O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Download 76,24 Kb.
bet3/11
Sana03.01.2022
Hajmi76,24 Kb.
#317007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Arxiv 3-kurs. Po'latov A

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. SSSR dunyodagi eng qudratli ikki mamalakatdan biri edi. Jahon urushlari va AQSh bilan “sovuq urush” armiyani tinimsiz takomillashtirishga majbur qilardi. U 63,9 mingta tank soni bilan hammadan oldinda turardi. Yadro raketasi himoyasi uchun quruqlikda 1200 ta ballistik raketa va dengizda 62 ta atom bombasi bor edi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, qurolli kuchlarining soni 3,7 million kishiga yetardi. 30-yillarning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939-yil Sovet-Olmon bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belorussiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi.SSSR tomonidan boshlangan sovet-fin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan chiqarib yuborildi).1941-yil Olmoniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi.Urushga aholisi qariyb 6,5mln.boʻlgan Oʻzbekistondan 1mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butun-butun xalqlar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga boʻyi olmonlari va boshqalar oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi. SSSR AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi ittifoqchilar yordamida urushda gʻolib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va boshqa yerlar hisobiga mamlakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatagʻonlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, "vrachlar ishi", "Leningrad ishi" va boshqalar) davom ettirildi, oʻzbekistonlik koʻpgina yozuvchi, shoir, olim va boshqa ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. Gʻarb mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum oʻrtasida "sovuq urush", qurollanish poygasi boshlandi. I.V.Stalin vafoti (1953-yil)dan keyin boʻlib oʻtgan KPSS 20-syezdi (1956-yil) N.S.Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sigʻinishni tanqid qildi. Qatagʻon qurbonlari oqlana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, qishloq xoʻjaligini, uy-joy qurilishini, yengil sanoatni rivojlantirishga koʻproq eʼtibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirildi (1954-yil), Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi (1957-yil), ichida kosmonavt uchuvchi boʻlgan birinchi kosmik kema (1961-yil) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yoʻlidagi bu urinishlar izchillik bilan oʻtkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va davlatga L.I.Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964—82-yil) davlat va jamiyat hayotida toʻrachilik avj oldi, iqtisodiyotda turgʻunlik hukm surdi. A.N.Kosiginning tashabbusi bilan oʻtkazilgan islohotlar toʻxtab qoldi, iqtisodiyot ekstensiv yoʻldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablagʻning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956-yil) va Chexoslovakiya (1968-yil) rahbariyatining islohot oʻtkazish yoʻlidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi bilan bostirilishi, Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi (1979-yil) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985-yilda hokimiyat tepasiga kelgan M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlari "qayta qurish" siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi.Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol ogʻirlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar oʻz imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida 1991-yil avgust oyida Favqulodda holat davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat toʻntarishi qilishga urinib koʻrdi, ammo bu urinish barbod boʻldi.


Download 76,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish