O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
 
O.Kernbergning tuzilmaviy yondashuvi 
Otto Kernberg psixoanalizning ikki shoxchasini o‘zaro birlashtirdi, ya’ni 
mayllar nazariyasi bilan ob’ektiv munosabatlar nazariyasini birgalikda 
rivojlanishini ta’minladi. 
U ikkita tayanch g‘oyadan kelib chiqdi: birinchisi – insonda ikkita mayl 
mavjud - libido va agressiya; ikkinchisi - Men-reprezentatsiya ob’ekt-
reprezentatsiya bilan ma’lum munosabatlarda mavjud.
Kernberg psixoterapevtning psixik buzilishlar bilan ishlash yo‘nalishini 
izohlashga xizmat qiladi. CHeklangan shaxslar bilan ishlash uchun 
ekspressivpsixoterapiyani va mashhur tuzilmaviy intervyuni ishlab chiqdi.
O. Kernbergning tuzilmaviy yondashuvi quyidagilarni yoritishga xizmat 
qiladi:


340 
1)ob’ektiv munosabatning sifatini; 
2) Super-ego integrallashganlik darajasini; 
3) primitiv ko‘chish tabiatini; 
U uch xil tipdagi shaxs tuzilmasini aniqlash orqali muhim vazifalarni hal 
qiladi:
a)
identiklikni integratsiya darajasini aniqlash;
b)
himoya mexanizm tiplarini yoritish;
c)
voqelikni testlashtirishga qobiliyatini aniqlash. 
Bu vazifalarni bajarish uchun maxsus tuzilmaviy intervyu ishlab chiqildi.
Tuzilmaviy intervyu patsient bilan klient o‘zaro ta’sirlashuviga asoslangan. Bu 
usul muammoni shaffof o‘rganish imkonini beradi. Uning oqibatida patsientning 
motivatsiyasi, psixoterapiyaga shayligi, qarshilik ko‘rsatish shakli, psixoterapiya 
tipini baholashga imkon beradi. U yordamida klientning ijobiy sifatlari yoritiladi.
Kernberg tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv psixoterapevt bilan 
muomala vaziyatida namoyon bo‘ladigan patsientning qiyinlashuvi, simptomlari 
va nizolariga alohida e’tibor qaratgan. Tuzilmaviy intervyu uchta fazaga ajratiladi: 
boshlang‘ich, o‘rta va yakunlovchi. 
1.
Boshlang‘ich fazada terapevt patsientga asosiy simptomlar, patsientning 
kutilmalari va qiyinchiliklari haqidagi sovollaridan iborat. Bu fazada patsient 
qanchalik savollarni tushunishi va o‘zining xatolarini anglaganligini, uning 
kutilmalar voqelikka qanchalik mos kelishini yoritishga xizmat qiladi.
Strukturali intervyuning birinchi fazadayoq shaxs tuzilmasi darajasini 
aniqlash mumkin. Agar patsient simptomlarni aniq va to‘liq tasvirini berishga 
maqbul bo‘lsa, u holda terapevt quyidagi qo‘shimcha savollarni berishi mumkin 
bo‘ladi: O‘zingizni simptomlaringizni alohida jihatini izohlay olishingiz 
mumkinmi?, “ular qanday rivojlandi, ular bilan bog‘liq qanday hodisalar mavjud?” 
Aynan ushbu bosqichda voqelikni testlashtirish darajasi tekshiriladi.
2.
Intervyuning o‘rta fazasida klientning identikligini baholash vazifalari 
shakllantiriladi. Men qirralari yoki patsient timsoliga ziddiyatli bo‘lgan timsol 
haqidagi ma’lumotlar olish bilan bog‘liq diffuz identiklik aniqlanadi. Oqibatda 


341 
Men-reprezentativlik bilan ziddiyatli bo‘lgan diffuz identiklik yoki to‘liq Men 
konsepsiyasi aniqlanadi. Ego-identiklikni o‘rganish bilan bir qatorda patsientning 
reprezentlashuv qobiliyati tekshiriladi va uning uchun ahamiyatli boshqalar 
izohlanadi. 
Patsientning muammosi o‘rganilayotgan vaqtda unda xavotirlanish orttishi, 
bezovtalanishning o‘sib ketishi, himoya mexanizmlari faollashishi mumkin. 
Terapevt ularning etukligini baholaydi. “Men”ning ego-o‘ziga xoslik jiahtlarini 
yoritadi.
“Men”ning nospetsifik jihatlari- bezovtalikni ko‘chirish qobiliyati, 
impulslar ustida nazoratning mavjud/mavjud emasligi va etuk sublimatsiya 
qiladigan usulni mavjud va mavjud emasligi tekshiriladi 
Bezovtalikni ko‘chirish qobiliyati patsientning emotsional zo‘riqishlarga 
bardosh qilishi mumkinligi darajasini tavsiflaydi. Impulslar ustidan nazorat 
patsientning instiktiv xohishlarni kechirishi mumkinlik darajasini va impulsiv 
harakat qilmasligi darajasini tavsiflaydi. Sublimatsiyaning samaradorligi
patsientning qanchalik tarbiya va ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ijodiy 
qobiliyatni rivojlanitirishini belgilaydi.
Bu fazada Super-egoni to‘liq yoki xususiy integratsiyasining mavjud 
emasligi testlashtiriladi. Buning uchun quyidagi mezonlardan foydalaniladi: 1) 
patsient qanday darajada etikaviy qadriyatlar bilan identifikatsiyalashgan bo‘lishi 
mumkinligi va 2) aybdorlikning me’yordagi tuyg‘usi uning xulq-atvorini 
ahamiyatli regulyatori ekanligi. 
Haddan tashqari kuchli aybdorlik hissini kechirish va keskin Super-ego 
nevrotiklar uchun integratsiyaning buzilishi va Super-ego integrallashmagan 
o‘tmishdoshlarining mavjudligi –cheklangan va psixotik patsientlar uchun
xarakterli. 
Me’yordagi insonda Super-ego integrallashgan, ya’ni 1) individ etikaviy 
prinsiplar asosida o‘zining xatti-harakatlarini tartibga soladi, 2) ekspluatatsiya va 
manipulitsatsiyalashdan tiyiladi, 3) tashqi majburlash mavjud bo‘lmaganda pok va 
axloqiy qimmatli bo‘lib qoladi. Strukturalashgan intervyuning o‘rta fazasida


342 
nevrotik simptomlar va xarakterning patologik qirralari, asosiy himoya 
mexanizmlari, diffuz indentiklik sindromi, voqelikni testlashtirish darajalari 
o‘rganiladi.
3. 
Strukturalashgan 
intervyuning 
yakuniy 
fazasida 
patsientga 
psixoterapevtdan ma’lum qilmagan muhim bo‘lgan nimanidir taklif qilishi 
so‘raladi. Quyidagi tartibda savol beriladi: “Sizning fikringizcha sizdan 
so‘ramagan yana nimani so‘rashim mumkin?”
Bu bosqichda terapevt patsientning svollariga javob beradi, kutilmagan 
bezovtalik va boshqa qiyinchiliklarga e’tibor qaratadi. Intervyuning har bir 
bosqichda terapevt patsient bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi: u bilan holati, terapiya, 
diagnoz haqidagi yakuniy xulosalarni muhokama qiladi.
Butun intervyu uchun 1,5 soat (10-15 daqiqali intervalli 2 ta 45 daqiqali 
seans)ni tashkil etadi. Terapevt uchta muhim vazifani hal etadi:
1)
Patsientning sub’ektiv olamini tadqiq qilish, 2) patsient bilan o‘zaro 
munosabat vaqtida xulq-atvorini kuzatish, 3) patsientga shaxsiy emotsional 
reaksiyasi orqali e’tibor qaratish
Terapevt patsientning xulq-atvori va tafakkuri, emotsiyasidagi noadekvat 
namoyon bo‘lishlarni baholash, ubilan o‘z kuzatishlarini muhokama qilish, o‘zini 
taktik tutish, patsientning unga qanchalik empatiya bilan munosabatga egaligini 
kuzatish. 
N. Mak-Vilyams modelidagi, xarakter diagnostikasi va uning buzilishiga 
doir O. Kernbergning strukturali yondashuvi ikki asosga ko‘rib chiqiladi: shaxs 
taraqqiyot darajasi va inson xarakter tipi. 
Patsientning birinchi asos bilan muvofiqligida shaxs taraqqiyot darajasi va 
buzilganlik darajalariga ko‘ra tafovutlanadi: psixotiklik, cheklanganlik va 
nevrotiklik. Bu darajalari o‘zida diskret birliklarni emas, balki qandaydir 
xususiyatlar kontinuumini ifodalaydi. 
Ikkinchi asos – xarakter tipi inson uchun ma’lum darajadagi ichki himoya 
stilini aniqlaydi. Xarakter tiplarini muhokama qilish - psixopatik, narsiss, shizoid, 


343 
paranoid, depressiv, mazoxistik, obsessiv/kompulsiv differensial psixologiyaga 
aloqadorligi sababli bizning muhokamiz vazifasi hisoblanmaydi.
Ma’lum ma’noda xarakter tipi quyidagi tartibda baholanadi:
1.
Etakchi mayllar, affektlar, temperament.
2.
Mening adaptiv va himoya funksiyasi.
3.
O‘zaro ta’sirlashuvning internallashtirilgan patternlari yoki ob’ektiv 
munosabatlari.
4.
SHaxsiy Menning sub’ektiv tajribasi: chegara, qadriyatlar, o‘zini idrok 
etishi .
5.
Ko‘chish va ko‘chishga qarshilikda o‘zi haqidagi tasavvurni namoyon 
qilish.
6.
Davolanishga tavsiyalar.
7.
Differetsial tahlil uchun asos. 
Sanab o‘tilgan xarakter tiplari sog‘lom kishilarda ham uchrashi mumkin, 
ammo bemorlardan farqli ravishda sog‘lom inson xarakteri uning psixik 
taraqqiyoti va moslashuviga to‘sqinlik qilmaydi.
Obsessiv inson tafakkur atrofida o‘z hayotini tashkil qiladi: ta’lim olishga, 
mantiqiy tahlilga, atroflicha rejalashtirishga va sog‘lom qaror qabul qilishga 
intiladi
112
. Patologik obsessiv inson aqliy saqich bilan mashg‘ul bo‘ladi, xulq-
atvorini tartibga sola olmaydi doira atrofidan cheksiz aylanadi.
“O‘ylangan va bajarilgan” joyda harakatlantiruvchi psixologik motivlar sifatida
eshitish, o‘ynash, orzu qilish, sezish, san’atdan qoniqish olish qobiliyati bilan 
disproporsiya vujudga keladi. Bu obsessiv-kompulsiv strukturali shaxslar bilan ish 
olib borishga olib keladi
113

SHaxs tiplari va ularning darajalarini qiyoslashni terapiya diagnozi, uning turlari 
va natijalarining barqarorligi aniqlaydi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish