O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Internet resurslari 
 
12.
 
http://textshare.tsx.org 
13.
 
http://www.mgimo.ru/fileserver/ 
14.
 
http://www.ssu.runnet.ru/... 
15.
 
http://www.philol.msu.ru/~rlc2001/ru/sch_14.htm 
16.
 
http://www.voppsy.ru 
17.
http://flogiston.ru/arch 
18.
 
http://psychol.ras.ru 
19.
http://psyberia.ru 
 


85 
Nazorat savollari 
1.
Insonda aks ettirish shakllari 
2.
Ong vujudga kelishi 
3.
Ongni tarixiy jihatdan rivojlanishi 
4.
Individual ong 
5.
Jamoaviy ong 
 
 
 
 
 
 
 


86 
6-BOB. PSIXIK JARAYONLARNI SHAKLLANISHIDA TILNING 
AHAMIYATI 
Reja: 
1. Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi 
2. Nutqfunksiyasi 
3. Psixik jarayonlarning shakllanishida tilning ahamiyati
.
Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi 
Inson mehnat qurollarini ishlatish natijasida faoliyatga munosabatning 
boshqa shakllari vujudga kela boshlaydi. Inson biologik motivlarni boshqarishni 
o‘rganadi, insonnning maqsadlari murakkab xarakterga ega bo‘la boshlaydi. Ular 
mehnat qurollarini avval toshlardan ishlatgan bo‘lsalar, keyinroq mustaqil ravishda 
mehnat qurollarini ishlab chiqara boshlaganlar. Ibtidoiy jamoadagi mehnat 
taqsimoti ham ularni ijtimoiy hayotga qadam qo‘yganligidan dalolat beradi.
37
Agar 
ayol olovni asrash funksiyasini bajarsa, erkaklar ov qilish funksiyasini amalga 
oshirishgan. Jamoa bo‘lib qilishda mehnat taqsimotlari ham shakllangan, agar bir 
odam bir funksiyani bajarsa, ikkinchisi boshqa funksiyani bajargan. Ibtidoiy jamoa 
tuzimidagi insonlarning xatti-harakatlari anglanmagan tarzda amalga oshirilgan, bu 
hayvonlarning xatti-harakatida kuzatilgan holatlar sirasiga kiradi. SHundan kelib 
chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, murakkab ongli faoliyat bu ijtimoiy 
muhit rivojlanishining maxsulidir.
38
Inson nutqi hayvonlar nutqidan tubdan farqlanadi. Hayvonlarda ham bir-
birlari bilan ma’lumot almashinish mavjud. Bu asosan gala bo‘lib yashaydigan 
hayvonlarning faoliyatida kuzatilishi mumkin. Masalan, turnalar galasida, gala 
sardori xavfni ko‘rsa turnalarni ogohlantiradi,maymunlarda ham shu holatni 
kuzatishimiz mumkin. Maymunlarda 30-40 tagacha tovushni ajratish xususiyati 
mavjud bo‘lib ular turli vaziyatlarda turlicha tovush chiqaradilar. Hattoki arilarda 
ham so‘zlashuv uslubi mavjud ekan. Ular asallarni topishda shu signallar tizimidan 
37
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 
38
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 


87 
foydalanishadi. Lekin shuni aytish joizki hayvonlarning tili insonlarnikidan tubdan 
farqlanadi. Insonlarning tilida sifat va munosabatlar mavjud. Masalan, «oyna» 
so‘zi otni anglatsa, «sariq» so‘zi sifatni anglatadi. Bu funksiya nemislarda 
predmetlarni aniqlash funutsiyasi deb nomlanadi, bu holatni hayvonlarda kuzatish 
mumkin emas. 
Inson va hayvon tillari bir-biridan tubdan farqlanadi. Turnalar havf mavjud 
bo‘lgan vaziyatda chiqargan ovozlari buyum yoki narsalarni anglatmaydi, u 
affektiv holatni anglatishi mumkin. Turnalar havotirlanadilar va shu havotir 
ularning ovozlarida aks etadi, bu holat esa boshqa turnalarga yuqadi. 
Maymunlar ham havotirni his qilishadi va kerakli tovushni chiqara 
boshlashadi. Maymunlardagi tovushlar turli-tumandir, ular turli holatlarini aks 
ettirishlari mumkin. Masalan, qoniqish, havotir, ochlik, xotirjamlik. Biroq bu 
tovushlarning barchasi emotsional holatlarni aks ettiradi. Maymunlarda 
predmetlarni anglatishga qaratilgan xatti-harakatlar samarasiz yakunlangan. 
Ularda predmetlarni ko‘rsatish holatlari kuzatilmaydi. Hayvonlarning tili sodda 
tilligicha qolgan, ular faqat holatlarni aks ettirishlari mumkin ekan. 
Insonning nutqi bir qator qonuniyatlariga egadir. Agar hayvonlarning nutqi 
ma’lum bir emotsional holatlarni anglatsa, inson nutqi predmetlarni anglatadi. 
Nazariy jihatdan nutqning paydo bo‘lishi turli xil afsona va nazariyalarni keltirib 
chiqargan. Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra nutq bu maxsus in’om sifatida 
insonga berilgan eng katta ne’matdir. Boshqa olimlarning fikriga ko‘ra esa 
nutqning paydo bo‘lishi, hayvonlarning instinktiga borib taqalar ekan. Bu tovushga 
taqlid nazariyasi deb nomlangan. Hamma nutq shakllari taqlid sifatida vujudga 
kelganmi, yoki yo‘qmi, degan savollar ham paydo bo‘lgan. 
Puare tomonidan nutqning paydo bo‘lishiga doir nazariya ishlab chiqilgan. 
Bu quyidagicha ko‘rinishga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilish jarayonida bir-
biriga bir nima deyishni ob’ektiv ehtiyoji paydo bo‘lgan. Jamoa bo‘lib mehnat 
qilgan paylarda bir nima deyish ehtiyoji eng kerakli ehtiyojlardan biri hisoblanadi. 
Bu holat boshida xatti-harakatlar va tovushlar bilan aks etgan, so‘ngra bular 
predmet nomlariga aylangan, bu xatti-harakatlar faqat kishilarning mehnat qilish 


88 
jarayonida ko‘ringan, boshqa faoliyatda ko‘rinmagan. So‘zlar avval mehnat 
jarayonida paydo bo‘lgan, so‘ngra ular predmetlar bilan birgalikda qo‘llanilgan, bu 
holatlar mehnat jarayonlaridan keyin ham qo‘llana boshlagan. Bu oddiy diffuz 
nutq deb nomlangan, shu diffuz nutq tilning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat 
qilgan. Asta-sekinlik bilan mehnat jarayonida vujudga kelgan so‘zlar, tovushlar va 
jestlar, faoliyatdan ajrala boshlagan, mehnat bilan aloqasini asta-sekinlik bilan 
yo‘qota borgan va mustaqillikka erishgan.
Shu tariqa nutqning leksik kodi rivojlangan. Til kodlar tizimi hisoblanadi, 
ular orqali insonlar bir-birlari bilan muloqot qiladilar. Nutqning asosi so‘zlar 
hisoblanadi. Ular predmetlarni va faoliyatlarni anglatishi mumkin. So‘zning 
psixologik tuzilishi quyidagilardan iborat. Birinchisi: predmet va funksiyalarni 
o‘rnini almashtiradi. Har bir so‘z ma’lum bir predmetni anglatadi. Masalan, yosh 
bolada tajriba o‘tkazilgan, bola qo‘ng‘iroq chalinganda rezinali nonni bosishi talab 
qilingan. So‘ngra shuning rasmi bilan qo‘ng‘iroqni bosishgan, bolada shartli 
refleks paydo bo‘lgan, shundan so‘ng rasm so‘zga almashtirilgan, bolada shartli 
refleks so‘zga nisbatan ham paydo bo‘lgan. Bu Ivanov-Smolenskiy tajribasi 
hisoblanadi. Bundan tashqari Pavlovning shogirdi professor Dolinin tomonidan 
tajriba o‘tkazilgan. Markosa ham shunga doir bir qator tajribalar o‘tkazgan. 
Nutqiy faoliyatlar asta-sekinlik bilanmehnat faoliyatidan ajralgan holda 
mustaqil bo‘la boshlagan. 
Sintagma, ibora yoki gaplar nafaqat buyumlarni aks ettiradi, balki tayyor 
voqealarni ham ko‘rsatadi. Sintagma yoki gapning ikki xil ko‘rinishi farqlash 
mumkin. Voqealar kommutatsiyasi va munosabatlar kommutatsiyasi. Voqealar 
kommutatsiyasi uy yonmoqda, daraxt yiqildi, bola yig‘layapti kabi so‘zlarda aks 
etadi. Voqealar kommutatsiyasi bu asosiy va oson iboralar funksiyasidir, 
munosabatlar kommutatsiyasi esabu murakkab funksiyalar hisoblanadi. 
Munosabatlar kommutatsiyasini rasmlar bilan ifoda qilish qiyin kechadi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish