Ibtidoiy davr va bosqichlar
. Ma'lumki moddiy buyumlar old tarixni
o‘rganishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi, lekin ibtidoiy davrga
mansub moddiy buyumlarining yoshi aniqlansagina, u o‘tmishni o‘rganishning
asosiy manbai bo‘lib qoladi.
Ammo ibtidoiy old tarixni davrlarga ajratish va davrlar sanasini aniqlash
nihoyat darajada murakkab masaladir. Bu masalani hal etishda olimlar
davrlashtirishning turli yo‘l va usullarini qo‘llaydilar. Demak kishilik jamiyatini
davrlashtirmay turib uning hyech qaysi bo‘limini, shuningdek, ibtidoiy davrni
ham o‘rganib bo‘lmaydi. Old tarixni davrlashtirishda tarixiy jarayon-muayyan
zamon, davr va asrlarga bo‘linadi.
Shuni ta'kidlamoq kerakki, tarixchilar orasida old tarix bo‘yicha yagona
davrlashtirish tizimi mavjud emas. Bu masalani hal etishda tadqiqotchilar turli
yo‘l va usullarni qo‘llaydilar.
129
Tarixchi olimlarning bir guruhi old tarixni ijtimoiy munosabatlar belgisiga
karab ikki bosqichga bo‘ladilar. ularning birinchisi ibtidoiy to‘da bo‘lib,
ikkinchisi urug‘ jamoasi davridir.
Ibtidoiy to‘da odamzod paydo bo‘lgandan boshlab miloddan avvalgi 50-
40 ming yilliklargacha bo‘lgan 4,5-4 mingyillik katta tarixiy davrni o‘z ichiga
oladi.
Urug‘ jamoasi esa mil.avv. 50-40 mingyillikdan IV-I ming yilliklar
orasidagi davrni qamraydi. Ammo yer yuzining ba'zi joylarida urug‘ jamoasi
ancha keyingi davrlargacha saqlanib qolgan. Urug‘ jamoasi o‘z o‘rnida ona va
ota urug‘i jamoalariga bo‘linadi. Ammo ko‘pchilik tarixchilar kishilikning bu
boshlang‘ich davrini uch bosqichga: ibtidoiy to‘da, urug‘ jamoasi va ibtidoiy
jamoa tuzumining yemirilish bosqichlariga bo‘ladilar. Ibtidoiy jamoaning
yemirilish davri “harbiy demokratiya va qo‘shni jamoa” deb ham ataladi.
Arxeolog olimlar esa ibtidoiy davr kishilari o‘z moddiy-madaniy
buyumlarini nimadan va qanday usulda yasaganliklariga qarab uch davrga
bo‘ladilar. Shu ta'kidlab o‘tish joizki, ibtidoiy kishilar o‘z qurollarini
toshlarning turli navlaridan, yog‘ochdan, suyakdan, misdan, jezdan va nihoyat
temirdan ham yasaganlar. Lekin qurol yasashda asosiy xom ashyo tosh, mis, jez
va temir edi. Shu tufayli arxeolog olimlar kishilikning ibtidoiy davrini tosh, jez
va temir davrlariga bo‘lganlar.
Old tarixni o‘rganishda yunon didaktik etnoslarning ahamiyati kattadir.
Bu jihatdan yunon shoiri Gesiodning “Mehnat va kunlar” poemasi
diqqatga sazovordir. Mutahasislar, xususan Gerodod va boshqa yunon
mutaffakirlari Gomer bilan Gesiodni bir davrda yashagan deb aytadilar. Hozirgi
zamon ilm-fani Gesiodni Gomerdan ancha keyin yashaganligini isbot qilgan.
Gesiod millodan avvalgi VII asrning boshlarida yashagan deb faraz qiladi.
Gesiod birinchilardan bo‘lib, kishilikning ilk va quldorlik davrini beshta tarixiy
davrga bo‘lgan. Gesiod yer yuzida yashagan insonlarni besh avlodga bo‘ladi. Bu
avlodlarning yashash tarixi asta-sekin razolatga yuz tutishdan iboratdir.
130
Boshqacha aytganda Gesiod o‘zigacha bo‘lgan davrni besh davrga bo‘ladi. Bu
besh avlod yashagan davrning birinchi yer tarixining oltin davridir. Bu
kishilikning ibtidoiy davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda odamlar mehnat va azob-
uqubatning nimaligini bilmaydilar. Tunu kunlari o‘yin-kulgida farog‘atda o‘tadi,
hayotning bugun noz-ne'matlari bu baxtiyor odamlarga tabiatning o‘zi yetkazib
beradi, ular bir-birlariga yomonlik qilmasdan totuvlik bilan hayot kechiradilar.
Ular o‘lganlarida ham bamisoli uyquga ketgandek oxistagina dunyodan
o‘tadilar. Biroq oltin davr abadiy davom etolmaydi, uning o‘rnini kumush davri
egallaydi. Demak ikkinchi davrda yashagan avlodlar ya'ni kishilar oldingilari
singari baxtiyor bo‘lmasdan, bebosh bo‘ladilar, ma'budlarga ixlos qo‘ymaydilar,
shu sababli Olimp xukmroni ulardan qaxrlanib, yer qa'riga kiritib yuboradi.
Uchinchi davr mis davridir. Bu davrda yashagan odamlar sira ham
oldingilariga o‘xshamagan, mehr-shavqatdan behabar, jangbozlikdan. qon
to‘kishdan boshqa narsani bilmagan kishilar edi. Biroq qanchalik yovuz,
qanchalik zolim bo‘lishlariga qaramay, bular ham o‘limdan qochi
qutulolmaydilar.
To‘rtinchi davr bu-mardu maydonlar, bahodirlar davri; ular o‘zlaridan
oldin o‘tganlarga qaraganda rahmdil, muruvvatli edilar-u, ammo bu
azamatlarning ko‘plari Troya ostonnalaridagi qonli janglarda, dengiz
to‘lqinlarida qirilib ketadilar.
Gesiod o‘z zamonasini yaramas ehtiroslar, pastkashliklar avj olgan
beshinchi davrga kiritadi va bu davrni temir davri deb ataydi.
Gesiod yer yuzida yashagan insonlarni besh avlodga bo‘ladi.
Bu: 1. Oltin davr
2. Kumush davr
3. Mis davr
4.Mardi maydon bahodirlar davri
5. Temir davri.
U o‘zigacha bo‘lgan tarixni besh davrga bo‘lgan. Demak Gesiod
131
kishilikni davrlarga bo‘lgan shoir-mutafakkir edi.
Kishilikning ibtidoiy davrini birinchi bo‘lib tosh, mis, jez va temir
asrlariga ajratgan kishi mashhur rimlik faylasuf va shoir Lukretsiy Kar (99-55)
edi.
Keyingi davrlarda yashagan arxeolog olimlar Lukretsiy Kar fikrlariga
asoslanib arxeologik davrlashtirishni yanada mukammalashtirdilar. Avvalo tosh
asrining o‘zi qadimgi, o‘rta va yangi asrlariga bo‘linib, fanda qadimgi tosh
asrini paleolit, o‘rta tosh asrini mezolit, yangi tosh asrini esa neolit deb ataladi.
Qadimgi tosh asri yodgorliklari majmualari shellgacha yoki olduvay,
qadimgi ashell yoki abbevil, yoki shell, o‘rta, so‘nggi ashll va muste
bosqichlariga bo‘linadi. Qadimgi tosh asrining eng qadimgi chegarasi 4,5-4
million yilga borib taqalsa so‘nggi davri esa 50-40, ba'zan 40-35 mingyilliklar
bilan chegaralanadi.
So‘nggi paleolit esa 40-12 mingyilliklar orasidagi davrni o‘z ichiga olib,
orinyak, solyutriy va medlen madaniyatlariga bo‘linadi.
Mezolit davri esa azil, tradenuaz, neolit esa asturiy, maglemoza, oshxona
uyumlari va tripole kabi muayyan madaniyatlarini o‘z ichiga oladi.
VI-IV asrlar neolit yodgorliklari yevropaning markaziy, g‘arbiy va januby
o‘lkalarida, shuningdek Osiyoda hamda Afrikaning ko‘p joylaridan topilgan
bo‘lib. uning sanasi miloddan avvalgi 6-3 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
Neolit davridan so‘ng eneolit – mis tosh asri boshlanib, bu davrga mansub
yodgorliklar yer yuzida siyrak tarqalgan va joylarda miloddan avvalgi IV-III
ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
Eneolit davridan so‘ng esa mis bilan qo‘rg‘oshin yoki qalayni qo‘shib
muayyan issiqlik darajasida eritish natijasida jez (bronza) ma'dani olinadi.
Ibtidoiy kishilar mehnat qurollari va uy xo‘jalik buyumlarini, shuningdek ziynat
buyumlarini jezdan yasaganlar. Shu tufayli bu davrni jez davri deb atashadi. Jez
davri miloddan avvalgi II mingyillikdan I mingyillik boshlarigacha davom
etgan.
132
Jez asridan so‘ng yer sharining odam yashaydigan ko‘p xududlarida temir
davri boshlanadi. Temir davrining ilk bosqichi ibtidoiy jamoa tuzumining
so‘nggi bosqichiga to‘ri keladi.
Ibtidoiy davrni chuqur o‘rganish uchun geologik, tarixiy va arxeologik
davrlashtirishni o‘zi kifoya qilmaydi. Bu jihatdan insoniyat jamiyat tarixini
antropologik bosqichlariga bo‘lish bu murakkab masalani yoritishda muhim
o‘rin tutish mumkin. Odamzod antropologik jihatdan arxantrop, paleonrop va
neantroplarga bo‘linadi. Odomzodning bu uch turi ba'zi jihatlari bilan bir-biriga
o‘xshasada ammo ular davriy, jismoniy, aqliy va morfologik jihatidan bir-
birlaridan farq qiladilar. Shulardan eng qadimgisi arxantroplar bo‘lib, so‘nggisi
nentroplardir.
Arxantroplar arxeologik jihatidan tosh asrining ilk bosqichida
olduvaygacha, olduvay, shell va ashell davrlarida tarixiy nuqtai nazaridan
ibtidoiy to‘da davrining dastlabki bosqichlarida yashab o‘tganlar. Bu geologik
davrlashtirishning eopleystotsendan va o‘rta pleystotsen oralig‘idagi davrga
to‘g‘ri keladi.
Paleontroplar esa arxeologik davrlashtirishning muste davrlariga, tarixiy
davrlashtirish bo‘yicha ibtidoiy to‘daning ikkinchi bosqichiga to‘g‘ri keladi.
Neontroplar esa arxeologik davrlashtirishning qadimgi tosh asrining
so‘nggi bosqichi- so‘nggi tosh asriga mezolit, neolit, eneolit, jez, ilk temir
davrlariga tarixiy davrlashtirishning esa urug‘ jamoasi va uning buzilishi davriga
to‘g‘ri keladi.
Tarixiy jihatidan ibtidoiy to‘da arxeologik jixatidan qadimgi peleolit davri
kishilari Dunaydan Vyurm muzliklari oralig‘idagi davrda yashaganlar, bu
geologik davrlashtirishning eopleystotsen va pleystotsen davrlariga to‘g‘ri
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |