3.Ota-ona va farzandlar munosabatlarini diagnostika qilish usullari
E.Fromm konsepsiyasi bo‘yicha onalik va otalik muhabbati bir-biridan farqli; yuzaga kelishi, ko‘rinishi va goism rivojlanishida farqli ta’siri bo‘ladi.
Onalik mehri- tabiatan shartsiz bo‘ladi, goism yutuqlariga bog‘liq emas, ko‘zlari ko‘r, va odalatli bo‘lmaydi.
Otalik mehri esa-shartli, talabchan ko‘rinishida bo‘ladi, otasini muhabbatini bola erishish kerak. Ota ijtimoiy goism vazifasini bjaradi: goism tekshirish, intizom talab qilish, o‘zini qonun-qoidalariga bo‘ysindirish. Tadqiqot shuni ko‘rsatganki o‘smirlar ota tomonidan olidagina jazoni to‘g‘ri qabul qiladilar; onani jazosini esa – rad etish, yaxshi ko‘rmaslik, adovat (vrajdebnost) deb qabul qiladi. Tarbiya jarayonida ota va onaning ota-onalik xulq- atvori modeli goism jinsiga qarab o‘zgaradi, bu esa goism jinsiy mosligini shakllanishida muhim shart hisoblanadi. Tadqiqotlarda o‘g‘il va qizlarni tarbiyasida otaning hulq-atvorida ko‘rinarli farqlar ko‘ringan. Otalar goism go‘dalik va ilk bolalik davrida qiz va o‘g‘ilni jinsiy farq qilmagan holda munosabatda bo‘ladilar. Jinsiy farqlash tarbiyada, goism bog‘cha yosh davrida boshlanadi. Ota o‘g‘illarda maskulin sifatlarini, qizlarda esa femin sifatlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Maskulin sifatlarga: avtonomlik, mustaqillik, konkurentlik, maqsadga erishish kiradi; femin sifatlarga – yuqori darajadagi empatiya, g‘amho‘rlik, kommunikativlik kiradi. Otaning yoki onaning o‘g‘ilga va qizga bo‘lgan munosabati: ota-onaning yoshiga, er-xotinni o‘zaro munosabatiga, oiladagi bolalar soniga, bola oilada nechanchi farzandligiga va goism shaxs hususiyatlariga bog‘liq. Agar er-xotin munosabatlari yaxshi bo‘lsa, ota bolalar tarbiyasiga ko‘proq ahamiyat beradigan bo‘ladi. O‘zi namuna sifatida o‘g‘il va qizida jins mosligiga xos xususiyatlarini shakllanishida yordam beradi. Agarda er-xotin munosabatlari yaxshi bo‘lmasa, unda oilada “ona bilan qiz otaga qarshi”, yoki “ota bilan o‘g‘il onaga qarshi” kabi vaziyatlar yuzaga keladi, bu esa o‘z navbatida farzandlarda shaxs rivojlanishidagi buzilishlarga olib keladi. Yana ota-onalarni ko‘pincha oilada qizlarda nisbatan o‘g‘illarga ko‘proq e’tibor berishi kuzatiladi. Evolyusiya davomida qizlar o‘g‘illarga nisbatan ancha jiznestoykiy, ustoychivыy bo‘lgan. Shuning uchun ham goismv tomondan o‘g‘illarga ko‘proq e’tiborli bo‘lish oqlangan. Hozirgi zamonda ota-ona o‘rni o‘zgarib bormoqda: bunga sabab, ota-onani teng huquqligi, onalarni ishlanshi. Buni ham olbatta oilaga, farzandlarga yaxshi tomoni ham, yomon tomoni ham bor.
Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘I, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u erda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o‘sha erning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib etiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo‘lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.
Oilaviy ijtimoiylashuvning gois va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har tomonlama etuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo‘lib etishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, goism uning sog‘lom ma’naviy muhiti goism jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday goismve va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning goismve ta’siri ham shunchalik samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzanjdga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo‘lib etishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘lishini o‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas goism sifatida e’zozlanadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u erlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin. Olimlar o‘tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning to‘rt guruhini ajratganlar:
- ota-onalar o‘rtasida murosaning yo‘qligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;
- ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi;
- yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to‘laqonli o‘sishi, dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning etarli emasligi;
- maktab sharoitining talab darajasida emasligi;
- mahalla xududida oila obro‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga egalik;
- global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet tarmog‘I orqali bola ongiga etib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo, uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir.
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola sotsializatsiyasi va ijtimoiy tarbiyasidagi o‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini isbotlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |