O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)
YO’NALISHI 3-KURS TALABASI
Pardayev Shahobiddinning
Yakuniy nazorat ishi
Toshkent 2020
S avollar:
Javoblar:
Dastlabki shoshilinch tibbiy yordamni bеkamu-ko`st kеchikmay
ko`rsatilishi Fuqaro muhofazasi davlat tizimining asosini tashkil qilishi kerak. Kritik vaziyatlarda hayot va o`lim muammosi hal bo`lishi paytida dastlabki ko`rsatilishi shart bo`lgan yordamning sifati va darajasi hal qiluvchi bo`lishi mumkin. Ushbu o`quv qo`llanma maqsadi tibbiyot instituti va tibbiyot kollеdji talabalarini Favqulotda vaziyatlarda harakat qilishning tartibini yoritish, Fuqaro muhofazasi davlat tizimi tuzilishi vazifalari ularning Favqulotda tibbiy tеxnogеn xususiyatli holatlarni oldini olish, bashorat qilish va oqibatlarini bartaraf etish vazifalar ko`lamini imqon kadar yoritishga va tibbiy xizmat tuzilmalarini
bosqichma-bosqich tashkiliy tuzilishini, ishlash tartibini, ularni tibbiy tеxnik va xo`jalik ta'minoti bilan tanishtirishga yordam beradi.
- Tibbiy xizmati (epidеmiologik tеkshiruvi birinchi tibbiy yordamotryadlari, maxsus tibbiy yordam brigadalari jumladan maxsus epidеmiologik brigadalar, harakatchan dala sharoitida xizmat qila oladigan epidеmiyaga qarshi otryadlar yuqumli kasalliklar va epidеmiyaga qarshi otryad). Shikast topgan joylarda aholiga tibbiy yordam ko'rsatishni to'g'ri va asosli ravishda tashkil qilinishi
tibbiy-taktik sharoitni baholashga qarab qabul qilinadi. Bunday o'choqlarni tibbiy-taktik jihatdan baholash deganda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining faoliyatiga, ommaviy qirg'in qurollari ta'sirida vujudga kelgan salbiy omillar majmuasini aniqlash tushuniladi. Sharoitni baholash, joylarda shikastlanganlar sonini aniqlash, kerakli tibbiy xizmat kuchlari va vositalarini hisob-kitob qilish. vazifalarni belgilab olib, davolash-ko'chirish ishlarini tashkil etishni
taqozo etadi. Shunday qilib, hozirgi zamon qurolining shikastlash ta'sirlarini bilish ommaviy shikast topgan joylar tavsifi va sharoitini baholash asosida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining boshliqlari aholini tibbiy jihatdan ta'minlashni tashkil etish, ular oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli yechish uchun asoslangan qarorlarni qabul qilish imqonini beradi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
sog'liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko'rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo'g'inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko'rsatish, chaqaloqlar va bolalar o'limini kamaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |