198
IKKINCHI BO‘LIM. SHAXS PSIXOLOGIYASI
1-BOB. SHAXS PSIXOLOGIYASINING METODOLOGIK PRINSIPLARI
Reja:
1.
SHaxs psixologiyasining predmeti
2.
SHaxsni izohlashdagi o‘ziga xosliklar.
3.
SHaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni o‘rganish
metodlari.
SHaxs psixologiyasining predmeti
SHaxs psixologiyasining predmetini tahlil qilishda qator masalalarni hal
qilish zarur. Zamonaviy psixologiyada shaxsni o‘rganishning eng muhim
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatilgan:
˗
shaxs
fenomenologiyasining
boyligi
inson
individual
xususiyatlarining xilma xilligini ifodalanishi(ustanovok, qirralari, ehtiyoelar,
emotsiyalar, qadriyatlar va boshq.) va bilish sohasini o‘rganish bilan bog‘liq;
˗
shaxs fanlararo o‘rganiladigan muammo bo‘lib, ushbu tushunchani
keng bilimlar sohasi tavsiflaydi. Uning alohida xususiyatlarini faqat psixologiya
emas, balki falsafa, tarix, sotsiologiya va boshqa fanlar o‘rganadi;
˗
tadqiqot yo‘nalishida shaxs bir xil nizomga ega emas, u ham tadqiqot
ob’ekti, ham tadqiqot sub’ekti bo‘lishi mumkin.
˗
shaxs psixologiyasi predmeti ijtimoiy aloqalar va munosabatlarda
namoyon bo‘lishi va shakllanishini shartlovchi, xatti-harakat va harakatlarini
belgilab beruvchi, ichki holatlari va psixik jarayonlarini tartibga soluvchi va
shartlovchisidir.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ
ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik)
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom (esi-hushi joyida)
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb
199
atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy
munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‘la oladi.
Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk
bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga
tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u
yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala,
muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli,
jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning
og‘ushida, ularning qalb to‘risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs
sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq
bo‘lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda
har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir
tanbeh berishning o‘zi kimgadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham
yuqmasligi uchraydi. SHunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi
qo‘zg‘atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘indisi bilan boyitilishi
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi.
SHaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning
individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy
psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga
xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar
yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil
shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning
birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan,
yaqin odamdan ayrilganligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab
bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning
mangulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. SHaxs o‘zining qadr-qimmati va
nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya
200
yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol,
betakror oliy zotdir.
SHaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‘liq degan nazariyaning
namoyandalari bo‘lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Fransiya,
Germaniya, SHvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning
tuzilishini o‘sha ikkita asosiy omillarga, ya’ni biologik va ijtimoiy (sotsial)
voqeliklarning
ta’siriga
bog‘liq
bo‘lgan
tuzilishining
mavjudligidan
manfaatdordirlar.
Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini xarakterlovchi ma’lum
mezonlar borki, uni o‘rganishda alohida fan yo‘nalishiga zarurat tug‘iladi. Bu esa
insonning ijtimoiy faolligini ta’minlovchi shaxs tushunchasi bilan xarakterlanadi.
SHaxs faol faoliyat sub’ekti bo‘lib, u hayotining barcha bosqichlarida shakllanib,
rivojlanib boradi.
SHaxsning qanday tarkib topishi uning yaxshi oila a’zosi yoki ota-ona
bo‘lishi, uning salomatligi ham hayotda egallaydigan karerasiga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
SHaxs hayotda o‘zining imkoniyati va tanlovlarini cheklashi yoki
kengaytirishi mumkin. U shaxsning boshqa insonlar bilan ma’lum tajribalar
almashuviga xalaqit berishi yoki boshqalar uchun ko‘proq xizmat qilishiga olib
keladi.
Hayotda shunday toifa insonlar uchraydiki, ular boshqalarni o‘ziga jalb eta
oladigan yoqimli va xushmuomala bo‘ladilar. Bunday insonlar bilan do‘stlashishi,
ular bilan do‘st, qo‘shni yoki hamkab bo‘lish xohishi paydo bo‘ladi.
Agar siz boshqaruvchi bo‘lsangiz, u holda uni xodim sifatda tanlagan
bo‘lardingiz. Agar siz biror bir hayotiy qarorni qabul qilishga harakat qilsangiz
munosabat o‘rnatayotgan kishingizni idrok etishingizga ko‘ra muomala o‘rnatasiz.
Siz biladigan shunday mashhur insonlar borki, ular bilan munosabat o‘rnatish
ba’zan og‘ir kechadi. Bunday qiyofali insonlar dushmonona, tajovvuzkor,
nodo‘stona, yoqimsiz yoki qiyin munosabat o‘rnatuvchilardir. Siz ular bilan
muomala qilishda, xodim sifatida tanlashda o‘zingizni chetga olasiz.
201
Bunday sharoitda siz shaxs haqida qanday xulosaga kelganingiz singari,
boshqalar ham sizga xuddi shunday xulosalarga kelishlari shubhasiz. Bunday
o‘zaro o‘rinalmashuvchi mulohazalarga doimiy ravishda yangi insonlar bilan
tanishish zarurat tug‘ilgan sotsial vaziyatlarda duch kelinadi. Bu esa shaxsning
o‘ziga bo‘lgan xos xislatlarini aniqlashga olib keladi, masalan, tanishingiz
kirishimli yoki tortinchoq. Bu faktorlarni tahlil eta olish shaxs haqidagi umumiy
tasavvurlarga ega bo‘lishga etarlicha imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |