O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Insonning hayot yo‘li va hayot tarzi



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Insonning hayot yo‘li va hayot tarzi 
Hayot davri yoki uning davomiyligi tug‘ilish va o‘lim orasidagi 
vaqtinchalik intervalni anglatadi. Hayot davomiyligi muhim sotsial va psixologik 
natijalarga ega: unga ko‘p holatlarda avlodlar yashash davomiyligi hamda 
bolalarning dastlabki ijtimoiylashu jarayonlari bog‘liqdir. SHunga qaramasdan, 
“hayot davri” formal tushuncha bo‘lib, shaxsning hayot mazmuniga bog‘liq 
bo‘lmay, individual mavjudligining xronologik doirasini anglatadi. 
Hayot sikli shuni taqazo qiladi-ki, hayot yo‘li ma’lum qonuniyatga 
bo‘ysunadi, uning bosqichlari (“hayot yoshi”, “hayot davrlari”) esa doimo o‘zgarib 
turadi. A.Adler hayot yo‘li tushunchasining o‘rniga hayot uslubi tushunchasini 
ishlatgan. Uning qarashicha, hayot uslubi insonning olamga va o‘z-o‘ziga 


288 
beradigan e’tibori bo‘lib, maqsadlari intilishlari tomon yo‘nalgan bo‘ladi. 
A.Adlerning fikricha, hayotdagi mohiyat shaxsning 4-5 yoshlarida anglab bo‘lmas 
hissiyotlar orqali erishiladi. 5 yoshlarning oxiriga borganda, bola turli muammo va 
vazifalarga nisbatan amalga oshiriladigan xaddi-harakat va shaxsiy uslubining 
namunasiga ega bo‘ladi
101
. Individual rivojlanishni tavsiflash uchun eng ko‘p 
qo‘llaniladigan zamonaviy ilmiy termin – bu 
“hayot yo‘li”
dir. Bu termin shaxs 
rivojlanish jarayonini bildirib, unda hayotiy jarayonlarni va shaxs shakllanishini 
boshqarish amalga oshadi. Oxirgi paytlarda hayot yo‘lini tizimli o‘rganish va 
biografik metod rivojlanish psixologiyasida muhim o‘rin egallagan. Zamonaviy fan 
rivojlanishdagi sifatiy siljishlar, sakrashlar hamda krizislar muammosiga katta 
e’tibor qaratmoqda. Modomiki, turli krizis davrlari va sotsial o‘zgarishlar – ba’zida 
kasallik holatlari – psixologik qayta tiklanish shaklida kechadi. SHunga ko‘ra, 
rivojlanish psixologiyasi “yosh krizislari yoki “rivojlanishning normativ krizislari” 
singari o‘ziga xos tushunchalar kiritgan. “Krizis” tushunchasi – muvozanat 
buzilish holati, yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, shaxs motivatsion sohasining 
qayta qurilishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Unga mos biologik hamda sotsial 
qonunlarni bilish, qaysi yosh davrida mazkur jamiyatdagi individ u yoki bu 
muammolar bilan to‘qnashishi, bu muammolar qanday qilib o‘zaro aloqador 
bo‘lishi, qaysi faktorlarga ko‘ra muammo davom etishi va u qanday echimlarga 
ega ekanligi bilish mumkin bo‘ladi. SHaxs hayotidagi hech bir psixofiziologik 
(masalan, jinsiy etilish) yoki sotsial-psixologik (masalan, maktabga chiqish yoki 
turmush qurish) hodisalar quyidagi omillarsiz kechmaydi: a) individning 
xronologik yoshi; b) individning tug‘ilish sanasi; s) tarixiy davr va kalendar sanasi. 
Ameriklik olimlar L.R.SHerrod va O.G.Brim insonning hayot yo‘li 
haqidagi tasavvurlarini quyidagi shaklda taqdim etishadi: 
1.
Rivojlanish jarayoni ham, uning natijasi ham plyuralistik hisoblanadi: u 
ikkalasi bir tomonlama bo‘lmay, yakuniy natija ham bir xil bo‘lmaydi. 
101
BoereeC. G. Alfred Adler/Personality Theories. Electronic textbook/PsychologyDepartment Shippensburg 
University. 1997. – p. 6 


289 
2.
Rivojlanish homila davridan to o‘limgacha davom etib, uning plastiklik va 
o‘zgarishga bo‘lgan qobiliyati butun hayoti davomida saqlanib qoladi. 
Rivojlanishning turli jarayonlari hayotning turli vaqtida boshlanishi, davom etishi 
va tugashi mumkin. Turli jabhalardagi rivojlanish albatta, o‘xshash traektoriya 
yoki qonuniyatga ega bo‘lishi shart emas
102

3.
Turli insonlardagi rivojlanish bir xilda kechmaydi. Individlararo farqlar 
o‘z ichiga jinsiy, sotsial-sinfiy va boshqa xususiyatlar kabi biosotsial jarayonlar 
differensiatsiyasini olishi mumkin. 
4.
Rivojlanish turli hayot faoliyati sohalari omillari tomonidan boshqarilishi 
va bu sohalar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin: ular bitta-yagona ta’sit tizimiga 
kirmaydi. Masalan, biologiya (rivojlanish etilishning sodda jarayoni emas) yoki 
muhit (rivojlanish tarbiya va ta’limning sodda jarayoni emas). 
Hayotiy jarayonlar va perspektivalarning tizimli talqini – bu hayotiy reja 
bo‘lib, u o‘zida hayot strategiyasini namoyon etadi. Hayotiy taktikalar jamlanmasi 
hayot ssenariysini yaratadi. Hayot yo‘lini yaratish jarayonini tushuntirishning ikki 
yondashuvi mavjud bo‘lib, ulardan biri rejalashtirish, ikkinchisi ssenariy talqinidir. 
Birinchi yondashuvni S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev va boshqa olimlar o‘z 
ishlarida ko‘rsatishgan bo‘lib, unga ko‘ra, shaxs ongli ravishda hayot jarayonini 
tanlaydi va boshqaradi. Bunda boladagi hayot yo‘li maqsadlari va tizimlari 
haqidagi qarashlarning shakllanishida ota-onaning roli muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. S.L.Rubinshteynning fikricha, “shaxs hayotga bo‘lgan munosabatini 
o‘zi belgilaydi”.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlari (A. Adler, K. Rodjers, 
E. Bern 
va b.) shaxs 
hayot rejasini va hayot ssenariysini ongsiz ravishda tanlaydi va bu jarayon bola 
umrining dastlabki yillarida sodir bo‘ladi deb hisoblashadi
103
. Ularning 
konsepsiyasiga ko‘ra, hayotiy reja shaxsiy hayot prognoz qilish va uni tasavvurlar 
va hissiyotlar orqali amalga oshirish sifatida ko‘riladi. Hayot ssenariysi esa shaxs 
102
Myers D. G. Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010. - Р. 224
103
Myers, D. G. Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010. - Р. 553-593.


290 
hayot bo‘shlig‘ini cheklovchi hamda tizimlashtiruvchi, sekin-astalik bilan 
kengayuvchi hayotiy reja hisoblanadi. Hayot ssenariysini tanlashga ta’sir qiluvchi 
omillar sifatida bolaning oilada tug‘ilish tartibi, ota-ona, buva va buvisining ta’siri 
(ularning xaddi-harakatlari, beradigan bahosi, emotsional qo‘lab-quvvatlashi yoki 
deprivatsiyasi va b.), bola tomonidan o‘z ismi va familiyasining qabul qilinishi, 
tasodifiy ekstremal holatlar va boshqalarni misol keltirish mumkin. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish