, komponentlari va xududiy ijtimoiy – iqtisodiy tizimlarning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi kerak;
- talaba tabiiy va iqtisodiy geografiya doirasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va bajarishga doir ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
- talaba turli katta-kichiklikdagi murakkab tabiiy va xududiy sotsial – iqtisodiy tizimlar va ularning elementlarini tadqiq qilishda ilmiy tadqiqot usullarini qo‘llay bilish va xulosalar chiqara olish malakalariga ega bo‘lishi kerak;
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan ketma – ketligi
“Geografik tadqiqot usullari” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 7-8 - semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Ushbu fan ilmiy-tadqiqot institutlariga, oliy, o‘rta maxsus, umumta’lim tizimi muassasalariga, ishlab chiqarish va boshqaruv tashkilotlariga malakali geograf mutaxassislarni tayyorlashda muhim axamiyatga ega bo‘lgan bilimlar beradi. U asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, yuqori malakali geograflar tayyorlash tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |