O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/192
Sana18.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#453343
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   192
ko'chma ma'no 
deyiladi. Masalan: U – tulki ("ayyor 
odam" ma'nosida). Erkin – xo'roz ("mard odam" ma'nosida). Bu o'rinda tulki va 


- 79 - 
xo'roz so'zlari "ayyor odam", "mard odam" ma'nolarida qo'llansada, ularning 
to'g'ri ma'nolari ham ko'zda tutiladi. 
So'zlarning ko'p ma'noli bo'lish xususiyati 
polisemiya
(
poly
– ko'p, 
sema
– 
ma'no) deyiladi. Dum so'zi biror jonivor yoki hayvon organizmining bir qismi si-
fatida to'g'ri ma'noda ishlatiladi. Biroq dum so'zi "ikki baho" ma'nosida ishlatil-
ganda 2
 
raqamining yozuvdagi "dumi" nazarda tutiladi. Dum so'zi ota-onasiga 
ergashib yuruvchi bola ma'nosida ham ishlatiladi. Binobarin, dum so'zi ko'p 
ma'noli hisoblanadi. Ba'zan so'z birikmalarida ishtirok etgan so'z o'zining to'g'ri 
ma'nosida, ikkinchisi esa ko'chma ma'noda qo'llanadi. Masalan, tosh yurak so'z 
birikmasida yurak to'g'ri ma'noda, tosh so'zi esa ko'chma ma'noda ishlatilgan. Bir-
oq bu so'z birikmasi bir butun holda (tosh yurak) ko'chma ma'noli deb hisobla-
nadi. Chunki uni tashkil etgan so'zlarni uzib olish ma'noga putur yetkazadi. 
Bunday o'rinlarda so'zlarning birikuvi (valentligi) katta ahamiyatga ega. Demak, 
so'zlarning leksik ma'nosini shakllantirishda ularning grammatik xususiyatlari 
xizmat qiladi. Ko'chma ma'noda qo'llangan so'z ko'pincha boshqa "semantik 
maydon"ga o'tadi. Yuqoridagi misollarda bu yaqqol ko'rinadi. Ko'p ma'noli so'z-
ning har bir ma'nosi boshqa so'zlarning ma'nolari bilan aloqaga kiradi. So'zlar bir-
biriga o'xshashligi, yaqinligi va nutq situatsiyasida (kontekstda) ishlatilishiga 
ko'ra ma'nolarini o'zgartirishi mumkin. So'zning ko'chma ma'nolarda ishlatilishi 
barcha tillar uchun xosdir. So'z ma'nosining ko'chish usuli to'rt xil bo'ladi: metafora, 
metonimiya, sinekdoxa, funksional ko'chish. 
Bir narsa nomining ikkinchi narsaga shakl, rang va boshqa biror jihatdan 
o'xshashligi asosida ko'chirilishi metafora (grekcha 
methaphora
– "ko'chma 
nom, ko'chirish") deb ataladi: sovuq qarash, istarasi issiq, ... o'zi pok, ham so'zi 
pok (Uyg'un, I. Sulton) kabi. Tulki, xo'roz, dum so'zlari ma'nolarining ko'chishi 
ham (yuqorida izohlangan) metaforik usuldir. 
So'zlar asli nomlar hisoblanadi. Ko'chma ma'nolar so'zning mana shu 
ma'nosi negizida paydo bo'ladi. Bir xil narsa yoki hodisani ifodalayotgan so'z 
boshqa xil narsa yoki hodisa ifodasi uchun qo'llana boshlaydi. 


- 80 - 
Bir narsa nomining ikkinchisiga ko'chirilishi ular o'rtasidagi haqiqiy 
aloqaning mavjudligiga asoslansa, u metonimiya (grekcha 
metonimia
– "qayta 
nomlash") deyiladi. Masalan, ikki piyola ichdi ("choy ichdi" ma'nosida), Ler-
montovni o'qidim ("Lermontov asarlarini o'qidim" ma'nosida). Kelgusi 
uchrashuvga atlas kiy, atlas (Yu.Shomansur) "atlas kóylak" ma'nosida ishlatil-
gan). Inglizcha 
iron
– dazmol so'zi temir so'zidan 
glass
– stakan so'zi shisha 
so'zidan olingan metonimiyalardir. Ba'zan ixtirochining nomi yoki biror joyning 
nomi ham narsaga ko'chirilishi mumkin. Masalan, ford, dizel, volt, gers, lavsan 
(uni kashf etgan laboratoriyaning nomi), boston, shotlandka kabi. 
Bir butun narsani uning biror qismi bilan atash yoki qism nomini butun 
uchun qo'llash keng tarqalgan. Bu hodisa sinekdoxa (grekcha 
synekdoche
– 
"odatdagi tushunish" ma'nosida) deyiladi: Besh qo'lingni og'zingga tiqma. 
Uzoqdan kalla (laqab) ko'rindi gaplarida qo'l (butun) barmoq (qism) ma'nosini; 
kalla (qism) kishi (butun) ma'nosini ifoda etayapti. Oqsoqol (qism) so'zining 
erkak kishi, tuyoq, bosh qism) so'zlarining mol, qo'y, echki (butun) ma'nolarida 
qo'llanishi ham sinekdoxaga misol bo'ladi. Sinekdoxa hodisasi ko'proq o'simlik 
va sabzavot nomlarida uchraydi: shaftoli so'zi daraxtni ham, uning mevasini 
ham bildiradi. Olma, o'rik, gilos, yong'oq, qovun kabi so'zlar ham shu 
xususiyatga ega. 
Ma'noning funksional ko'chishi narsalarning bajaradigan vazifasining 
o'xshashligi, yaqinligiga asoslanadi. Qadimda xatni g'oz pati bilan yozar edilar. 
Keyinchalik po'lat qalamlar vujudga keldi. G'oz pati vazifasini bajara boshlagan 
bu qalamlar pero deb atala boshlandi. O'zbekcha siyoh, o'q so'zlarining 
ma'nosidagi o'zgarish ham shu usulda yuz bergan. Ilgari xat qora suyuqlik bilan 
yozilar va bu modda siyoh deb atalgan. Hozir esa qizil, ko'k va boshqa rangdagi 
siyohlar ma'nosida qo'llanadi. Ilgari o'q so'zi yoyning o'qi ma'nosida ishlatilgan. 
Hozir esa miltiq o'qi, pulemyot o'qi, avtomat o'qi, to'p o'qi ma'nolarida qo'lla-
nadi. 


- 81 - 
So'z ma'nolarining kengayishi yoki torayishi ham so'zlarning semantik 
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Masalan, o'zbek tilidagi yasatmoq fe'li 
odamni, ko'chani, binoni, uyni, xonani yasatmoq kabi keng ma'nolarda ishlati-
ladi. Yurak so'zi kishi a'zosining biri ma'nosidan tashqari – keng ma'no – ko'krak 
qafasi ma'nosida ham qo'llanadi. Mashina so'zi avtomobil ma'nosida, osh so'zi 
palov ma'nosida qo'llanganda, ularning ma'nolari torayadi. 

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish