O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti


-jadval . Atmosfera havosidagi ba‟zi zararli moddalarning REM



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

1-jadval . Atmosfera havosidagi ba‟zi zararli moddalarning REM 
Modda 
REM, mg/m 
z
 
Bir martalik 
maksimall 
O„rtacha 
sutkalik 
Azot qo‗sh oksid
0,085 
0,085 
Ammiak
0,2 
0,2 
Atseton
0,35 
0,35 
Benzol
1,5 
0,8 
Geksaxlorsiklogeksan
0,03 
0,03 
Kaprolaktam (bug‗lari, aerozol)
0,06 
0,06 
Karbofos
0,015 
— 
Mishyak
— 
0,003 
Simob (metalli)
— 
0,0003 
Qo‗rg‗oshin
— 
0,0007 
Sulfit kislota
0,3 
0,1 
Oltingugurt qo‗sh oksidi
0,5 
0,05 
Uglerod oksidi
3,0 
1,0 
Fenol
0,01 
0,01 
Formaldegid
0,35 
0,012 
Xlor
0,1 
0,03 
Xlorofos
0,04 
0,02 
2-jadval. Xo„jalik-ichimlik va madaniy maksadlarda suvdan
foydalanish bo„yicha suv ob‟ektlaridagi zararli
moddalarning REM 
Modda 
Zararli ko„rsatkichlarning 
chegaralanganligi 
REM. 
mg/l. 
Alyuminiy
Sanitar-toksikologik (S- t) 
0,5 
Ammiak
S-t 

Atseton
Umumiy sanitar (U- s) 
2,2 
Benzalirin
S-t 
0,000005 
Benzin
Organoleptik (Org) 
0.1 


88 
Vismut
S -t 
0,1 
Temir
Org. 
0,3 
Kadmiy
S-t 
0,001 
Marganets
Org. 
0,1 
Mis
Org. 

Molibden
S-t 
0,25 
Neft
Org. 
0,1 
Nitratlef
S-t 
45 
Simob
S-t 
0,0005 
Qo‗rg‗oshin
S-t 
0,03 
Rux
U- s 

 
3-jadval. Tuproqlarda pestitsidlarning mavjud bo„lishini 
 REM (mg/kg) 
Pestitsid nomi 
REM 
Pestitsid nomi
REM 
Agelon
0, 15 
Linuron 
1,0 
Akreks
1,0 
Metafos 
0,1 
Atrazin
0,5 
Ronit 
0,8 
Gamma – GXPG (lindan)
0.1 
Sevin 
0,05 
GXSG
0,1 
Semeron 
0,1 
Geptaxlor
0,05 
Fosfamid 
0,1 
Geterofos
0,05 
Xrofos 
0,5 
Karbofos
2,0 
4-jadval. Tuproqlarda og„ir metallarning mavjud bo„lishini 
 REM (mg/kg) 
 
Metall 
REM 
Element shakli 
Mishyak
2,0 
Jami mavjud bo‗lishi 
Simob
2,1 
Jami mavjud bo‗lishi 
Qo‗rg‗oshin
20,1
Jami mavjud bo‗lishi 
Xrom (VI)
0,05 
Jami mavjud bo‗lishi 
Marganets
1500 
Jami mavdud bo‗lishi 
Surma
4,5 
Jami mavjud bo‗lishi 
Mis
3,0 
Harakatchan birikma 
Nikel
4,0 
Harakatchan birikma 
Rux
23,0 
Harakatchan birikma 
Kobalt
5,0 
Harakatchan birikma 
Xrom
6,0 
Harakatchan birikma. 
 


89 
3.3. Geoekologik muammolar va ularning turlari. 
 
Geoekologik muammolarning yuzaga kelishi va shakllanishi.
Geoekologik muammolarning vujudga kelishi tabiat va inson faoliyati 
bilan bog‗liq tarzda ro‗y berishi mumkin. Geoekologik muammolarni 
keltirib chiqaruvchi tabiiy omillar va jarayonlardan asosiylari: vulqon 
otilishi, zilzila, surilma, ko‗chki, sel, suv toshqini, kuchli shamollar
yong‗inlar va boshqalardir. Bunday omillar bevosita har bir geotizimning 
tabiiy xususiyatlari bilan bog‗liq bo‗lib, unda inson ishtiroki bo‗lmaydi. 
Insonning tabiiy muhit bilan o‗zaro ta‘siri murakkablashib borishi 
oqibatida ko‗p qirrali va turli xususiyatli muammolar yuzaga kelib, o‗zaro 
ta‘sir kuchaygan sari shakllanib, yanada jadallashmoqda. 
Inson va tabiiy muhit o‗zaro ta‘siri kelib chiqishi jihatidan aslida 
ekologik muammo hisoblanadi. Lekin, u ma‘lum geotizimda turli 
miqyosda hamda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik qonuniyatlar 
asosida ro‗y bergani sababli geografik muammo ham hisoblanadi, ya‘ni 
ekologik muammo muayyan geotizimda tarkib topib, shakllanib, 
rivojlanish bosqichlarini bosib o‗tadi. Shu nuqtai nazardan qisqacha qilib 
geoekologik muammo deyish mumkin. 
Geoekologik muammolar
– insonlarning sog‗ligi va xo‗jalik 
faoliyatiga salbiy ta‘sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan 
munosabatlarida va geotizimlarning bir butunligida nomutanosiblikni 
keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillar natijasida yuzaga kelgan 
jarayon va hodisalar.
Geoekologik muammolar tabiiy geografik qonuniyatlarga bo‗ysinadi. 
Shuning uchun ham uni tadqiq etishda tabiiy geografik fanlarning tadqiqot 
usullaridan, yondashuvlaridan va prinsiplaridan foydalanish lozim. 
Geoekologik muammoni ekotizim, biogeotsenoz yoki ma‘muriy-hududiy 
birlik doirasida o‗rganish ham mumkin. Lekin bu holda mazkur 
muammoning hududiy chegaralari geotizim chegaralariga har doim ham 
mos tushavermaydi. Inson tabiiy resurslardan foydalanganda, avvalo tabiiy 
sharoit o‗zgara boshlaydi, uning asosiy haraktlantiruvchi omillari dinamik 
o‗zgarishda bo‗ladi, geotizimlarning ma‘lum yo‗nalishdagi o‗zgarishlari 
tarkib topadi.
Geoekologik muammolar, odatda, tizimli xususiyatga ega bo‗lib, bu 
xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 

tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlar va qonuniyatlarning o‗zaro ta‘siri;

geografiya, 
ekologiya, 
geologiya 
va 
boshqa 
fanlarning 
integratsiyasini talab etadigan fanlar aro ahamiyat kasb etishi; 


90 

resurslardan turli maqsadlarda bir qancha foydalanuvchilarning 
mavjudligi; 

geotizim yoki geoekologik muammoning holatini bitta ko‗rsatkich 
bilan tavsiflash mumkin emasligi.
Geoekologik muammo qotib qolgan, o‗zgarmas holat bo‗lmay, balki 
muntazam ravishda dinamik o‗zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko‗p sonli oddiy 
muammolarning tizimidir. Masalan: ―Orolbo‗yida geoekologik muammo 
1960-yillarning boshidan vujudga kela boshlagan bo‗lsa, 1970-yillarning 
o‗rtalarida (1974 yil Taxiatosh gidrouzeli qurilgandan so‗ng, deltada tabiiy 
suv toshishi to‗xtatilganidan so‗ng) shakllanish bosqichiga o‗tdi. Dastlab 
grunt suvlarining ko‗tarilishi bilan tuproqlar sho‗rlana boshladi, so‗ng eol 
relef shakllari vujudga keldi. Tuproqlar quyidagicha yo‗nalishda o‗zgarib 
bormoqda: allyuvial o‗tloq – o‗tloq va botqoq – o‗tloq, sho‗rhoklar va 
o‗tloq-taqir – tipik sho‗rhoklar – taqirli sho‗rhok va taqir – qum cho‗l 
tuproqlari ― (Rafiqov, 1997). 
Geoekologik muammoni bartaraf etish deganda avvalombor, 
dastlabki tabiiy muvozanatni qayta tiklashni tushunmoq lozim. Tabiiy 
muvozanat (ekologik muvozanat) ni qayta tiklash – tabiiy komponentlar va 
geotizimlar orasidagi o‗zaro bog‗liqlik, aloqadorlik va harakatni dastlabki 
holatiga yaqinlashtirishdir, lekin uni asl holiga qaytarib bo‗lmaydi. 
Buzilgan tabiiy muvozanatni qayta tiklash tadbirlarida aholining yashash 
sharoiti va sog‗ligini ham avvalgidek holatiga olib kelish lozim. Masalan: 
Orol va Orolbo‗yi bir-biri bilan uzviy bog‗liq muammolar bo‗lib, ularning 
yechimi o‗zaro bog‗liq kompleks tadbirlarni baravariga qo‗llagan 
holdagina hal qilinishi mumkin. Bunda eng birinchi navbatda tashqaridan 
kelayotgan suvning toza va miqdorining ko‗p bo‗lishiga erishish lozim. 
Chunki, muammoni tezlatuvchi kuch qurg‗oqchil iqlim sharoitida 
cho‗llashish hodisasidir.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish