O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Shaxs filogenezi va ontogenezi 
«Shaxs shakllanishi» tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1) shaxs 
shakllanishi uning rivojlanishi, jarayoni va natijasi sifatida. Shaxs shakllanishi 
tushunchasining xuddi shu ma’noda qo‘llanilishi psixologik o‘rganish predmeti 
bo‘lib hisoblanadi, uning funksiyasiga esa 
mavjud bo‘lganlarni 
(mavjud, tajribada 
ma’lum bo‘ladigan) va rivojlanayotgan shaxsda maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy 
ta’sirlar sharoitida 
mavjud bo‘lishi mumkinlarni 
aniqlash kiradi. Bu shaxs 
shakllanishini o‘rganishga 
psixologik yondashuv
dir; 2) shaxs shakllanishi 
maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya sifatida. Bu shaxs shakllanishiga doir masalalarni 
va usullarni hal etishga bo‘lgan 
pedagogik yondashuv
. Pedagogik yondashuv 
jamiyatning ijtimoiy talablariga mos kelishi uchun shaxsda 
shakllanishi kerak 
bo‘lganlarni aniqlashtirish zarurligini belgilaydi.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, unga aylanadi. SHaxs taraqqiyoti 
bo‘ysunadigan qonunlarga doir turli nuqtai nazarlar mavjud. Turli xil 
shaxsnazariyalari ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning har birida shaxs taraqqiyoti 
muammosi o‘ziga xos holatda ko‘rib chiqiladi. Psixologik tahlil nazariyasi 
rivojlanishni insonning biologik tabiatini jamiyatdagi hayotga moslashuvi, insonda 
ehtiyojlarni qondirishning ma’lum himoya mexanizmlari va usullarining 
ishlanmasi sifatida tushuntiradi. Xislatlar nazariyasiga ko‘rashaxs xususiyatlari 
hayot davomida shakllanadi, ularning hosil bo‘lish, o‘zgarish va barqarorlashish 
jarayonlari nobiologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ta’limot nazariyasiga 
ko‘rashaxs taraqqiyoti jarayoni odamlar o‘zaro ta’sirlashuvi ma’lum usullarining 


65 
shakllanishi sifatida o‘rganiladi. Umuminsoniy va boshqa noyob hodisalar bilan 
bog‘liq nazariyalar «Men»ning vujudga kelish jarayoni sifatida tushuntiradilar. 
SHaxs taraqqiyoti uning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi jarayonida sodir bo‘ladi. 
Mavjudligining birinchi kunlaridan boshlaboq, inson o‘ziga o‘xshaganlar 
qurshovida bo‘ladi, turli xil ijtimoiy munosabatlar va o‘zaro harakatlarda 
qatnashadi. Birinchi ijtimoiy tajribani oilasi sharoitida orttiradi, so‘ngra turli 
jamoalar sharoitida shaxsining ajralmas qismiga aylangan sub’ektiv tajribani 
to‘plab boradi. Bu jarayon, shuningdek, individ tomonidan ijtimoiy tajribaning faol 
tarzda ishlab chiqarilishi 
ijtimoiylashuv 
jarayoni deb ataladi.
B.G.Ananev konsepsiyasiga ko‘ra, ijtimoiylashuv jarayoni insonning shaxs 
sifatida va faoliyat sub’ekti sifatida bunyodga kelishini ikki yo‘nalishli jarayon 
sifatida 
ko‘rib chiqiladi. Bunday ijtimoiylashuvning yakuniy maqsadi 
individuallikning shakllanishidan iborat bo‘ladi. Individuallashtirish deganda aniq 
shaxsning rivojlanish jarayoni tushuniladi.
Ijtimoiylashuv bilan birgalikda yana bir jarayon – 
madaniylashuv
xam 
amalga oshiriladi. Agar ijtimoiylashuv – bu ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish bo‘lsa, 
madaniylashuv – bu individning umuminsoniy madaniyat va turli davrlardagi 
inson faoliyatining moddiy va ma’naviy qadriyatlari jamlangan tarixiy tarkib 
topgan faoliyat usullarini o‘zlashtirishdan iborat.
Shaxs taraqqiyoti muammosining u yoki bu nazariya nuqtai nazaridan ko‘rib 
chiqishdan 
tashqari, 
shaxsni 
turli 
yondashuvlar 
nuqtai 
nazaridan 
integratsiyalashtirilgan holda, yaxlitligicha ko‘rib chiqish g‘oyasi ham mavjud. 
SHu asosda, shaxs barcha xislatlarining kelishilgan holda, tizimli shakllanishi va 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarini e’tiboriga qabul qiluvchi bir qancha 
konsepsiyalar 
shakllandi. 
Ushbu 
taraqqiyot 
konsepsiyalari 
integratsiya 
konsepsiyalariga kiradi.
Shunday konsepsiyalardan biri amerikalik psixolog olim E.Erikson 
tomonidan ishlab chiqilgan nazariya hisoblanadi, u taraqqiyotga nisbatan o‘z 
qarashlarida e

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish