O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy )markazi


Kimyoviy elementlarning tirik organizmdagi miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar



Download 1,78 Mb.
bet14/18
Sana04.10.2022
Hajmi1,78 Mb.
#851268
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Karimova RozaBMI 2022

Kimyoviy elementlarning tirik organizmdagi miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Molibden har xil oksidlanish darajalarini (+4, +5, +6) va o‘zgaruvchan koordinatsion sonlarni (4, 5, 6, 8) namoyish etishga qodir. SHuning uchun Mo ning biologik ta’siri har xil. Dukkakli o‘simliklarda Mo ning bo‘lishi ularning atmosfera azotini o‘zlashtirishga imkon beradi. Hayvonlarda Mo oksidlanish-qaytarilish fermentlarining tarkibiy qismi, shu jumladan purin metabolizmi va O2 tashishda ishtirok etadigan ksantinoksidaza fermentining. Tuproqda Mo ning ko‘pligi natijasida u organizmda to‘planib, ksantinoksidazaning faollashishiga va ortiqcha siydik kislotasining sinteziga yordam beradi. Natijada, bu kislotaning kalsiy tuzlari – uratlar hosil bo‘ladi, ular bo‘g‘imlarga yig‘iladi va podagraga olib keladi.


II.Bob. “Zamonaviy bionorganik kimyoning rivojlanish istiqbollari” mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
2.1. Pedagogik talim texnologiyalari haqida tushuncha.

Texnologiya so‘zi fanga 1872 yilda kirib keldi. U yunoncha «texos»- hunar (san’at), mahorat va «logos» ta’limot yoki fan degan ma’noni beradi. Qisqacha «mahorat haqidagi fan» ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda ayrim kishilar pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq, hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan ta’limning soha ob’ektlari, kompyuter, masofali o‘qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb o‘ylashadi. Bu to‘g‘ri emas. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o‘qituvchi-trener va talabalarning begilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog‘liq. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga ko‘chirish mumkin, ya’ni: pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida talaba(lar)ga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.


Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida pedagogik texnologiya o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 1970 yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan “o‘qitish texnologiyasi - bu o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo‘l-yo‘riqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar sohasi“ ekanligi e’tirof etiladi.
"O‘qitish texnologiyasi - bu alohida fan bo‘lib, o‘quv jarayonini real tavsiflaydigan, o‘qituvchiga o‘rnatilgan maqsadlarga erishish uchun tayaanish zarur bo‘lgan narsalar yig‘indisi.
Pedagogik texnologiyani fan sifatida e’tirof etish G.K.Selevko tomonidan ham ma’qullandi: “Pedagogik texnologiya o‘qitishning birmuncha oqilona yo‘llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, real o‘qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir”. Olimning ta’kidlashicha “pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi:
Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ma’lum mintaqada, o‘quv yurtida, ma’lum o‘qitish bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi.
Xususiy uslubiy (predmetli) daraja: xususiy predmetli pedagogik texnologiya “xususiy uslubiyot” ma’nosida qo‘llaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig‘indisi sifatida bir predmet, sinf, o‘qituvchi doirasida qo‘llaniladi (fanlarni o‘qitish uslubiyoti, o‘qituvchi, tarbiyachining ishlash uslubiyoti).
Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o‘zida o‘quv - tarbiyaviy jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar echimini o‘zida mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash, dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqalar).
I.Ya.Lernerning fikricha, pedagogik texnologiya - “o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi“.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya belgilangan boshlang‘ich maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin teranroq fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi ko‘zga yaqqol tashlanadi yoki bunday yondashuvlarda talaba shaxsi inkor etilayapti. – pedagogik texnologiya talaba(lar)da ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;
– loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o‘qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi;
– yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi.
Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada echilganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani amaliyotga joriy etishga bo‘lgan urinishlar natijasini ifodalaydi.
Professor N.Saydahmedovning aytishicha pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi. Professor M.Ochilovning yozishicha pedagogik texnologiya tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan metodlar va usullar majmuidir. Ta’lim texnologiyasiga YUNESKO tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan: "Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari bilan ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash tizimidir".
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan usullar, vositalar majmuidir. Pedagogik texnologiya eskimi, yangimi qadimdan mavjud. Biroq jamiyat taraqqiy etgan sari maorif oldiga o‘zining yangidan-yangi ijtimoiy buyurtmalarini qo‘yib borganligi tufayli, ta’lim-tarbiya jarayoni ham zamonaviy ilg‘or metodlar, usullar bilan boyib, yangilanib boradi.
Pedagogik texnologiyaning yo‘nalishlari ko‘p. Hozirgi an’anaviy ta’lim, bu XVII asrda YA.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Ular pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar; o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar; o‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqish asosidagi pedagogik texnologiyalar; o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar; tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar; rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va boshqalar.
Ta’lim-tarbiyada maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o‘qituvchi, ham talaba-o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo‘ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko‘pdir. Pedagogik nashrlarda “texnologiya“ atamasining xilma-xil ko‘rinishlarini uchratish mumkin: “o‘qitish texnologiyasi“, “o‘quv jarayoni texnologiyasi“, “ma’lumot texnologiyasi“ va hokazo. O‘qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo‘lsa-da, aynan o‘xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o‘quv materialini o‘zlashtirish yo‘lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko‘proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va “o‘qituvchi – moddiy muhit – talaba(lar)“ funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning tarixi sifatida quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz. XVII asrda Yan Amos Komenskiy o‘z tadqiqotlarida, ta’lim jarayonining shunday mexanizmi ustida izlanishlar olib bordiki, to‘g‘ri taqsimlangan “vaqt, usul va jarayonlar” amalda kutiladigan natijani berishi kerak. Bunday mexanizmni Ya.A.Komenskiy “Didaktik mashina”deb atadi.Bunday didaktik mashina



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish