Xarakter tuzilishi va xususiyatlari
SHaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan
iborat emas, balki o‘zaro birqbiriga bog‘liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib
topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo‘lishlik notanishlarni
300
tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi
ma’lum bo‘lsa, uning dili (ko‘ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin yoki
inson kamtar, mo‘min, yuvosh xususiyatli bo‘lsa, albatta u ko‘ngilchan ekanligi
ko‘nglimizga keladi.
Odatda psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomokomplekslar
(omillar) deyiladi. «Simptom» yunoncha symptoma belgi, mos tushish,
«kompleks» latincha, aloqa, majmua degan ma’no anglatadi. Misol uchun, qarama-
qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu
tizim o‘ziga ishonish, o‘zidan mag‘rurlanish, maqtanchoqlik, o‘zbirarmonlik,
urishqoqlik, keksayishi kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi
shaxslar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi,
haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati
xarakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini bildiradi.
SHaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to‘rtta tizimga
ajratish qonuniy holatga aylangan:
1.
Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni
ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takaburlik va
boshqalar.
2.
Mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar:
mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, ma’suliyatlilik, mas’uliyasizlik kabilar.
3.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar6 ozodlik,
ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.
4.
SHaxsning o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: izzat-
nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takobirlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik,
samimiylik va boshqalar.
SHartli ravishda qabul qilingan «shaxs va atrof-muhitdagi insonlar»
simptomokompleksi
o‘z tarkibiga nafaqat boshqa shaxslarga nisbatan
munosabatlarni, balki o‘ziga qaratilgan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi
xislatlar ham kiradi, chunonchi, o‘ziga ishonch, o‘z birarmonlik, o‘ziga bino
qo‘yish, maqtanchoqlik yoki aksincha xususiyatlar shular jumlasidandir. SHunday
301
qilib, "«axs va atrof-muhitdagi insonlar"»degan shartli nom berilgan xislatlar
tizimi o‘zga kishilarga, jamoa (guruh) a’zolariga va o‘ziga nisbatan munosabatlarni
ifodalovchi xususiyatlarni irlashtiradi. Turlicha munosabatlar o‘zaro bir-biriga
bog‘langan tarzda muayyan tizimni tashkil qiladi, natijada «Men-Biz» munosabati
o‘zaro o‘rin almashtirib turadi, ya’ni o‘ziga qaratilgan munosabat guruhiy
xususiyat kasb etadi.
SHuning uchun shaxsning turlicha munosabatlari o‘zaro bog‘liqligi uning
xarakteri tuzilishi xususiyatlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Umumiy va xususiy
munosabatlar xarakter xislatlari bilan birlashgan holda muayyan ahamiyat kasb
etadi. Xuddi shu boisdan insonning xarakteri nisbatan butun, yaxlit xususiyatga
ega. SHaxs munosabatlarining kelib chiqishiga asoslanib, ular markaziy (asosiy0
va ularga tobe, hosilaviy munosabatlarga ajratiladi. SHaxsning markaziy (asosiy)
munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanganligi tufayli, bunday
munosabatlar hamisha ijtimoiy-tipik xususiyatga egadir. Masalan, ijobiy hislatlar
mujassamlashgan shaxsning asosiy munosabatlari o‘zga odamlarga, jamoa
(guruh)ga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. SHunday qilib, xarakter
xislatlarining individual o‘ziga xosligi, betakrorligiga qaramay, uning negizi
tuzilishida hamma vaqt shaxsning ijtimoiy-tipik markaziy (asosiy) munosabatlari
yotadi.
Xarakterning tuzilishi qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda muhim
tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlarining ba’zi nuqsonlarini
(qo‘pollik va yolg‘onchilikni) bartaraf qilish, uning ijobiy xususiyatlarini
(xushfe’llik va haqqoniylikni) shakllantirish muddaosi rejalashtirilgan dasturda
amalga oshirib bo‘lmaydi. CHunki insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib
toptirmay turib, illatga qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz. SHu
narsa ma’lumki, shaxsda o‘zaro bir-biriga bog‘liq xususiyatlarning yaxlit bir
tizimini mazkur toptirish mumkin, xolos. Mazkur jarayonda xususiyatlar tizimini
shakllantirishning muhim shartlaridan biri-bu shaxsning markaziy (asosiy)
munosabatlarini tarkib toptirishdan iboratdir.
302
SHaxs xarakterining yaxlitligi bus-butunligi mutloq narsa emas, albatta,
chunki insonning asosiy munosabatlaridan biri boshqa barcha munosabatlarni to‘la
belgilay olgandagina xarakter mutloq xususiyat kasb etadi. Lekin shaxsning
munosabatlari ijtimoiy munosabatlarining aks ettirilishidan iboratligi tufayli uning
munosabatlari bilan xarakter xislatlari o‘rtasida ziddiyat hukm suradi. Bundan
xulosaga kelgan holda shaxsning xarakteri nisbiy jihatdan yaxlitdirdeyishiimz
mumkin, biroq uning bir butunligi ham individual, o‘zigi xos xususiyatga egadir.
YAxlitlik nuqtai nazaridan qaraganda, turli qarama-qarshi xususiyatli shaxslar
qarshiliklar oqibatida harakatlarda va inson hulqida shunday holat hosil bo‘ladi va
ijtimoiy-ahloqiy me’yorlarni buzishini yuzaga keltiradi. Bunday vaziyatlarda
harakatdagi kamchiliklar bilan kurashishning asosiy yo‘li –bi shaxs xarakteridagi
qarama-qarshiliklarni engishga o‘rganishdir.
Xarakterning tuzilishi ba’zi xislatlarining o‘zaro bog‘liqligi bilan emas,
balki uning yaxlitligiga mutanosib xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Xarakter
tuzilishining qatoriga ularning chuqurlik darajasi kiradi va shaxsning asosiy
munosabatlari bilan belgilanadi. Insonning boshqa odamlarga, jamoaga, mehnatga
nisbatan fidoiy munosabatda bo‘lishida belgilanuvchi xususiyatlar chuqurroq
xususiyatlar deyladi. Mazkur mezonga qarab shaxslarning farqlanishini yuzaki
tasavvur
qilmaslik
kerak,
chunki
insonga
beriladigan
tavsifnoma
simtomokomplekslarni ta’kidlab o‘tishi bilan cheklanmasligi lozim. Aks holda
shaxsning
psixologik
qiyofasining
tavsifnomasi:
birinchidan,
simtomokomplekslarni chuqurroq joylashtirishni, ikkinchidan, muayyan darajada
chuqurroq mujasamlashtirishni, uchunchidan, bir oz yuzakiroq tizimni ajratishni
taqozo qiladi.
Xarakter tuzilishi xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarakter kuchi
kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga
ajratiladi. SHuningdek, xarakter tuzilishi xususiyatlari tarkibiga- uning barqarorlik
va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgandir. Xarakterning barqarorligi ham,
o‘zgaruvchanligi ham moslashishi faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi.
SHaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida, qarshilik qiluvchi
303
vaziyatga uchrashiga qaramay, uning xatti-haraktlarini boshqaradi. SHu boisdan
inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi vaziyatni uning
shaxssan o‘zi yaratadi, shuningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdaga zaruriy sharoitlaridan biri- bu
xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakterning plastikligi ikki xil
ma’no kasb etadi. Xarakterning plastikligi uning barqarorligi singari muhitga faol
ta’sir o‘tkazishning shartlaridan hisoblanadi. Ish-amallari maqsadga muvofiq va
foydali kechishi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim.
Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishining zaruriy sharti
sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o‘ziga xos individual xususiyatga
ega bo‘lib, uni tuzilishining xislati sifatida mujassamlashadi.
Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga
boqliqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlarining mazmuni bilan
belgilanadi. Biroq ular munosabatlar mazmuniga bog‘liqligiga qaramay, ba’zan
yuzaki xususiyatga ham ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |