O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO`YICHA) YO`NALISHI
926-21 GURUH TALABASI NIZOMIDINOV QUDRATBEKNING
MANAVIYATSHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ijtimoiy fanlar va ma`naviyat
Reja :
Ma`naviyat asoslari fanining asosiy maqsadi va vazifasi
Shaxs va millat ma`naviyatining asosiy jihatlari
Milliy g`oya, mafkura, ma`naviyat. О`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ma`naviyat nazariyasi umummetodologik asoslarining ishlab chiqilishi
Ma`naviyat asoslari fanining asosiy maqsadi va vazifasi bо`lajak о`qituvchilarni ulug ajdodlarimiz asrlar davomida shakllantirgan milliy ma`naviyatimiz ruhida tarbiyalash, ma`naviyatning mustaqil О`zbekistonda jamiyatni yangilash va mamlakatni isloh etish, yosh avlodni tarbiyalashdagi о`rni va ahamiyatini tо`g`ri anglab etishiga erishish, ularni ma`naviyat sohasida nazariy jihatdan о`tmish va bugungi kunda qо`lga kiritilgan yutuqlar, hozirgi davrda jamiyatimiz kishilari ma`naviy hayotida sodir bо`layotgan о`zgarishlar, bu jabhadagi muammolar va ularni hal etish yо`llari kabi masalalar bilan jiddiy tanishtirish, ular tagakkurini milliy-ma`naviy qadriyatlarimiz bilan boyitishdan iborat. Fanni о`rganishda О`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlarida bayon qilingan mustaqil О`zbekistonni rivojlantirishning ma`naviy-axloqiy negizlari, о`tmish ajdodlarimiz ma`naviy merosiga munosabat, ma`naviyatning inson hayotidagi о`rni va ahamiyatiga oid nazariy fikr-mulohazalar umummetodolofik asos qilib olinadi. Ma`naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg`otish va harakatga keltirishga muvaffaq bо`linsa, barcha ulug`vor rejalarni amalga oshirish uchun zarur imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg`or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta`limning eng muhim vazigasi ham ana shu imkonni shakllantirish, ya`ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uygotib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan о`zanlar sari yо`naltira bilish bilan belgilanadi. “Ma`naviyat asoslari” fanining asosiy ob`ekti - mustaqil О`zbekiston uchun eng dolzarb muammolardan biri bо`lgan shaxs va millat ma`naviyatining takomili, asosiy qadriyatlari, shakllanish yо`llari xususidagi milliy ma`naviy merosimiz an`analariga tayanuvchi nazariy xulosalar va qarashlar tizimidan iboratdir. Ma`lumki, jahon madaniyatiga bizning ajdodlarimiz qо`shgan hissa ozmuncha emas. “Ma`naviyat asoslari”ning maxsus fan sigatida о`rganilishi, shu ma`noda, bugungi kunda ham jahon madaniyati rivojiga muayyan ijobiy natijalar keltirish ehtimolini nazardan qochirib bо`lmaydi. Demak, ma`naviyat doimo umumbashariy miqyosni nazarda tutgan holda о`rganiladi. Ma`naviyat asoslari fanining boshqa yondosh fanlar bilan aloqasi.Bu fanMa`naviyatning rivojlanish tarixi fani bilan uzviy bog`liq bо`lib, Dinshunoslik, Madaniyatshunoslik, Oila ma`naviyati, Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar kabi qator ganlar bilan yaqindan aloqadordir. Bu fanni о`zlashtirish uchun talaba о`rta maktab va о`rta maxsus ta`limida о`tiladigan tarix, adabiyot, milliy g`oya, ma`naviyat asoslari kabi fanlardan muayyan bilimga ega bо`lishi, islom dini, ulug` ajdodlarimizning о`tmishda yaratgan ma`naviy merosi haqida dastlabki ma`lumotlardan xabardor bо`lishi kerak. Fan bо`yicha bilim, malaka va kо`nikmaga qо`yiladigan talablar. Bu fan bо`yicha talabalar bilim, malaka va kо`nikmasiga qо`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: - Jahon ilmida ma`naviyat masalalarining о`rganilishi, О`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ushbu masalaga yangicha yondoshuvning shakllanishi va ma`naviyatning yaxlit soha sigatida tan olinishi, mustaqil О`zbekiston sharoitida ma`naviyat omilining alohida ahamiyati haqida tasavvurga ega bо`lishi; О`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida о`z ifodasini topgan ma`naviyat nazariyasining umummetodolofik asoslari, О`zbekiston respublikasining ma`naviyat va ma`rigat kontseptsiyasining mohiyati, milliy ma`naviyat va umuminsoniy qadriyatlar nisbatini yaxshi anglashi; “Ma`naviyat” tushunchasining turli ta`riflari va ularning о`zaro nisbatlari, shaxs va millat ma`naviyatining asosiy jihatlari, ma`naviyat sohasining iqtisod, siyosat sohalari bilan munosabatlari, ma`naviyat va ruhiyatning о`zaro nisbati, ma`naviyatining din, madaniyat, axloq bilan о`zaro bog`liq jihatlari, Falsaga va ijtimoiy fanlar bilan о`zaro aloqadorligi, bosh ma`naviy qadriyatlar – Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat va ularning inson va jamiyat hayotidagi о`rni, ma`naviyatning san`at va adabiyotda namoyon bо`lishiga oid masalalarda chuqur bilim va malaka hosil qilishi; о`zining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedafofik faoliyatida ma`naviyat nazariyasi bо`yicha olgan bilimlarini qо`llay olishi, milliy ma`naviyatimiz an`analarini yosh avlod onfiga singdirishning shakl va usullaridan foydalanish kо`nikmasiga ega bо`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |