Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi
(amerikalik psixolog E.Bern va nemis
psixologi K.Levin). Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda ma’lum, o‘ziga
xos bo‘lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu rollar
ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo‘lib hisoblanadi.
Bunday nazariyaning ma’lum bo‘lgan turlaridan biri amerikalik psixolog
erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, odam boshqa
rollardan ko‘proq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, ota-ona roli va
katta odam roli.
Bola roli katta odamning o‘zini boladek his etishda davom etishida va bola
sifatida tutishida namoyon bo‘ladi (mas’uliyatsiz, xarxasha qiladi, arazlaydi,
e’tibor va g‘amxo‘rlik talab etadi va h.). Ota-ona roli odamning boshqalar uchun
mas’uliyatni, ularga g‘amxo‘rlikni o‘z elkasiga olishida, boshqalarga o‘rgatishi,
jazolashi, talab qilishida va hokazolarda namoyon bo‘ladi.
Ota-ona roli – o‘zinikatta odamlar haqiqatdao‘zlarini bir-birlariga nisbatan
qanday tutishlari lozim bo‘lsa, shunday tutishlaridan iborat. Har kimning shaxsiy
27
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р 411
58
erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan oladilar, ishonadilar,
qo‘llaydilar va b.
Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan tasvirlash
tamoyillarini qo‘llagan holda, K.Levin
28
individ va muhit o‘rtasidagi mutanosiblik
buzilgan holatdagi xulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini ishlab chiqdi.
K.Levin konsepsiyasida boshlang‘ich holat sifatida individning «hayotiy
makoni» ichida ma’lum yo‘nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega bo‘lgan, uning
psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va b.) hosil bo‘ladigan va o‘zgaradigan
yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. «Maydon»ning bir xil hududlari individni
tortadi, boshqalari itaradi. Ob’ektlarning bu sifati xulq-atvor «maydon» kuchlari
bilan harakatlanadigan xulq-atvorning motivatsiyali tuzilishini xarakterlovchi
valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi. Valentlik shaxs va uning maqsadlari,
yo‘ldagi to‘siqlar va hokazolar jamlangan psixologik «makonni» o‘z ichiga
oluvchi yaxlit vaziyatning funksiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik
yo‘nalishlar ham mavjud. Bunday yo‘nalishlardan biri bo‘lib, gumanistik
psixologiya hisoblanadi. Gumanistik yo‘nalish psixologlari uchun shaxs faqat
atrofdagi voqelikka emas, balkishaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan psixologik
hosiladir. Gumanistik psixologiyaning vakillari K.Rodjers va A.Masloudirlar.
Terapiyadagi o‘zining metodini K.Rodjers nodirektiv, ya’nibemorda
jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim
o‘tkazishi kerak emas. SHifokor va bemor o‘rtasidagi aloqa bir-biriga nisbatan
hurmatga asoslangan bo‘lishi kerak, bunda ularning ikkisi ham suhbat yoki
aloqaning teng huquqli ishtirokchisi bo‘lib hisoblanadilar. Terapevtning funksiyasi
shifokorning bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida namoyon bo‘lishi va uning
ichki olamiga e’tiborli bo‘lgan vaziyatni yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda
mijoz barcha kechinmalari, hissiyotlari qiziqish va mamnuniyat bilan idrok
etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralarni ochishga, ba’zida esa u yoki bu
kechinmalar ma’nosini birinchi marta anglab etishga yordam beradi.
28
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р410
59
Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya g‘oyasi nodirektiv xulq-atvor
psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sog‘lom
odamlarning o‘zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo‘lishi kerak.
Rodjers
29
shaxs nazariyasining markaziy xalqasi –
Do'stlaringiz bilan baham: |