Xarakterning tarkib topishi
Psixologiyada irsiyat bilan xarakterining munosabati to‘g‘risida xilma-xil
qarashlar mavjuddir (Krechmer, SHeldon va boshqalar). Aksariyat psixologlarning
e’tirof etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo
bo‘lishidagi shartlaridan biri xisoblanadi, xolos. Ma’lumki xarakter xususiyatlari
irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan
tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog‘lab tushuntirishi gomozigot egizaklarni
o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir
xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan o‘xshash bo‘lsalar-da, lekin
xarakter xislatlariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladilar. SHuning uchun
xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog‘liqligini: a) uning fiziologik asosi ham,
b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga keladigan shartli reflektor funksional
holati ham tasdiqlaydi.
304
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga oshadi.
Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular o‘z
navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir qil
egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. SHu
sababdan ijtimoiy tuzimni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning
ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, bilki xarakterning individual xususiyatlari
(xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga
bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida
hayrixoxlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik,
zolimlik, badjahillik kabi shaxslar aro munosabatlar trakib topa boshlaydi. Oilaviy
muhit, undagi shaxslar aro munosabatlar, farzanlarning miqdori, yoshidagi farqi,
nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning
o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog‘chasidagi, maktabdagi
shaxslararo munosabatlar ham xarakterning mahsus xislatlarini tarkib toptiradi.
Mehnat jamoalarida, norasimy guruhlarda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli
o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari
nihoyat darajada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin
kechadi. SHaxsda mayillarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liq
holda tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralib turadi.
Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs
munosabatlarining
onglilik
darajasiga
bog‘liq. Insonning haqqoniylik,
mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli
qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda
ham namoyon bo‘laveradi. Mamlakatimiz fuqorolari xarakterining kuchi va
mustahkamligi ularning istiqlol nashidasidadir va vatanparvarlik yuksak his-
tuyg‘usidadir. SHunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning
ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini
belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual
xususiyatlari orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi .
CHunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularni fiziologik
305
asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon
bo‘lib aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinomik xususiyat
deyiladi. Xarakter xislatlarining dinomik xususiyati temperament xususiyatlariga
bog‘liqdir. Ana shu holatga muvofiq ravishda temperament xususiyatlari ham
xarakterning ma’lum xislatlarining vaqt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham
temperament tipiga bog‘liq.
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning
irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosabati xarakter xislatlarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxsning faoliyati orqali belgilaydi. Uning
faoliyatiga taalluqli aynan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy
xususityalaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xuddi shu boisdan
xarakterning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-
harakatlariga bog‘liq tarzda amalga oshadi. Xarakterning tarkib topishida faol
faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol faoliyatiga xarakterning ifodalaydigan
harakatning individual o‘ziga xos usullari tarkib topadi. Harakt usullarining
avtomatlashuvi muayyan dinomik streotip hosil qilinishi bilan bog‘liq shartli
reflektor funksional holatning mahsulasidir. Avtomatlashuvining bir necha turdagi
psixologik mexanizmlari mavjud bo‘lib, ulardan biri-bu odatlardir. Xarakter
xislatlari tarkib topishining muhim shartlaridan biri-bu xislatlarni zaruriy xatti-
harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir.
Xarakterning tarkib topishida taqlidchanlikning roli katta bo‘lib, harakt
usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblanadi. Tarkib topish jarayonida
taqlidchanlikning ahamiyati ko‘p jihatdan ifodali xatti-harakatlarning shaxs
emotsional (hissiy) kechinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. Taqlidchanlik xatti-
harakat namunasiga taqlid qilish uchun mo‘ljallangan shaxs munosabatlari
tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakllantirishning shartiga
aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit ob’ektiv va
sub’ektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psixologik mexanizm
negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatma
306
(ustanovka) odatlaridan farqli o‘laroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina
bo‘lib qolmay, balki bilish jarayonlariga, xissiy va irodaviy reaksiyalarga ham
tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharoitlarda0 yorqin namoyon
bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holatlarda u tarkib ham topadi. Odatda
xarakter xislatlarining o‘zgarishidagi individual farqlar shaxsning nizoli
vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riq topishiga bog‘liq, binobarin, inson
sharoitdan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi.
SHunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-
harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni
boshqarishga odatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |