O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

HTML 
tili 
(HyperText 
Markup 
Language) 
– 
veb 
sahifalarni 
razmetkalashning standart tili. 
Ushbu texnologiyalarsiz zamonaviy Internetni tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
1991-1993 
yillarda 
Berners-Li 
ushbu 
standartlarning 
imkoniyatlari 
takomillashtiradi. Ammo, shunga qaramay, rasmiy ravishda World Wide Web 
tug‘ilgan yili 1989 yil deb hisoblanishi kerak.
Loyiha doirasida Berners-Li dunyodagi birinchi "httpd" veb-serverini va 
"WorldWideWeb" deb nomlangan dunyodagi birinchi gipermatnli veb-brauzerni 
yaratdi. 
1994 yildan beri WWW tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha asosiy ishni Tim 
Berners-Li tashkil etgan va hozirgacha boshqarib kelayotgan WWW tarmog‘ining 
konsorsiumi (W3C) bajarib kelmoqda. Ushbu konsorsium Internet va WWW 


82 
tarmog‘ining texnologik standartlarini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi 
tashkilotdir.
8.2.
 
HTTP va HTTPS protokollari 
HTTP ingliz tilidagi “HyperText Transfer Protocol” (Gipermatn uzatish 
protokoli) so‘zlarining bosh harflaridan olingan. HTTPS -ning oxirida qo‘shiladigan 
S qo‘shimchasi esa “Secure” so‘zining bosh harfi hisoblanadi. Aslida HTTPS – bu 
HTTP protokolining xavfsiz shakli bo‘lib, HTTP-dan farqli ravishda HTTPS 
protokolida barcha so‘rovlar shifrlangan shaklda yuboriladi, javoblar ham 
shifrlangan holda qabul qilinadi.
Maʼlumki saytlar 2 ta katta qismdan iborat bo‘lib, server qismi (backend) veb 
serverda va mijoz qismi (frontend) foydalanuvchining brauzerida ishlaydi: 
foydalanuvchi maʼlumotlarni saytga kiritganda brauzer maʼlumotlarni serverga 
jo‘natadi va aksincha, foydalanuvchi maʼlumotlarni serverdan so‘raganda shu aloqa 
yo‘li orqali maʼlumotlar serverdan foydalanuvchining brauzeriga yuboriladi. Oddiy 
HTTP orqali maʼlumotlar almashinuvi sodir bo‘lganda serverdan brauzergacha 
bo‘lgan aloqa xavfli bo‘lishi mumkin. Xakerlar bu aloqani buzib, serverdan 
foydalanuvchiga, yoki foydalanuvchidan serverga yuborilayotgan maʼlumotlarni 
o‘g‘irlab olishi mumkin. Bunday xavfni bartaraf etish uchun HTTPS protokoli 
qo‘llaniladi. 
HTTPS serverdan brauzergacha va aksincha bo‘lgan aloqalarni shifrlash va 
deshifrlash tarzida ishlaydi. Xavfsiz aloqaning asosini SSL yoki TLS xavfsizlik 
protokollari tashkil etadi. Ularning ikkalasi ham yopiq va ochiq kalitlar asosida 
ishlaydi. Yopiq kalit faqat serverda saqlanadi va u maxfiy hisoblanadi. Ochiq kalit 
esa hamma uchun maʼlum bo‘lib, erkin tarqatiladi.
Brauzer va veb server ochiq va yopiq kalit asosida umumiy maxfiy shifrlash 
kalitiga ega bo‘ladi. Bu odatda 2 usul bilan hal qilinadi: 
1)
shifrlash kaliti ikki tomon ishtirokida maxsus algoritm yordamida 
generatsiya qilinadi;


83 
2)
shifrlash kaliti mijoz tomonda generatsiya qilinib, keyin serverga ochiq 
kalit bilan shifrlanib uzatiladi. 
Brauzer va veb serverda bir xil shifrlash maxfiy kaliti hosil bo‘lgandan keyin 
barcha so‘rovlar va javoblar ushbu kalit yordamida shifrlanib uzatiladi. Qabul 
qiluvchi tomon yana shu kalitdan foydalanib, shifrlangan so‘rov yoki javobni 
deshifrlaydi. 
HTTPS protokolidan foydalanish uchun har bir sayt (domen) o‘zining SSL 
sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Agar sayt joylashgan serverda ushbu saytning SSL 
sertifikati sozlangan bo‘lsa, brauzerlar bu saytning veb serveri bilan aloqani 
shifrlangan ekanligini turli belgilar bilan ifodalashadi. 
HTTP javob protokol versiyasi, so‘rov holati kodi va mazmundan tashkil 
topadi. So‘rov holati kodi 3 xonali son bilan ifodalanadi va guruhlarga ajratiladi. 
Quyidagi holat kodlari guruhi mavjud: 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish