Maple 18 amaliy dasturlar kompleksidan foydalanib quyidagicha masalalarni ham yechish mumkin.
1. A(-1, 2, -1) nuqtadan o`tuvchi 8x-5y+4z=0 tekislikka perpendikulyar bo`lgan to`g`ri chiziq tenglamasini tuzing;
2. To`g`ri chiziqning tekislik bilan kesishish nuqtasi topilsin.
3. Ikkita kesishuvchi tekisliklar yordamida berilgan fazoda to`g`ri chiziqning parametrik tenglamasi tuzilsin.
Analitik geometriya fanini o`qitishda innovatsion texnologiyalarni qo`llash.
Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga davlat siyosati darajasida e`tibor qaratilayotgan bir davrda ta`lim-tarbiya jarayoniga yangi innovatsion ta`lim texnoloiyalarini joriy etish dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Shu o`rinda pedagogik texnologiya va innovatsion ta`lim texnologiyalari haqida fikr yuritsak hamda bu omillarni matematik analiz fanining “Aniq integral tushunchasi. Darbuning quyi va yuqori yig`indilari. Ularning asosiy xossalari” mavzusi misolida ko`rib chiqaylik.
Pedagogik texnologiya bu – texnikaviy va insoniy manbaalarni va ularning o`zaro bog`liqligini inobatga olib, o`z oldiga ta`lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo`yadigan, butun o`qitish va bilim olish jarayonini yaratish, qo`llash va aniqlash bo`yicha tizimli qarashdir.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta`lim sharoitida ta`lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta`minlash va talabalar tomonidan o`qishning ko`zlangan natijalariga erishish kafolatidan iborat.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta`lim sharoitida “oddiy” pedagoglarga o`qitishning yetarli samarasiga erishishni ta`minlovchi o`quv jarayonini yaratish hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti – o`quv jarayonining o`zi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning ob`ekti – o`quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
O`quv maqsadlarining turli-tumanligi, ta`lim mazmuni elementlarining xilma-xilligi, talabalarning individual xususiyatlari oliy darjadagiyagona o`qitish usuliga to`sqinlik qiladi.
Pedagogik texnologiya negizida aniq qo`yilgan maqsadlarga ketma-ket yo`naltirish, yaxlit o`quv jarayonini qamrab olgan tezkor aloqa va talaba hatti-harakati orqali o`qitish yotadi.
Talabalar hatti-harakati orqali o`qitish – pedagogik texnologiyalar falsafasining negizidir.
Pedagogik texnologiyada o`quv maqsadlarini qo`yish usuli – bu o`quv maqsadlarining talaba hatti-harakatlari bilan ifodalangan o`quv natijalari orqali shakllantirishdan iboratdir.
Bunda pedagog yoki boshqa ekspert talabalar hatti-harakatini aniq ko`rishi yoki o`lchashi mumkin. Talabalar hatti-harakatlari orqali ifodalangan rejalashtirilgan o`quv natijalarini to`la tashxislash va o`qitishni qayta takrorlanish imkoniyat yaratish uchun, o`quv maqsadlari shunday aniq qo`yilishi kerakki, unga erishilganligini ikkilanmasdan aniqlash mumkin bo`lsin.
Bugungi kunda eng rivojlangan taksonomiyalardan biri amerikalik pedagog olim Benjamin Blum tizimi hisoblanadi. B.Blum taksonomiyasi o`quv maqsadlarini aniqlashtiribgina qolmay, ularni tartibga ham soladi. O`quv maqsadlarini aniq toifalarga o`z harakatini bosh maqsadga yo`naltirishga va o`quv materialini aniq tushuntirishga imkon yaratadi. B.Blum bo`yicha o`quv maqsadlarining asosiy toifalari: bilish, tushunish, qo`llash, analiz, sintez, baholash.
B.Blum taksonomiyasi – bu o`quv natijalarini klassifikatsiyalashdir. Ushbu taksonomiya 1956 yilda bir guruh olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari natijasi sifatida vujudga keldi.
“Taksonomiya” tushunchasi biologiya fanidan kirib kelgan bo`lib, klassifikatsiyalash, ketma-ketlik va dinamik bog`liqlikda sistemalashtirish degan ma`noni bildiradi. (ierarxiya) (последовательность)
Endi esa ushbu pedagogik maqsadlar taksonomiyasini Analitik geometriya fanining “Fazoda tekislik va to`g`ri chiziq tenglamalari” mavzusi misolida ko`rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |