P rostaglandinlar –gormonsimon ta’sir etadigan C20 - poliеnli yog’ kislotalari hosilalari bo’lib, siklopеntеn halqasini saqlaydilar. Eritrositlardan tashqari hamma to’qima va hujayralarda hosil bo’ladi.
Yashash muddati juda qisqa, ta’sir etayotgan to’qimani o’zida sintezlanadi. – To’qima gormonlaridir.
Tarkibiga qarab prostaglandinlar bir necha tipga bo’linadi; A,B,C,D,E,F,G,H.
Prostaglandinlarning har bir tipi bir nechta seriyaga bo’linadi (PGE1, PGE2, PGE3) – qo’shbog’lar soniga qarab. Bundan tashqari OH–gruppani va siklopentan halqasini orientatsiyasiga qarab α, β- idekslari kiritiladi
(PGE2α).Tabiiy prostoglandinlar α – konfiguratsiyaga ega.
Prostaglandinlarni sintezi uchun boshlang’ich modda bo’lib C 20:3 (gomo γ-linol ), C 20:4 - araxidon kislota, C 20:5 - ekozopentayen kislotasi ishlatiladi. Bu kislotalar ovqat bilan kiradigan linol kislotasidan hosil bo’ladi. Ularning hosil bo’lishi yuqoridagi jadvalda va quyidagi sxemada keltirilgan: PGA izomeriyasi → PGB, PGC
Do'stlaringiz bilan baham: |