O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Botqoqliklarning daryolar suv rejimiga ta’siri



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

9.3. Botqoqliklarning daryolar suv rejimiga ta’siri 
Botqoqliklarning 
daryo 
oqimiga 
va 
uning 
yil 
davomida 
taqsimlanishiga ta’siri, birinchi navbatda, ularning turlari, geografik o‘rni 
va iqlim sharoiti bilan aniqlanadi. 
Daryo havzasida 
pastqamliklardagi
, ya’ni 
evtrof botqoqliklarning
bo‘lishi ularning oqimini kamaytiradi. Buning sababini botqoqlikda 
mavjud bo‘lgan suvning katta qismining bug‘lanishga va transpiratsiyaga 
sarflanishi bilan tushuntirish mumkin. Bu holat namlanish barqaror 
bo‘lmagan va yetishmaydigan hududlarda, ayniqsa, sezilarli bo‘ladi.
Do‘ngliklardagi, ya’ni oligotrof botqoqliklarda bahorda yuza oqim 
kuzatilmaydi, erigan qor suvlari to‘laligicha botqoqlikka shimiladi. Shu 
tufayli bahorda ulardan oqib chiqadigan jilg‘alarda suv sathi keskin 
ko‘tarilib, ularning suvliligi ortadi. Bu jarayon botqoqlikda to‘plangan 
erkin suvlar zaxirasi tugaguncha davom etadi. Demak, bunday botqoqliklar 
daryolarning mejen davridagi oqimini ko‘paytirmaydi.
Yuqorida qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, botqoqlik daryo 
oqimiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Boqoqliklar namlik yetarli va ortiqcha 
bo‘lgan hududlarda daryolarning o‘rtacha ko‘p yillik oqimiga deyarli ta’sir 
etmaydi. Biroq ularning maksimal oqimini kamaytiradi, minimal oqimini 
esa, aksincha, qisman ko‘paytiradi.
Yirik botqoqlik massivlarida ulardagi erkin suvlarning to‘planishidan 
hosil bo‘lgan ko‘llar ham uchraydi. Bu ko‘llar ma’lum darajada daryo 
oqimini boshqarib turadi. 
O‘rta Osiyoda botqoqliklarning taqsimlanishi
. O‘rta Osiyoda 
botqoqlik, asosan, daryolar vodiylarida, ularning konus yoyilmalarining 
tevarak-atroflarida va pastqam joylarda uchraydi. Ko‘pchilik hollarda, 
ayniqsa, tekisliklarda ko‘llar bilan botqoqliklarni bir-biridan ajratish ancha 
murakkab. Buning sababi shundan iboratki, yilning ma’lum davrlarida, 
to‘yinish sharoitiga bog‘liq holda, ayrim ko‘llar botqoqliklarga va, 
aksincha, botqoqliklar ko‘llarga aylanib turadi. 
O‘rta Osiyo botqoqliklaridagi o‘simliklar, asosan, qo‘g‘a, qamishdan 
iborat. Torf qatlamlari kamdan kam botqoqiklarda uchraydi va ular juda 
yupqa. 
Tekisliklarda sho‘r bosgan botqoqliklar ko‘p uchraydi. Ular, asosan, 
pastqam joylarda, ayniqsa, sho‘r ko‘llarda, qadimiy daryo vodiylarida va 
ko‘llarning sohillarida tarqalgan. Sho‘r bosgan botqoqliklarning suv rejimi 
ancha murakkabdir. Ular sho‘r ko‘llarning qurib borishi natijasida hosil 


95 
bo‘ladi. Umuman olganda, O‘rta Osiyo botqoqliklari yaxshi 
o‘rganilmagan. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish