O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari
Havo, quyosh nuri, suvjismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy ne’mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Tabiatning in’omi- havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashturuvchi kuchidan foydalanish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va o‘tkazish sharti hamda chiniqtirishning mustaqil vositasi sifatida;
2. Odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishning muhim vositasi sifatida.
Jismoniy tarbiya jarayonini ochiq havoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib, jismoniy mashqlar bajarish samara beradi. Cho‘milish, oftobda toblanish, havoning issiq sovug‘i, jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Gigienik omillar
Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyilini hayotga singdirish uchun jismoniy mashg‘ulot inson hayot faoliyatining uzviy qismi bo‘lib qolishi kerak. Boshqa tomondan, jismoniy mashqlar samaradorligi faqat zaruriy gigienik mezonlarga rioya qilingan taqdirdagina eng yuqori bo‘ladi. O‘ziga xos vositalar sifatida gigienik omillar jismoniy tarbiyaning to‘laqonli vazifalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Pedagogik jarayon qanchalik yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lmasin, mashg‘ulotlar sanitariyaga zid sharoitlarda o‘tkazilsa, uyqu va ovqatlanish tartibi buzilsa, u kutilgan samarani bermaydi. Mana shuning uchun ham jismoniy tarbiyaning maktab dasturida o‘quvchilar uchun gigienik bilimlar hajmini aniqlovchi nazariy bilim asoslari berilgan.
Gigienik omillar shartli tarzda ikki guruhga bo‘lingan:
1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda, mashg‘ulotlarning to‘laqonli o‘tishi uchun shart-sharoit bilan ta’minlovchi vositalar: mehnatning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi me’yori, o‘qish, turmush, dam olish, ovqatlanish vositalari;
2. Jismoniy tarbiya jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan vositalar: gigienik me’yorlar bilan muvofiqlikda dam olish va yuklamalarning optimal tartibi, tashqi sharoitlar yaratish (havoning tozaligi, yetarlicha yorug‘lik darajasi va boshqalar).
Gigienik omillar mehnat, dam olish, ovqatlanish, tevarak-atrofdagi muhitning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi tadbirlaridan iboratdir.
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |