O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Download 114,79 Kb.
bet3/20
Sana03.07.2022
Hajmi114,79 Kb.
#736727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
zarur

XULOSA VA TAKLIFLAR…………………................................

43




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……............

46





KIRISH
Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq. Respublikamizda so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ta’lim in­son uchun yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etishning muhim omillaridan bi­riga aylandi. Ayniqsa, ja­hon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borayotgan O‘zbekiston uchun mehnat bozori talablariga tez moslasha ola­digan Oliy ta’lim tizi­mini rivojlantirib borish dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratgan holda: “Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” vazifasini qo‘ydi.1
Mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.2
Dunyo taraqqiyoti bir joyda to‘xtab qolmas ekan, demak, ta’lim tizimini doimo isloh etish, o‘qitish usul va vositalarini takomillashtirish, ta’lim mazmunini boyitish bugungi kunning muhim talabidir. Bu esa o‘z o‘rnida zamonaviy pedagog-kadrlarni tayyorlash jarayoniga va ularning malakasiga bo‘lgan talablarni kuchaytirishni talab etadi.
Talabalarning darsda va darsdan tashqari mustaqil bilish ko‘nikmalarini faollashtirishda, mustaqil fikrlashni rivojlantirishda fan va amaliyot birligini ta’minlash muhim hisoblanadi. Bunda alohida fanlar, jumladan Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning ham o‘ziga xos o‘rni bor. U tez o‘zgaruvchan, serqirra, sermazmun fanlardan hisoblanadi. Ayniqsa, uning inson dunyoqarashi va bilimini oshirishdagi ahamiyati juda yuqoridir. Bir tomondan mazkur fan juda qadimiyligi bilan ifodalansa, boshqa tomondan tabiat va jamiyat munosabatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishi bilan chambarchas bog‘liq.
Harakatlar strategiyasining IV- bo‘limida Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustvor yo‘nalishlari deb nomlangan 4.4-bandida “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” masalalari o‘z aksini topgan.

  1. 2017-2021 yillar uchun belgilangan Harakatlar strategiyasidan quyidagi vazifalar ta’lim sohasini izchil rivojlantirilishiga katta ahamiyat berilayotgannidan dalolatdir:

  • ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish:

  • ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot instututlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish nazarda tutilgan.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishning nazariy-amaliy asosini tashkil qilib, kelgusida ta’limni yanada rivojlantirishning istiqbollarini belgilovchi tarixiy ahamiyatga molik hujjatdir. Bu hujjatlarda vatanimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarni voyaga yetkazish, ulardagi mavjud iste’dod va iqtidorni namoyon etishlariga alohida e’tibor berilgan, mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asoslari, tamoyillari va bosqichlarini belgilangan.
O‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish o‘qitish samaradorligini ta’minlovchi eng asosiy manba hisoblanadi. O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan o‘quv maqsadlariga erishiladi. O‘quv jarayoninig maqsadi uning zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishishdir. O‘quv jarayonida dars mashg‘ulotlari o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanib tashkil etilsa, o‘quvchi-talabalarning mashg‘ulot davomida faolligi oshadi, mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, ijodiy tafakkuri kuchayadi, muammolarni yechimini eng maqbulligini tanlash faoliyati mustahkamlanadi, ayniqsa ilm olishga bo‘lgan intilish yanada oshadi.
Modulli texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha samarali natijani ta’minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadga yo‘naltirilgan bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.
Bunday usullarni qo‘llashda xorijiy davlatlardagi dars o‘tish texnologiyasi va bizda o‘tilayotgan tajribalarni taqqoslash ularning bizga kerak bo‘lgan tajribalarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida zamonaviy ilg‘or ta’lim usullarini qo‘llash modulning chuqurroq o‘zlashtirilishga xizmat qiladi. Bu jarayonda nazariy mashg‘ulotlarni olib borish pedogogik texnologiyalarga asoslangan. Shuningdek, nazariy mashg‘ulotlarga oid fan materiallari bilan birgalikda sillabus, zamonaviy usullar, taqdimotlar, keyslar, glossariy, testlar, animatsiyalar va video materiallar bilan boyitish fanni sifatli o‘qitish uchun eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash talabi oliy ta’lim tizimi oldiga bilim olishning zamonaviy samarali vositalarini joriy etishdan iborat yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalar bosqichma-bosqich, islohotlar yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Respublikamizda ta’lim tizimini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning ilmiy-nazariy va metodik asoslari, zamonaviy va innovatsion pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha N.N. Azizxodjayeva, Sh.Avazov,Y.K.Babanskiy, R.J.Ishmuhamedov, J.G‘.Yo‘ldoshev, M.V.Klarin, N.Saidaxmedov, M.Tojiyev, D.Tojiboyeva, O‘.Tolipov, J.O.Tolipova, B.L.Farberman va boshqalar; geografiya darslarida didaktik materiallardan, ta’limning texnika vositalaridan va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha xorij va respublikamiz olimlaridan N.N.Baranskiy, A.V.Darinskiy, V.A.Juchkevich, P.Baratov, O.Mo‘minov, L.M.Pancheshnikova, U.Safarov, R.Qurbonniyozov va boshqalar tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Geografiya ta’limini o’qitish mazmunini belgilash murakkab metodik muammo hisoblanadi. Chunki, geografiya ta’limi vositasida oliy ta’lim bitiruvchisida ijodiy shaxs qirralarini shakllantirish davr talabiga aylandi. Bunday sharoitda o’quv predmetining vazifalari o’zgarib, uning mazmuni o’rganish obyektidan talabani rivojlantirish vositasiga aylanadi.
O’quv fani sifatida geografiya ta’lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega, chunki u jamiyat hayoti va uning tabiat bilan hamkorligini o’rganish kompleks geografik yo’nalishga asoslangan. Geografiyani o’rganish natijasida o’quvchilarda inson va atrof muhit haqida yaxlit tasavvur shakllanadi. Geografiya ta’limi rivojlanishining hozirgi bosqichida uning mazmuni o’quvchilarda geografik madaniyat shakllantirishga yo’naltirilgan.

Download 114,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish