O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Neolit davridagi diniy tasavvurlar



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

Neolit davridagi diniy tasavvurlar. 
Neolit revolyusiyasi odamlarning 
turmush tarzini, tubdan o‘zgartirdi. Odam asta-sekin o‘simliklarni o‘stirish, 
ozuqa zahiralarini hosil etishni o‘rgandi, bu esa odamni o‘troq hayot kechirishga 
majbur etdi. Yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatdi hamda ular berayotgan 
mahsulot: go‘sht, sut va teridan foydalanishni o‘rgandi. Ovqat pishirishni 
o‘rganish, idishlar yasash kabi yangi muhim materiallarni o‘zgartirdi. U ovqat 
va ichimliklar saqlash uchun mo‘ljallangan idishlar, uy qurish uchun 
foydalaniladigan loyni tayyorlashga o‘rgandi. Neolit davri yuqori paleolitdan 
shunisi bilan farqlanadiki, unda odamzod tosh buyumlarni silliqlash va sayqal 
berishni o‘rgandi va shu farq mazkur davrga nom berdi (
neolit
– yangi tosh 
davri, yangi tosh ishlash, yangi usullar davri). 
Neolit davrida dehqonlarga yangicha ishlab chiqarish usullarini topdilar, 
zich va guruh-guruh bo‘lib yashay boshladilar. Dushmandan hamda yovvoyi 
hayvonlardan 
himoyalangan 
qishloqlar 
kengayib, 
atroflarida 
kichik 
qishloqchalar o‘rnashar edi. Aholining keskin ko‘payishi yangi yerlarni 
o‘zlashtirishga ehtiyoj tug‘dirsa, hayot tarzini o‘zgarishi diniy tasavvurlarning 
rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi. 
Dehqonchilikning muntazam tirikchilik tashvishlari: hosilni, yig‘im-
terimni kutish, aniq vaqtni belgilash, yil fasllarining sikllarini bilish kabilarning 
hammasi dehqonning osmonu yerga, quyoshu oyga, yomg‘iru shamolga yangi 
qiziqishi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, yangi ruhlar qudratiga ishonch sezilarli 
va ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. O‘z navbatida, iltijo va qurbonlik ruhlarga 
atala boshlandi. Ammo, tabiiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar keskin 
o‘zgardi. Natijada qadimgi ruhlar – animistik sig‘inish ob'ekti asta-sekin o‘ta 
qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil 
etilib, bunday joyda, odatda, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan alohida 
xizmatkorlar – kelajakdagi kohinlar – kechayu-kunduz xizmat qilar edilar. 
Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o‘zgardi, dehqonlar hayoti ov natijasiga 
bog‘liq bo‘lmagani bois, hayvonlar qadrlana boshladi, ammo totemistik 


237 
tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolaverdi. Bu esa zoomorfik tashqi 
qiyofani biron-bir sig‘iniladigan ilohiyatda aks etishiga olib keldi. Aksar 
ilohiyatlarning ko‘rinishi hayvon, qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida 
bo‘lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o‘tilgan ilohiyatiga 
qarindoshligi saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin xarakteri o‘zgardi, ilohiyatlarning qudratli butlari, 
mehroblar yoki cherkovlar yoniga o‘rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi. 
Ba'zan butlar o‘rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlardan 
foydalanildi. 
Fetishizmning 
rivojlanishida 
bu 
haykal 
va 
qurilmalar 
ibodatxonalarning ramzi bo‘lib xizmat qildi. 
Afsun ham o‘zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon yetkazish va 
omadli ov bilan ta'minlash, ruhlar yordamida o‘z maqsadiga yetishishning 
ibtidoiy usullari o‘rniga yangi, puxta o‘ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, 
boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. 
Tabiiyki, bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha 
yangiliklar: fol va bashorat yuzaga keldi, bular afsunga yaqin bo‘lgan hamda 
unga asoslangan afsun usullari bo‘lsa-da, maqsad boshqa edi: bunda istakni 
amalga oshirish emas, balki uni bilish ko‘zda tutiladi. Folbinlikning ilk shakllari 
neolit davridan ilgari ham amalda bo‘lgan. Ammo tizim sifatida neolit davrida 
yakunlandi. Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo‘rqqan holda uning 
yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar edilar. Buning uchun tabiat kuchlari 
ilohiyatlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ular xayolan 
qurbonliklar va ibodatlar ilohiyatlar ko‘ngliga yo‘l topadi, bizga yordam keladi 
deb ishonar edilar, ammo buni bilsa bo‘ladimi? Mana shu yerda fol ochish kelar 
edi. Har bir jamoa uchun xos bo‘lgan ibtidoiy shakldagi afsun marosimlaridan 
farqli o‘laroq, folbinlik yuqori saviyadagi madaniyatni talab etardi. 
Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyimi shartli belgilar tizimiga rioya qilishi 
shart edi. Bu shartli belgilar sig‘inilayotgan ilohiyatining qoniqganligini hamda 
ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi 


238 
har xil: elementar qur'a tashlashdan to murakkab chiziq, yorug‘ nuqta va 
chiziqlarni qo‘shilishigacha bo‘lar edi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish