O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   227
Bog'liq
Rasulov

– 
sinapslar
53
orqali aloqada bo‘ladilar. Har bir neyronda muntazam ravishda 
almashinuv jarayonlari ro‘y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to‘plangan 
holda o‘tkazilib turiladi.
53
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 4 


120 
Neyron – o‘ziga xos hujayra bo‘lib, o‘simtalari bo‘ladi: uzun o‘simtalari 
aksonlar
54
, kalta sertarmoq o‘simtalar – 
dendritlar
55
deb ataladi. Neyron tanasining 
o‘rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 
mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik 
zaxirasini joylaydiva natijada, ko‘p miqdorda ortiqcha neyronlar
56
hosil bo‘ladi. 
Ularning taxminan 70 foizi bolaning tug‘ilish davrigacha nobud bo‘ladi va bu 
jarayon tug‘ilgandan so‘ng hamumrining oxirigacha davom etadi. Hujayralarning 
bunday nobud bo‘lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo‘ladi. 
Neyronlar o‘ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud 
bo‘lgan asab hujayralarining funksiyalari ularning o‘z yashovchanligini saqlab 
qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o‘lchamlari kattalashgani 
hisobiga yo‘qotilgan funksiyalarning o‘rni to‘ldiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh 
miyadagi neyronlarning 90 foizga yaqini nobud bo‘lmagunicha, kasallik belgilari 
namoyon bo‘lmay, inson sog‘lom ko‘rinishini saqlab qolar ekan. YA’nibitta tirik 
asab hujayrasi to‘qqizta nobud bo‘lgan hujayralarning o‘rnini bosishi mumkin 
ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq 
holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zaxiradagi yana bir 
yo‘li – voyaga etgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab 
hujayralarining hosil bo‘lishiyoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab 
hujayralari bo‘linmaydigan bo‘lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo‘ladi? Ular 
voyaga etgan organizmning o‘zak hujayralaridan hosil bo‘ladi.
Nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo‘lib refleks hisoblanadi. Refleks – 
organizmning markaziy asab tizimidan beriladigan va u orqali nazorat qilinadigan 
ta’sirga javob reaksiyasi. «Refleks» atamasi ilk bora 17 asrda fiziologiyaga 
fransiyalik olim Rene Dekart tomonidan kiritilgan. Ammo bu atama psixik 
faoliyatni tushuntirib berish uchun 1863 yildagina I.M.Sechenov tomonidan 
54
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3 
55
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3 
56
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3 


121 
qo‘llanilgan edi. I.M.Sechenov ta’limotini rivojlantirgan holda, I.P.Pavlov 
tajribada refleksning o‘z funksiyalarini bajarish xususiyatlarini tadqiq etdi.
Barcha reflekslar ikki guruhga ajratiladi: shartli va shartsiz. SHartsiz 
reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va 
shunga o‘xshashlar)ga nisbatan tug‘ma reaksiyasi. Ularning paydo bo‘lishi u yoki 
bu sharoitlarni talab etmaydi, masalan, ko‘zni pirpiratish, ozuqani ko‘rganda so‘lak 
ajratish reflekslari va boshqalar. SHartsiz reflekslar organizmning tayyor tabiiy 
zaxiradagi javob reaksiyalaridir. Ular ma’lum hayvon turining evolyusiya 
davomida rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. SHartsiz reflekslar bir turga 
mansub bo‘lgan organizmlarda bir xilda bo‘ladi – bu tabiiy tuyg‘ularning 
fiziologik mexanizmi. Ammo yuqori tuzilgan hayvonlar va insonlarda tug‘ma 
reaksiyalardan tashqari, ushbu organizm shaxsiy hayotiy faoliyatida orttirgan 
reaksiyalar, ya’ni shartli reflekslar ham o‘rin tutadi.
SHartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug‘ma 
bo‘lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Ular ko‘p marotaba takrorlanishlar 
yoki qat’iy odatlarning shakllanishi sababidan paydo bo‘ladi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish