O’zbekiston SSRning SSSRni tarkibidagi ahamiyati.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, ruscha - УзбекскаяСоветскаяСоциалистическаяРеспублика — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. 1924-yildan 1936-yilgacha Oʻzbekiston Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Узбекская Советская Социалистическая Республика) deb atalgan. Ayrim manbalarda Sovet Oʻzbekistoni deb yuritiladi. Poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha Buxoro, 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha Samarqand, 1930-yil oxiridan Toshkent. Tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR kirgan. Respublika 11 oblastga boʻlingan, 156 rayon, 123 shahar, 98 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan. Oʻzbekiston SSRning maydoni 447 400 km² boʻlgan. Aholisi 1926-yilda 5 milliondan ortiq boʻlgan, 1989-yilga kelib 20 millionga yetgan. 1989-yilda Oʻzbekiston SSRda oʻzbeklar (14 milliondan oshiq), qoraqalpoqlar (411 900), tojiklar (933 600), qozoqlar (808 200), qirgʻizlar (174 900), turkmanlar (121 600) yashagan1.
Oʻzbekiston SSR hududi shimol va shimoli-gʻarbda Qozogʻiston SSR, janubi-gʻarbda Turkmaniston SSR, janubi-sharqda Tojikiston SSR, shimoli-sharqda Qirgʻiziston SSR, janubida Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan.Oʻzbekiston SSRda boshqa sovet respublikalaridagi kabi bir necha ommaviy qatagʻon amalga oshirilgan. Biroq bunday holatlarga qaramasdan, mamlakatda yuzlab sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borilgan, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va institutlar ochilgan2.
Mirzachoʻl va boshqa choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan.Oʻzbekiston SSR 1990-yilning 20-iyunida suverenitet eʼlon qildi. Ammo 1991-yilning 31-avgustida mustaqillik eʼlon qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi deb qayta nomlangunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR,Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida, 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz avtonom viloyati (Rossiya SFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq avtonom viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan birinchi qurultoyi (1925-yil 13–17 fevral)da „Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya“ qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Oʻzbekiston SSR MIK) va Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (Oʻzbekiston SSR XKS tuzilgan).Oʻzbekiston SSR Butunittifoq sovetlarining 3-sʼyezdida (1925-yil 13-may)da SSRI tarkibiga kiritilgan. 1927-, 1937-, 1978-yillarda Oʻzbekiston SSR konstitutsiyalari qabul qilingan.Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–33-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi.Xalqaro xotin-qizlar kunida paranjilarni yoqib yuborish marosimi.Andijon, 1927-yil.Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi. Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-yillardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida Oʻzbekiston SSRda „Oʻn sakkizlar guruhi“, „inogʻomovchilik“, „qosimovchilik“, „badriddinovchilik“, „milliy ittihodchilar“, „narkompros ishi“ kabi siyosiy ishlar toʻqilishi va Munavvarqori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida koʻplab oʻzbek ziyolilari qatagʻon qilindi. 1931-yil aprelda Moskvada boʻlib oʻtgan sud majlisidan keyin Munavvarqori boshchiligidagi 15 kishi otib tashlandi, qolgan 70 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.30-yillar oʻrtasiga kelganda butun mamlakatda boʻlgani singari Oʻzbekiston SSRda ham ommaviy qatagʻonlar avj oldi.Respublikadagi aksariyat siyosiy rahbarlar 1937–38-yillarda „millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish“da, shuningdek, qurolli qoʻzgʻolon koʻtarishni tayyorlashda ayblandi. Fayzulla Xoʻjayev, Akmal Ikromov, Sulton Segizboyev kabi siyosiy rahbarlar qatl etildi.Oʻzbekiston SSR jamiyatning barcha tabaqalariga yoyilgan hibsga olish toʻlqini ostida qoldi. Davlat va jamiyat arboblari, xoʻjalik rahbarlari va oddiy kishilar bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatagʻon qilindi. XX asr oʻzbek adabiyotining arboblari; Fitrat, Choʻlpon va Abdulla Qodiriyva boshqalar otib tashlandi.1937–39-yillarda toʻqib chiqarilgan soxta ayblovlar boʻyicha Oʻzbekistonda 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortigʻi jazolandi, 6 920 kishi esa otib oʻldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937–53-yillarda Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatagʻon qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlandi. 1936–40-yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5 758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 kishi otib oʻldirishga hukm qilingan edi1. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston SSRdan 1,5 million kishi frontga ketgan, ulardan 450 mingdan ortiq kishi jang maydonlarida halok boʻlgan. Fashistlar bosib olgan hududlardan Oʻzbekistonga 1 milliondan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilindi.1943–44-yillarda qalmoqlar, qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, olmonlar, qorachoylar, yunonlar, mesxetin turklari, bolqorlar oʻz tarixiy vatani yoki doimiy yashash joylaridan mamlakatning sharqiy hududlariga koʻchirib yuborildi. Qrimdan 151 604 qrim tatarlari, Gurjistondan 110 ming mesxetin turklari, Shimoliy Kavkazdan 175 ming chechen, 20 mingdan ortiq ingush, 4 500 bolqor, arman va yunonlar Oʻzbekiston SSRga koʻchirildi. Koʻchirib keltirilganlar orasida boshqa xalqlarning vakillari ham oz emas edi. Maxsus koʻchirib keltirilganlarning koʻpchiligi kolxoz va sovxozlarga ishga joylashdilar, keyinchalik Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda ishtirok etdilar.Urush yillarida Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi ahli eng murakkab va ogʻir sharoitlarda mehnat qilib, davlatga 4 148 000 tonna paxta, 82 million pud gʻalla, 54 067 tonna pilla, 195 ming tonna sholi, 57 444 tonna hoʻl meva, 36 ming tonna quruq meva, 159 300 tonna goʻsht, 22 300 tonna jun va boshqa mahsulotlarni yetkazib berdilar. Urushda vayron boʻlgan xalq xoʻjaligini tiklashga yordam berish uchun koʻplab oʻzbekistonliklar Rossiya SFSR, Ukraina SSR, Belorussiya SSR va boshqa respublikalarga joʻnatildi.Urush tugagach, oradan koʻp oʻtmay Oʻzbekiston SSR boʻylab yana bir yalpi qirgʻin toʻlqini yelib oʻtdi. XX asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshidagi qatagʻonlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK markazning yoʻl-yoʻriqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Yozuvchi va shoirlardan Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzodam, Mirkarim Osim, Hamid Sulaymonov,shuningdek, MuhiddinQoriyoqubov 1951-yilda „sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati“ olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yil ozodlikdan mahrum etildilar.Oʻzbek xalqining faxri hisoblangan Oybek badnom qilindi. 20-asrning 50–80-yillarida Oʻzbekiston SSRda turli sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Mirzachoʻl va boshqa choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan. Xalqning turmush darajasi muayyan darajada yaxshilangan.Ayniqsa, Oʻzbekiston iqtisodiyoti markaz manfaatlariga boʻysundirilgan.SSRIning agrar respublikalaridan biriga aylangan Oʻzbekiston SSRda paxta yakkahokimligi oʻrnatilgan. XX asrning 60-yillarida Orol dengizining qurishi boshlandi va u mintaqadagi ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazdi. XX asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xoʻjalik yuritish usullari oʻzining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshlagan. Oʻzbekiston SSR iqtisodiyoti ham, katta xom ashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega boʻlishiga qaramasdan, SSRIning markaziy hududlaridan juda tez ortda qola boshlagan. Oʻzbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda boʻlgan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 16-plenumi mashʼum rol oʻynagan. Moskva tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar Oʻzbekiston SSRda oʻzbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi.Oʻzbekiston kompartiyasi 60 yilligiga bagʻishlangan pochta markasiSSRI Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar boʻyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, 1983-yildayoq Oʻzbekiston SSRga yuborilgan edi. Ular keyinchalik markazdan respublikaga kelgan „desantchilar“ga tayanib, Oʻzbekistonda navbatdagi qatagʻonni amalga oshirdi,Oʻzbekiston SSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bogʻliq jarayonlardagi„qoʻshib yozish“,„oʻgʻrilik“, „koʻzboʻyamachilik“, „poraxoʻrlik“ va hokazolarni tergov qiluvchi Gdlyan va Ivanov guruhining talabi bilan respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60 foizi, qishloq xoʻjaligi yetakchi mutaxassislarining 45 foizi, paxtachilik brigada boshliqlarining 35 foizi, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya qoʻmitasi kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xoʻjalik rahbarlari oʻz vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi1. 1983–90-yillarda Oʻzbekiston SSRda „paxta ishi“ boʻyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazildi. Ularning oila aʼzolari va qarindosh-urugʻlari ham qamoqqa tashlandi.Oʻzbekiston SSRda qilingan qatagʻon va yovuzliklar xalq ommasini sovet rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, tuzumga boʻlgan munosabatini keskin oʻzgartirdi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda respublikada mustaqillik uchun kurash kuchaydi.1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti „Mustaqillik deklaratsiyasi“ni qabul qildi. 1991-yil 31-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“ qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |