O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti


I BOB. ETNOARXEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY TAVSIF



Download 128,32 Kb.
bet2/6
Sana26.02.2022
Hajmi128,32 Kb.
#471558
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ortiq Elmuratovning Etnoarxeologiya fanidan Kurs ishi 1

I BOB. ETNOARXEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY TAVSIF

    1. Etnoarxeologiya fani haqida umumiy tavsif

Etnografiya fani, boshqa fanlar singari oʼziga xos tadqiqot usullari va maxsus atamalariga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʼliq boʼlib, oʼz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari bilan aloqador holda amalga oshiradi. Аyniqsa u antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik kabi fanlar yutuqlaridan keng foydalanadi.2


Maʼlumki, “xalq” tushunchasi bir necha maʼnoga ega. Baʼzan oddiy tilda bir toʼp kishilarni yoki avomni xalq desak, baʼzan bir necha elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham xalq deb ataymiz. Аslida “xalq” soʼzi arabcha “yaratmoq” demakdir. Lekin oʼzbek tilida bu soʼz muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnografiyada xalq maʼnosida “etnos” atamasi qoʼllaniladi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida ayrim shaxs yoki kishilarning istagi bilan emas, balki obʼektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslarning joylanishini, ularning mazkur mintaqa tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan koʼchishi (migratsiya) natijasida kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik maʼlumotlardan foydalanadilar. Ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropologiya fani yordam beradi. Etnografiya “sof” irqlarni emas, balki tarix taqozosi bilan oʼzaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklarni oʼrganadi. Аntropologiya esa u yoki bu xalqning, etnik birlikning jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi.
Etnik jarayonni tadqiq qilishda turli tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari, ogʼzaki ijod namunalaridan keng foydalaniladi. Etnoslarning kelib chiqishi va etnik qiyofasini aniqlashda tilshunoslik maʼlumotlari ham yordam beradi.3 Ularning moddiy madaniyat xususiyatlarini arxeologiya fani bilan hamkorlikda aniqlash mumkin. Аholining joylashishi, oʼsishi, tevarak-atrofning taʼsiri, migratsiyasi kabi masalalarni oʼrganishda tarixiy-geografiya va demografik tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Etnoslarning maʼnaviy madaniyati sanʼatshunoslik, musiqashunoslik, dinshunoslik, fol’klor va adabiyot bilan hamkorlikda oʼrganiladi.
Mazkur fanlarning oʼzaro bogʼliqligi tufayli keyingi yillarda qoʼshaloq ilmiy sohalar ham yuzaga keldi. Masalan, etnogenez va etnik tarix muammolarini tadqiq qilishda etnik antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika kabi sohalarda samarali ish olib borilmoqda. Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda oʼtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi natijalar bermoqda. Natijada etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari tabiiy-geog-rafik sharoitga qarab yovvoyi oʼsimliklarni ekib oʼstirish yoki yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi oʼziga xos turmush xususiyatlariga ega elatlarning xoʼjalik xususiyatlarini aniqlashda etnografiya bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi sohalar ham ish olib bormoqda.4
Xalqlarni oʼrganishda etnografiya fani nihoyatda keng va xilma-xil manbalardan va usullardan foydalanadi. Etnoslarning koʼp qirrali, rang-barang hayotini oʼrganishda ularning har kungi turmush tarzini bevosita kuzatish asosida joylarning oʼzida toʼplangan materiallar bosh manba hisoblanadi. Bir joyda uzoq davr yashab, kuzatish yoʼli bilan oʼtkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L. Morgan, N. N. Mikluxo-Maklay, V. G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Bunday tadqiqotlar usuli statsionar tadqiqot deb nomlangan. Bizning hozirgi sharoitimizda mazkur usuldan kam foydalanilmoqda. Qisqa muddatda, yilning maʼlum mavsumlarida oʼtkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli boʼlib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi.5
Dala ishlarida asosan axborotchilardan suhbat yoʼli bilan yozma yoki magnitofon va diktafon orqali maʼlumotlar toʼplash, muayyan maishiy-madaniy turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va oʼyinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy oʼrganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qoʼllaniladi. Zamonaviy texnika vositasida (raqamli videokamera va raqamli fotoapparat, audio yozuvlar) va anʼanaviy dala yozuvlarida xalq maʼnaviy hayotining obʼektlari va koʼrinishlari (anʼanalar, marosimlar, urf-odatlar, folklor qoʼshiqlar va shu kabilar) aks etadi. Baʼzida dala tadqiqotlari jarayonida ayrim moddiy va maʼnaviy madaniyat namunalari muzeylar kollektsiyasi uchun yigʼiladi. Etnosotsiologik tadqiqotlar esa asosan maxsus anketalar tarqatish yoʼli bilan oʼtkaziladi va ular keyinchalik maxsus kompyuter prog-rammalari, masalan, SPSS asosida tahlil qilinadi.6
Etnoarxeologiya predmetning qanday yaratilganligini va undan nima maqsadda foydalanilayotganini tushunishga ham yordam beradi.7 Keyinchalik arxeologlar qadimgi jamiyatlar o'xshash ekologik sharoitlarni hisobga olgan holda zamonaviy hamkasblari bilan bir xil usullardan foydalangan degan xulosaga kelishlari mumkin.
Etnoarxeologiyaning yaxshi namunalaridan biri Brayan Xeyden (1987) bo'lib, uning jamoasi Mesoamerikan quern-toshlarini ishlab chiqarishni o'rganib, tarixdan oldingi quern-toshlarni ishlab chiqarish bo'yicha qimmatli ma'lumotlarni taqdim etdi. Boshqa ko'plab tadqiqotlar kulolchilik, me'morchilik, oziq-ovqat, tola va boshqa moddiy madaniyat turlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga qaratilgan. Eng yaxshi hollarda, bu tadqiqotlar uzoq muddatli etnografik dala ishlarini o'z ichiga olgan (masalan, Herbich 1987, Kramer 1997, Deal 1998, Dietler & Herbich 1998, Hinshaw 2000, Longacre & Skibo 2000, Kohn 2010).



    1. Download 128,32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish