Ingichka ichakdagi hazm
Hazm jarayonlarining asosiy qismi ingichka ichakda sodir bo‘ladi. Ammo
ingichka ichak hazm yo’lining boshqa a’zolari singari hazm bilan bog‘liq
bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarni o‘taydi. Hazm bilan bog‘liq
bo‘lmagan funksiyalariga gumoral boshqaruv, immun, ekskrеtor, suv-tuz
almashinuvini ushlab turish kabilar kiradi. Ichakda gumoral boshqaruv asosan
ichak hujayralaridan ajraluvchi gormonlarning rеgulyator faoliyatiga bog‘liq
(2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |