O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

A
SOSIY ATAMALAR
 ............................................................................... 264 
ADABIYOTLAR ................................................................................. 293 
 



 
  
SO‘Z BOSHI 
O‘zbekiston Rrespublikasi  Davlat  ta‘lim standartlari  hamda  yangi tuzib  
chiqilgan      fanning    o‘quv  dasturiga    mos  ravishda    yozilgan  «Hazm    va  
oziqlanish  fiziologiyasi»    Odam  va  hayvonlar  fiziologiyasi    faninig  tarkibiga  
kiruvchi tegishli boblarni   o‘z ichiga olib,  5А140101 “Biologiya” magistratura  
yo‘nalishi  tinglovchilari uchun  darslik sifatida  mo‘ljallangan. 
 
Ushbu    tanlov  fani    inson  va  hayvonlar    organizmida    oziq  moddalarni  
qabul  qilish,    qayta      ishlab    o‘zlashtirish,    hamda  bevosita    ovqatlanish  bilan 
bog‘liq    bo‘lgan  jarayonlarga  bag‘ishlangan    nazariy  va  amaliy  masalalarni 
yoritishga  qaratilgan.  
Ushbu  masalalarni    to‘g‘ri  qo‘yilishi,  optimal  echimi  oziq-ovqat 
mahsulotlaridan    unumli  foydalanish,  turli    xil    ekologik  holatlarda         kishilik 
jamiyatida  vaqti-vaqti  bilan  kuzatilib turadigan iqtisodiy inqirozlarning  oldini 
olish,  har  xil  yuqumli    va  surunkali    xastaliklardan    himoyalanishda    muhim  
ahamiyat kasb etadi.  
Darslik  ikki  qismdan  iborat  bo`lib,  birinchisi    hazm  a`zolarining  
funksional  xususiyatlariga    bag‘ishlangan.  Unda    og‘iz  bo‘shlig‘i,  me‘da,  ichak 
barcha  hazm  bezlarining    ovqat  moddalarning    fizikaviy  hamda      dastlabki   
kimyoviy    o‘zgarishlarga    uchrashida    qatnashishi    fanning  zamonaviy  
yutuqlariga  tayanib  izohlangan. 
 
Ovqat  hazim  bo`lishi      va  ovqatlanish      fiziologiyasini    dastavval  
I.P.Pavlov  tomonidan  yaratilgan  mumtoz  ilmiy   tushunchalardan  tashqari   
keуingi    50-60    yil  ichida      fanning    turli  soxalari      bo‘yicha      qo‘lga  kiritilgan  
metodologik  yondashuvlar      (elektrofiziologik,  immunologik,  sitokimyoviy, 
biokimyoviy    va    boshqalar)    yordamida    yangiliklar  ochilib      membranada   
ovqat  hazm    bo‘lishi,  filogenez  va    ontogenezda  oshqozon-ichak  tizimining   
morfofunksional      xususiyatlari,  aholi  turli  guruhlarida  ratsional  ovqatlanish 
normativlari  va  boshqalar),  bu    hol  hazm  tizimining    nafaqat      odam    va 
hayvonlarda      iste‘mol  taomlaridan    kerakli  energiya    va  plastik  materiallarni   
o‘zlashtirib  oluvchi      masalalarda  faol      qatnashuvchi      a‘zolar  majmuasi   
sifatida qarashni   taqozo etmoqda. 
   Me‘da  hazm    funksiyasini      bayon  etishda      gastroenterologiyadagi    keyingi 
yutuqlar,  jumladan    undan    ajratilgan      shiraning  barcha      biokimyobiy   



 
ko‘rsatkichlarini  tekshirish   ob‘ektiga hech bir  zarar  etkazmasdan sof  tabiiy  
holda  qayd qilish yo‘li  bilan   oligan natijalardan. 
Shuningdek,      jigarning  ovqat  hazm      bo‘lish  jarayonidagi    ishtiroki  
gepatologiyadagi    yangi  tekshirish    usullari  bois      qayd  qilingan      ma‘limotlar   
bilan boyitilgan. 
Ingichka ichakdagi ichki uyzasidagi epiteliotsitlarda ishlab chiqariladigan  
haqiqiy    ichak  fermentlari  u  yerda      sodir  bo‘ladigan  so‘rish  jarayonlarida  
transport funksiyasini bajaruvchi komplekslarning  ishlash mexanizmlari bayon 
qilingan. 
 Shu bilan bir qatorda   oshqozon-ichak tizimining  endokrin  funtksiyasi 
akademik    A.M.Ugolev    va      bu      sohada    ish  olib  borgan  boshqa  olimlarning  
tadqiqotlari  asosida  tushuntirib  borilgan.  Ushbu  qismda  yo‘g‘on  ichakning  
ingichka  ichakda  fermentativ  parchalanishga  uchramagan  qismlarining  
mikroorganizmlar  tomonidan    gidrolizlanishi    va  bu  jarayoning    qanday 
kechishi,    ijobiy  va  salbiy  tomonlari    ko‘rsatib  o‘tilgan.      Oshqozon  –ichak 
yo‘lining      harakat    funktsiyasi  ham      hazm  jarayonida    muhim  ahamiyat 
o‘ynashi, uni  amalga    oshishda  davriylik mexanizmlari  batafsil gapirilgan. 
         Ushbu    qismda    yana      ovqat  hazm  qilish    a‘zolari    funksiyasining 
boshqarilishi, bu jarayonda nerv va gumoral omillar ishtiroki bayon  qilingan. 
           Darslikning    ikkinchi  qismi  bevosita    ovqatlanish  bilan  bog`liq  bo`lgan 
jarayonlarga  bag‘ishlangan  bo‘lib,    unda    asosiy    oziq  moddalari    ya‘ni, 
makronutrientlar 
 
(oqsillar, 
yog‘lar 
va 
uglevodlar) 
 
hamda  
mikronutrientlarning (vitaminlar, mineral moddalar) fiziologik  va biokimyoviy  
xususiyatlari    nutritsiologiyada      keyingi  yillarda  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlar  
asosida bayon  qilingan. 
      Ushbu    qismda    asosiy  va  qo‘shimcha    oziq    moddalarning    O‘zbekistom 
Respublikasi      sharoitida    asosiy    manba‘lari,    turli  guruh  vakillarining    ularga 
bo‘lgan ehtiyojlari   va ularni qondirish   masalalariga  alohida  e‘tibor berilgan. 
Nafaqat  Respublikamizda    balki  butun    dunyo    aholisi  orasida    uchrab  
turadigan  oqsil va  oqsil energetik taqchillikning kelib chiqish sabablari,  ularni 
oldini  olishda    mahaliy    mahsulotlardan  unumli  foydalanish      yo‘llari  bayon  
qilingan. Yana bu qismda   organizmda  energiya almashinuvining  ovqatlanish  
jarayoniga      bog‘liq    masalalari,    ehtiyojdan      ko‘p    va      ehtiyojdan  kam  
oziqlanish  olib  keladigan  oqibatlar  haqida  fikr yuritilgan  bundan  tashqari  
oqilona  ovqatlanish    pritsplari  (miqdor,  sifat,  tartib)    izohlanib    ovqatlanish 
nazariyalari  ustida  to‘xtalgan. 



 
   
Aholi  turli  guruhlarining  jumladan   aqliy  mehnat  qiluchilar,  ishchilar,  
qishloq  mehnatkashlari, o‘quvchi  yoshlar, talabalar, sportchilar,  homilador va  
sut    emizdiruvchi  ayollar.      Keksalar  va  qariyalarning      ratsional    ovqatlanishi   
asoslari  keltirilgan. 
         Darslik  “  Odam  va  hayvonlar    fiziologiyasi”    ixtisosligi    boyicha   
tayyorlanadigan    magistrlarga    ovqat      hazm    bo‘lishi    va  ovqatlanish    
masalalarining   nazariy  va  amaliy jihatlarini keng  ko‘lamda  tushuntirishga,   
bu    sohada      egallagan    bilimlarni      ta‘lim-tarbiya  ishlarida    qo‘llashga  
moslashtirilgan.  Shi  bilan  bir  qatorda        u    bo‘lajak    magistrlar    “Odam    va 
hayvonlar    fiziologiyasi“  ning    aynan      shu     sohasi    bo‘yicha      mustaqil    ilmiy  
tadqiqotchilar    bo‘lib    faoliyat    yuritishlari    uchun    ilmiy      asos        hamda    
metodologik   yo‘nalish    berishga   mo‘ljallangan. 
 
Darslikda o‘quv materiallarni tushinishga yordam beradigan  rasmlar va 
jadvallar  hamda  atamalar  lug‘ati  keltirilgan.    Har  bir  qismning  yakunida 
savollar  va  muammoli  masalalar  talabalarni    o‘z-o‘zini  tekshirish  tavsiya 
etilgan.  
Zamonaviy  interfaol  axborot  uzatish,  aqliy  hujum,  klaster    va  bosqa 
pedagogik  texnologiyalar  o‘qituvchi  darsni  qanday  tashkil  qilinishiga  bog’liq 
ravishda o‘tkazilishi lozim. 



 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish