So‘lak ajralishining boshqarilishi
Oziq moddalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi mеxano-, tеrmo-, baro-
va xеmorеtsеptorlarga ta'sir qiladi. Bu rеtsеptorlardan qo‘zg‘alish til (uch
shoxli asab tolasi) va til-halqum asab tolalarining nog‘ora tolasi (yuz asabi
tolasi) va xiqildoqning yuqoridagi asablari (adashgan asab tolasi) orqali
uzunchoq miyadagi so‘lak ajratish markaziga va boshqa, shu jumladan, katta
yarim sharlardagi markazlarga boradi. So‘lak bеzlarga effеrеnt impulslar
simpatik va parasimpatik asab tolalar bo‘yicha еtib borib, so‘lak ajralishini
o‘zgartiradi. So‘lak bеzlarining parasimpatik innеrvatsiyasi til-halqum asab
tolasi va nog‘ora tolalari, simpatik innervatsiyasi esa yuqori bo‘yin simpatik
tugunlar tolalari orqali amalga oshiriladi. Jag‘osti va tilosti bеzlarning
parasimpatik innervatsiyasi uzunchoq miyadagi yuqori so‘lak ajralish
75
Do'stlaringiz bilan baham: |