3. Kichik biznes korxonalari tashkiliy tuzilmalarining turlari
Kichik biznes korxonalari boshqaruv tuzilmalarining quyidagi tashkiliy turlari mavjud: chiziqli; chiziqli-funksional; loyihalanadigan va matritsali; venchur va firma ichki innovatsiyali.
Boshqaruvni chiziqli tashkil etish bevosita lavozim vazifalarini shu tarika taqsimlash asosida quriladiki, bunda, har bir xodim firma oldida turgan vazifalarni bajarishga eng ko‘p darajada yo‘naltirilgan bo‘ladi. Barcha vakolatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (chizikli) belgilanadi. Ular yuqori boshqaruv bo‘ginidan qo‘yi boshqaruv bo‘ginlariga qarab o‘zgaradi.
Boshqaruv tuzilmasini chizikli-funksional tashkil etish o‘z ichida ham chizikli, ham funksional boshqaruv elementlarini mujassamlashtiradi, ya’ni chiziqli boshqaruv maxsus yordamchi xizmatlar bilan mustaxkamlanadi.
Loyixaviy tuzilma maxsus loyixani ishlab chiqish va unga rahbarlik qilishda qo‘llanadi. U dasturiy-maqsadli deb ham nomlanadi. Matritsali yoki katakli tashkiliy tuzilma ana shu tuzilmaning takomili hisoblanadi.
Loyixaviy tuzilma - bu aniq vazifani hal etish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik tashkilotdir. U funksional bo‘linma ichida tashkil etiladi.
Matritsali tuzilma loyixaviy tuzilmalarining rivoji (takomili) hisoblanadi. U taqsimlashning ikki turi: vazifalar bo‘yicha va mahsulot bo‘yicha taqsimlashning uyg‘unlashuvidir.
Venchur va innovatsiya tuzilmalari loyixaviy (dasturiy-maqsadli) tashkiliy tuzilmalarining zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Biznesda tavakkal ish innovatsiyalar, ya’ni yangi texnologiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda qo‘llaniladi.
Menejment haqidagi respublakamizda chop etilgan dabiyotlarda boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari: chiziqli, chiziqli shtabli, funksional, chiziqli funksional, dasturli maqsadli strukturalari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan, ularning ijtimoiy va salbiy tomonlari amal qilish yo‘llari keltirilgan. Strukturaga o‘zgartirishlar kiritish va uni almashtirish -bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayondir. AQSH firmalarida, G‘arbiy Yevropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o‘rtacha 3-5 yilda almashtirib turiladi. Masalan, bozorga qadoqlangan tovarlar taklif qiladigan “KRAIT FOODS“ kabi korxonalar odatdagi tovar va uni markasini boshqarishga asoslangan struktura o‘rniga asosiy e’tiborni o‘z iste’molchilariga qaratuvchi kombinatsiyalashtirilgan (aralash) strukturaga o‘tmoqda.1Bunda korxonalar tashkiliy strukturalari asosan 3 ta ishchi guruhidan iborat bo‘lib, birinchi guruh maqsadli segmentlarga iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi. Logistika bo‘limii vazifasini bajaruvchi uchinchi guruh mol yetkazib beruvchilar bilan optimal aloqani tashkil qilish natijasida tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, strategik integratsiya guruhi mavjud bo‘lib, bu barcha ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirib, kompaniyaning umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, bozor sharoitini o‘rganadi. Ayrim hollarda bunday tashkiliy strukturalarda odatdagi funksional bo‘limlarni saqlab qolgan holda, ayrim bir biznes jarayonning pirovard natijalari uchun javob beruvchi ishchi guruhlar tashkil qilinadi, funksional bo‘limlar ishlarini muvofiqlashtirib, keskin raqobat sharoitida korxonaning yuqori samaradorlik bilan faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.Yuqorida ko‘rsatilgan strukturaviy o‘zgarishlarning bosh omili bozor talablariga tezlikda moslashib, biznesning barcha sohalarida raqobatchilardan ko‘ra ustunlikka erishishdiir. Masalan, LIMITED kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsuloti - ayolar kiyim-kechagini iste’molchilariga bir necha oyda yetkazib beruvchi raqobatdoshlariga qaraganda o‘zi ishlab chiqarib va bir necha hafta ichida iste’molchilarga yetkazib bermoqda. Bu kompaniyaga raqobat kurashida yuqori darajada ustunlikka erishishiga yordam bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |