17
mazkur ta‘rif morfemaning mohiyati bilan bog
ʻ
liq bir jihatni to
ʻ
g
ʻ
ri qayd etib,
uni lug
ʻ
aviy
ma‘noli asosdan ajratishga, chegaralashga xizmat qilsa-da, ikkinchi tomonini aks ettirish im-
koniyatiga ega emas edi.
4. Morfemaning yuqoridagi ta‘riflaridan bir muncha keyinroq, morfemaning yana bir ta‘rifi
yuzaga keldi va filologlarning asosiy o
ʻ
quv adabiyotidan o
ʻ
rin oldi: ―Morfemika so
ʻ
zning nomus-
taqil tarkibiy qismlari haqidagi ta‘limot. …So
ʻ
zning o
ʻ
zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha
qo
ʻ
llanmaydi va ma‘no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi‖
7
. Ko
ʻ
rinib turibdiki,
bu bilan morfemaning lisoniy birlikligi inkor qilinib, nutqiy birlik davridagi holatga qaytilgan.
Ta‘kidlash joizki, so
ʻ
zning nomustaqil qismini morfema bilan bog
ʻ
lash
kerak bo
ʻ
lsa, uni morfema
emas, morf, allamorf, morfemaning varianti deyish kerak bo
ʻ
ladi. Lekin morf, allamorf yoki
morfemaning varianti ularning umumlashtirilgan tipi – umumiylik
holidagi morfemaga teng
bo
ʻ
la oladimi? Albatta, yo
ʻ
q. Demak, bu bilan morfemaning doirasi chegaralangan uning
doirasiga faqat qo
ʻ
shimchalargina kiradigan qilib ifodalangan.
Shu ma‘noda ta‘rif, haqiqatan, boshqa ta‘riflardan farqli ustunlikka ega. Chunki unda o
ʻ
zbek
tilining leksemaning bu kabi hollarda deyarli hamma vaqt bir mustaqil ma‘nosi bilan asos bo
ʻ
lib
kelayotgani, o
ʻ
z maqomini o
ʻ
zgartirmasligi yaqqol ko
ʻ
zga tashlanib turishi, anglanishidan iborat
o
ʻ
ziga xos xususiyati hisobga olinib ish tutilgan. Ammo, bu ta‘rif ham tabiiy ravishda morfe-
maning mohiyatini aks ettirish imkoniyatiga ega bo
ʻ
lmadi. Chunki morfemaning mohiyati so
ʻ
z-
ning nomustaqil ma‘noli qismi bo
ʻ
lib kelishida emas, balki ayni vazifasida – uning yangi so
ʻ
z ya-
salishi va so
ʻ
z shakli hosil qiluvchi vosita bo
ʻ
lib xizmat qilishida – yasovchilik funksiyasida.
5. Morfema masalasi yubilyarimiz – o
ʻ
zbek tilshunoslarining otaxonlaridan biri – Y.Tojiyev
ijodida alohida sahifani tashkil qilishi bor haqiqat. Olimning ―O
ʻ
zbek tili morfemikasi‖
8
kitobi bu
boradagi salmoqli ishlardan biridir. Uning morfema nazariyasiga aloqador maqolalarida ham
dolzarb masalalar ko
ʻ
tarib chiqilgan. Ulardan birida atoqli tilshunos morfema doirasida olib bori-
layotgan bahs-munozaralarga munosabat bildirib, masalani ko
ʻ
ndalang qo
ʻ
yadi va quyidagi e‘ti-
borga loyiq fikr-mulohazalarni ilgari suradi:
―Xo
ʻ
sh, morfema til birligimi yoki nutq birligimi? Javob shunday: avvalo, morfema til bir-
ligi ham, nutq birligi hamdir. Nega? Chunki morfema tilda invariant kabi xususiyatga ega bo
ʻ
l-
gan, imkoniyatlarni umumlashtirgan... til birligi, aslida, so
ʻ
zning (keyinroq (bu o
ʻ
rinda bosh mor-
fema haqida fikr yuritilyapti) leksemaning) bir parchasi, so
ʻ
z
yasalishida ishtirok etuvchi, shakl
hosil qilishda qatnashuvchi (juda keng va aniq ma‘noda) elementi, bir bo
ʻ
lagi sifatida tayyor hol-
da mavjud bo
ʻ
lgan til birligidir. Morfema termini leksemaning (umuman, tildagi tayyor so
ʻ
zning
qismi, parchasi sifatidagi til birligiga hamda uning nutqda namoyon bo
ʻ
lgan affiks (qo
ʻ
shim-
cha)ning qismi, parchasi sifatidagi til birligiga hamda uning nutqda namoyon holatiga nisbatan
ishlatilgani ma‘quldir.‖
9
Olimning bu qarashlari hayotda, til ta‘limida o
ʻ
z amaliy tasdig
ʻ
ini topdi. Hozirda morfema
termini tadqiqotchi qayd etgan har ikki holatdagi til birligi uchun birday qo
ʻ
llanmoqda.
Bu esa
ustoz tilshunos Yormat Tojiyevning amaliy o
ʻ
zbek tilshunosligining uzoqni ko
ʻ
ra bilgan yorqin
namoyandasi ekanligidan dalolatdir. Uning gap bo
ʻ
laklari haqidagi kuzatishlari
10
ham hech kimni
befarq qoldirmaydigan fikr-mulohazalarga boyligi bilan ajralib turadi. Ular, hech shubhasiz, ul-
kan salohiyatli olimning ilmiy haqiqatga va ustoz A.G
ʻ
ulomov ta‘limotiga sadoqat namunasi, o
ʻ
r-
nak olsa arzigulik fazilati hisoblanadi.
7
Сайфуллаева Р. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т., 2009. – 140-б.
8
Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992.
9
Тожиев Ё. Яна сўз,лексема, сўзшакл, морфема, морфемика ҳақида// Ўзбек тили ва адабиѐти. 2008 йил, 6-сон,48-50-
бетлар.
10
Тожиев Ё. Ўзбек тилида гап ва гап бўлакларининг мақоми масаласига доир.