O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


 Kolloid  sistemalarni  turmushda  va sanotda qo‘llanilishi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/94
Sana05.01.2022
Hajmi1,49 Mb.
#318808
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
Bog'liq
kimyo fizikaviy va kolloid kimyo biologiya-tuproqshunoslik fakulteti talabalari uchun uslubiy qollanma

3. Kolloid  sistemalarni  turmushda  va sanotda qo‘llanilishi.
 
Kolloid  sistemalar  turmushda  va  sanoatda  g‗oyat  katta  axamiyatga  ega. 
O‗simlik  va  xayvonlar  organizmlarining  asosiy  tarkibiy  qismlari  (oqsil,  qon  va 
boshqalar) kolloid xolatda bo‗ladi, 
Sun‘iy  ipak  va  sintetik  materiallar  (kapron,  lavsan  va  boshqalar)  ishlab 
chiqarishda bo‗ktirish, koagulyasiya, adsorbsiya kabi kolloid-kimyoviy jarayonlar 
katta axamiyatga ega. 
Umuman  turmushda  va  sanoatda  kolloid  xolatdagi  moddaning  turlari  va 
kolloid  kimyoviy  jarayonlar  moddalarning  xususiyatlarini  tushuntirish  va 
o‗rganish  uchun  kolloid  kimyo  fanining  qonuniyatlari  va  uslublarini  mukammal 
bilish xozirgi zamon talabidir. 
Dispers  sistemalarning  barqarorligiga  ta‘sir  etuvchi  omillardan  biri  dispers 
faza  zarrachalarining  katta-kichikligi  yoki  disperslik  darajasidir.  SHuning  uchun 
barcha  dispers  sistemalar  dispers  fazaning  disperslik  darajasiga  qarab  uch  sinfga 
bo‗linadi;  1.  Dag‗al  dispers  sistemalar  (suspenziya,  emulsiya,  ko‗piklar),  bu 
sistemalarda dispers faza zarrachalarining o‗lchami › 10
-4
 sm; 
2.  Mikrogeterogen  sistemalar  (juda  mayda  muallaq  moddalar,  tutun)  bu 
sistemalarda dispers faza zarrachalarining o‗lchami  10
-4
 – 10
-5
 sm;  
3.  Ultramikrogeterogen  kolloid  sistemalar,  ularning  zarrachalarining 
o‗lchami 10
-5
– 10
-7
sm (100- 1nm) oralig‗ida. 
Dispers  sistemalarda  disperslik  darajasi  tushunchasi  mavjud  bo‗lib  u 
quyidagicha ifodalanadi: D = 1/a; D  - disperslik, a- dispers faza zarrachalarining 
ko‗ndalang kesim uzunligi, masalan sferik zarracha uchun; a -sifatida diametri - d, 
kub shakldagi zarracha uchun kubning qirrasi  - L olinadi. Zarrachaning o‗lchami 
qancha  kichik  bo‗lsa  sistemaning  disperslik  darajasi  shuncha  katta  bo‗ladi. 
Disperslik darajasini ifodalovchi o‗lcham solishtirma sirt – S
sol
 quyidagi formula 
bilan ifodalanadi ya‘ni 
S
col 
=  S/v(M
-1

yoki S
sol
= S/rn (m
2
/kg) agar v-ning o‗rniga  
m/d  (m-bu erda massa d-zichlik unda) qo‗yilsa 
S
sol

Sd/ m =1/l ga ega bo‗lamiz. 


56 
 
Demak ikkala uslub amalda bir xil natijaga olib keladi. Disperslik darajasini 
aniqlashda asosan ikkinchi usul qo‗llaniladi. 
S
sol
= S/ m 
Dispers  sistemalar uchun solishtirma sirt   10-10

m
2
/kg atrofidagi qiymatni 
tashkil  etadi.  Agar  solishtirma  sirtning  qiymati  10
3
  m
2
/kg  dan  ortiq  bo‗lmasa 
bunday  xolda  biz  dag‗al  dispers  sistemaga  ega  bo‗lamiz.  Kolloid  sistemalarda  l-
ning qiymati 10
-7
m  atrofida bo‗ladi. 
Ostvald  dispers  sistemalarni  agregat  xolatiga  qarab  sinfga  bo‗lishni  taklif 
etadi. Ushbu sinflash asosida 9 xil dispers sistema mavjud bo‗lishi mumkin. 
 
Dispers 
muxit  
Dispers 
faza  
Nomlanishi 
Sistemalarning nomi va 
misollar 
Qattiq 
Qattiq 
Q / Q 
Qattiq  geterogen  sistemalar: 
qotishmalar,  aralashmalar,  beton, 
qattiq 
kolloid 
eritmalar, 
kompozitsion materiallar 
 
Suyuq 
Q / S 
Kapillyar 
sistemalar: 
g‗ovaksimon 
sistemalardagi 
suyuqlik, gellar, iviqlar. 
 
Gaz 
Q / G 
G‗ovaksimon 
sistemalar: 
pemza, 
penoplastlar, 
mikrog‗ovakli 
jismlar, 
adsorbentlar, gaz katalizatorlari 
Suyuqlik 
Qattiq 
S/ Q 
Suspenziyalar, 
zollar, 
pulpalar, pastalar. 
 
Suyuq 
S / S 
Emulsiyalar: 
neft, 
sut, 
kremlar,  suvdagi  yog‗,  neftdagi 
suv. 
 
Gaz 
S/ G 
Gazli  emulsiya  va  ko‗piklar: 
flotatsion, 
yong‗inga 
qarshi, 
sovunli ko‗piklar. 
Gaz 
Qattiq 
G /Q 
Aerozollar  (chang,  tutun), 
poroshoklar. 
 
Suyuq 
G /S 
Aerozoli:  ishlab  chiqarish 
bulutlari, tumanlar. 
 
Gaz 
G / G 
Kolloid sistemalar kirmaydi.  
 
Dispers  faza  zarrachalari  bilan  dispersion  muxit  zarrachalari  orasidagi 
bog‗lanishga  qarab  dispers  sistemalarni  liofob  va  liofil  dispers  sistemalarga 
bo‗lish mumkin.(grekcha ―lio‖ - eritaman, ―fobos‖ – qo‗rqinch va ―fileo – yaxshi 
ko‗raman‖)  Agar  dispersion  muxit  suv  bo‗lsa,  gidrofob  va  gidrofil  iboralari 
ishlatiladi. 
Liofob  kolloidlarda  dispers  faza  bilan  dispersion  muxit  o‗rtasida  kuchli 
bog‗lanish  bo‗lmaydi,  ularning  zarrachalari  aloxida  molekulalardan  iborat 


57 
 
bo‗lmay,  balki  bir  qancha  molekulalar  agregatini  tashkil  qiladi.  Liofob 
kolloidlarga  oltin,  platina,  kumush,  oltingugurt  zollari,  metall  sulfidlarining 
gidrozollari  va  shu  kabilar  kiradi.  Liofil  kolloidlarda  dispers  faza  zarrachalari 
bilan dispersion muxit zarrachalari orasida kuchli bog‗lanish bo‗ladi ularga: oqsil, 
jelatina,  pepsin  va  molekulyar  massalari  juda  katta  bo‗lgan  yuqori  molekulyar 
moddalarning eritmalari kiradi.  

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish