O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/192
Sana18.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#453343
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   192
 
 
 ASOSIY SINTAKTIK XUSUSIYATLAR. 


- 122 - 
GAP 
Siktaksis so'zlar va ularning guruhlari o'rtasidagi sintagmatik 
munosibatlarni o'rganadi. Bu munosibatlar sintaktik jihatdan, avvalo, so'z tartibi, 
morfologik jihatdan (masalan, kelishik qo'shimchalari) va fonologik jihatdan 
intonatsiya yordamida ifodalanishi mumkin. Barcha tillarda so'zlar o'zaro 
birikadi va bu alohida tartib-qoida asosida ro'y beradi. Sintaksis eng kichik so'z 
birikmalaridan tortib, kattaroq bo'lgan turli o'lchovdagi gaplar (sodda va 
qo'shma gaplar) va eng kattasi bo'lgan matnni ham o'rganadi. Nazariy jihatdan 
sintaksisga turli qarashlar matn, so'z birikmasi va gaplarning tarkibi va ayniqsa, 
mazmun tomoniga katta e'tibor berish hozirgi tilshunoslikda ancha rivojlangan. 
Sintaktik tahlil uchun zarur bo'lgan umumiy tushuncha va metodlarni ko'rsatib 
o'tamiz. 
Avvalo konstruksiya tushunchasiga izoh beramiz. Konstruksiya o'zaro 
bog'langan so'z yoki so'zlar guruhlari o'rtasidagi birikuvdir. Masalan, 
Biz yangi 
ko'rgazmaga bordik
– gapining o'zi bir konstruksiya. 
Biz bordik 
– alohida konst-
ruksiya, 
ko'rgazmaga bordik
– yana bir konstruksiya hisoblanadi. Lekin bu 
konstruksiyalarda so'zlarning bog'lanishi turlicha bo'lishi mumkin. Bu bog'lanish 
valentlik tushunchasi bilan bog'lanadi. Valentlik tildagi bir elementning boshqa 
element bilan bir til bosqichida birika olishini izohlaydi. So'zlarning o'zaro 
birikishi ularning semantik jihatiga ham bog'liqdir. Masalan, talabalar 
xorijiy 
tillarni chuqur o'rg'anmoqdalar
gapida 
talabalar
o'rganmoqdalar birikmasi 
otning ko'plik shakli va fe'lning hozirgi zamon ko'plik shakli bilan ifodalangan, 
xorijiy tillarni birikmasi tushum kelishigidagi ot va sifatning bog'lanishi boshqa 
turdagi aniqlanuvchi + aniqlanmish valentligiga ega, 
chuqur o'rganmokdalar
birikmasi holat ravishi va fe'lning bog'lanishi bilan ifodalangan. Nihoyat, bu 
gapdagi so'zlarning bog'lanishi uch turli valentlik bilan ifodalangan. Bu 
bog'lanishlarni boshqa bir tushuncha bevosita bo'laklarga bo'lish metodi bilan 
tahlil qilamiz. Undagi 
talabalar 
chuqur o'rganmoqdalar va xorijiy 
tillarni
ikkita 


- 123 - 
bevosita bo'laklarni tashkil etadi. O'z navbatida boshqa bevosita bo'laklar 
Talabalar o'rganmoqdalar, chuqur
va 
xorijiy
tillarni
bo'lishi mumkin. Ulardan 
birinchisini N+V (ot + fe'l), ikkinchisini Adj + N (sifat + ot) ravish (Adv) 
shaklida ko'rsatish mumkin. Odatda gapning tarkibida taksonomik va funksional 
birliklar farqlanadi. Taksonomik birliklar gapning tarkibida ishtirok etgan 
barcha so'zlardan iborat. Funksional birliklar shunday taksonomik birliklar yoki 
ularning birikmasiga to'g'ri keladiki, ular gapda aniq sintaktik funksiya bajara 
oladi. Masalan, 
maktabga bordi
gapida (u, maktabga, bordi) taksonomik 
birliklar bo'lsa, (u, maktab + ga, bor + di) funksional birliklardir. 
Sintaktik funksiya gap yoki so'z birikmasining tarkibiga kirgan birlikning 
bajarayotgan vazifasini izohlaydi. Masalan, 
Turnalar baland uchmoqda
gapida 
Turnalar – ega, 
uchmoqda
– kesim, 
baland
– hol vazifasini bajaradi va gapning 
a'zolari hisoblanadi. Gapning a'zolari funksional birliklar bo'lib, ularni 
grammatik tahlil qilish turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Gapdagi 
yoki 
konstruksiyadagi 
so'zlarning 
o'zaro 
aloqasini 
muvofiqlashtirib
(koordinatsiya) turish sodda yoki ancha murakkab bo'lishi mumkin. Eng sodda 
konstruksiya N + V, yani Ahmad keldi (ot + fe'l) shaklida bo'lsa, boshqa turli 
konstruksiyalar ancha murakkab shakldadir. Bir konstruksiyani boshqasiga 
aylantirish 

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish