O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/94
Sana05.01.2022
Hajmi1,49 Mb.
#318808
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
Bog'liq
kimyo fizikaviy va kolloid kimyo biologiya-tuproqshunoslik fakulteti talabalari uchun uslubiy qollanma

нм
см
q
357
,
0
10
57
,
3
8
298
10
38
,
1
2
)
10
8
,
4
(
8
16
2
10

  Agar  ionlar  orasidagi  masofa  ushbu  kattalikdan  kichik  bo‗lsa,  u  holda 
molekulani  dissotsilanmagan  deb  hisoblasa  bo‗ladi.  Agar  q>0,357  nm  bo‗lsa, 
ionlarni izolyasiyalangan deb hisoblasa bo‗ladi. 
  Kuchli  elektrolitlarning  suyultirilgan  eritmalarida  ionlar  Byorrum 
parametridan ancha kattaroq masofalarda joylashadilar, o‗zaro ta‘sirlashmaydilar 
va  bunda  elektrolit  to‗liq  ionlangan  bo‗ladi.  Eritmaning  konsentratsiyasi 
oshirilganda  ionlar  orasidagi  masofa  qisqaradi,  bu  esa  ionlararo  o‗zaro  ta‘sirni 
kuchaytiradi.  Buning  natijasida  kuchli  elektrolitlar  eritmalarining  (eritma 
zarachalarining  umumiy  miqdoridan  bog‗liq  bo‗lgan)  tajribada  aniqlanadigan 
xossalari 
Т
Т
p
муз
кай
,
,
(
,
va  boshqalar)    to‗liq  ionlangan  hol  uchun 
xisoblangandan  kichik  bo‗ladi.  Masalan,  K
2
SO

ning  ionlanishida  izotonik 
koeffitsientning  nazariy  qiymati  3  ga  teng  bo‗lishi  kerak,  chunki  ushbu  tuz 
eritmada  3ta  ionga  ajraladi.  Eritmani  muzlash  haroratining  kamayishi  bo‗yicha 
aniqlangan  izotonik  koeffitsentning  tajribaviy  qiymati  2,42.  Shu  sababli 
dissotsilanishning  tuyulgan  darajasi  α=71%.  Ionlanish  to‗liq  bo‗lmagan  va 
eritmada dissotsilanmagan zarrachalarning ma‘lum miqdori bordek fikr tug‗iladi. 
Aslida  esa  ushbu  effekt  solvatlangan  ionlarning  assotsilanishi  natijasida  ion 
juftlarining  hosil  bo‗lishi  bilan  bog‗liqdir.  Shu  sababli  tajribada  aniqlanadigan 
kuchli  elektrolitlar  eritmalaridagi  ionlanish  darajasi  tuyulgan  deyiladi.  SHunday 
qilib,  kuchli  elektrolitlar  eritmalari  uchun  ideal  eritmalar  qonunlarini  qo‗llab 
bo‗lmaydi.  Bunday  eritmalarning  xossalarini  miqdoriy  ifodalash  eritmadagi 
zarrachalarning  umumiy  sonini  belgilaydigan  faktorlarning  ko‗pligi  bilan 
murakkablashadi.  
  Hozirgi  paytdagi  tassavurlarga  ko‗ra  kuchli  va  kuchsiz  elektrolitlar 
erituvchi  tabiatiga  bog‗liq  ravishda  kimyoviy  birikmalarning  ikkita  turlicha 
holatidir.  Bitta  erituvchida  (masalan,  suvda)  elektrolit  kuchli  bo‗lishi,  boshqa 
erituvchida  (masalan,  organik  erituvchi)  esa,  ushbu  elektrolit  kuchsiz 
dissotsilanishi mumkin. 
  Elektrolit  eritmalarida  ideallikdan  chetlanish  kuchliroq  bo‗ladi.  Bu  ionlar 
orasida  elektrostatik  ta‘sirlar  bilan  tushintiriladi.  Kuchsiz  elektrolitlarda  bunday 
ta‘sirlar  kuchsizroq,  chunki  kuchsiz  elektrolitlar  qisman  dissotsilanadi.  Kuchli 
elektrolitlarda  ionlararo  elektrostatik  ta‘sirlar  kuchli  bo‗lganligi  sababli,  ularni 
noideal  eitmalar  deb  qarab,  aktivlik  usulidan  foydalanish  kerak.  Real 
eritmalarning xossalarini ifodalashda ideal eritmalarning sodda munosabatlaridan 
foydalanish mumkin bo‗lishi uchun 1907 yil Lyuis effektiv konsentratsiya, ya‘ni 


41 
 
aktivlik  degan  formal  tushunchani  fanga  kiritdi.  Aktivlik  eritilgan  moddaning 
haqiqiy konsentratsiyasi bilan  
 
  
C
a
 
 
 
 
 
 
       (2) 
ifoda  orqali  bog‗langan,  bu  erda 
a
–aktivlik,  S–konsentratsiya,  –aktivlik 
koeffitsienti. Aktivlik konsentratsiyaning o‗lchov birliklarida ifodalanadi, chunki 
aktivlik  koeffitsenti  o‗lchov  birligi  bo‗lmagan  kattalikdir.  U  ushbu  eritma 
xossalarini  ideal  eritma  xossalaridan  chetlanish  darajasini  tasvirlaydi.  Ionlar 
orasida o‗zaro ta‘sir deyarli bo‗lmagan cheksiz suyultirilgan  elektrolit eritmalari 
uchun  aktivlik konsentratsiyaga teng bo‗lib qoladi  va  aktivlik koeffitsienti  birga 
teng  bo‗ladi.  Agar  konsentratsiya  o‗rniga  Raul,  Genri,  Vant–Goff    va  boshqa 
qonunlarni ifodalovchi tenglamalarga aktivlikning tajribaviy qiymatlarini qo‗ysak 
ushbu  tenglamalar  real  eritmalar,  xususan,  kuchli  elektrolitlarning  eritmalari 
uchun  ham  adolatli  bo‗lib  qoladi.  Aktivlik  tushunchasining  kiritilishi  real 
eritmadagi  zarachalarning  o‗zaro  ta‘sirlashishini  murakkab  tomonlariga  e‘tibor 
bermasdan,  sistema  xossalarining  ideallikdan  chetlashishga  olib  keluvchi  ushbu 
ta‘sirlashishning  umumiy  effektini  baholash  va  ideal  eritmalar  qonunlarini  real 
sistemalarga qo‗llash imkoniyatini beradi. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish