A.Adlerning Individual psixologiyasi
Alfred Adler (1870-1937) individual psixologiyaning asoschisi hisoblanadi.
Uning asosiy asarlari: «Nerv xarakteri haqida» (1912), «Individual
psixologiyaning nazariyasi va amaliyoti» (1920), « Insonshunoslik» (1927),
«Hayotning mazmuni» (1933).
Inson tabiati
Inson-yagona va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi organizm; individuum (lat.)
— bo‘linmas. Inson hayotiy faolligining hech bir namoyon bo‘lishini izolyasiyada
ko‘rib bo‘lmaydi, lekin faqat shaxsga munosabatda to‘liq ko‘rib chiqish mumkin.
Inson hayoti — shaxs uchun ahamiyatli maqsadlar yo‘nalishidagi o‘sish va
rivojlanishga uzluksiz harakat hayot maqsadlari insonning taqdirini belgilaydi.
Inson xulq-atvori-irsiyat va muhit ta’siri natijasigina emas, balki insonning
o‘z hayotining arxitektori sanalgan ijod kuchidan ham iborat
Individ jamiyatdan tashqari ko‘rib bo‘lmaydi, uning xulq-atvori esa sotsial
kontekstdan tashqarida . Har bir insonda umumiylik va sotsial qiziqishning tabiiy
tuyg‘usi mavjud, ya’ni hamkorlikning sotsial munosabatlariga tug‘ma ravishda
intilish mavjud.
Inson xulq-avtori o‘zi va atrof olam haqidagi tasavvurlari bilan belgilanadi
«appersepsiya sxemasi».
Erishilmagan maqsad yoki vazifalar inson xulq-atvorini yo‘naltirib,
harakatlantirib turadi.
Insonga yagona, yaxlit, unsurlari bir-biri bilan o‘zaro muvofiq keluvchi
mavjudod sifatida qaraydi.
Individuum miya va tana, onglilik bilan ongsizlik, tafakkur, tuyg‘u, harakat,
shaxsda namoyon bo‘luvchilar yagonadir.
SHaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya
etadi.SHaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish,
223
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini boshqaradi,
ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
SHaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya
etadi.SHaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish,
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini boshqaradi,
ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
Individuum jamiyatdan, boshqa insonlardan xoli holda bo‘lmaydi, insonning
xulq-atvori sotsial determinantlar bilan aniqlangan sotsial mazmunda sodir bo‘ladi,
oqibatda insonda boshqa insonlar bilan hamkorlikda sotsial o‘zaro munosabatlarda
ishtirok etishga intilishni ifodalovchi sotsial qiziqishlar shakllanadi.
Nomukammallik kopleksi atamasini A.Adler fanga olib kirib, ushbu
tuyg‘uni barcha bolalar jismoniy o‘lchamlari, kam kuchligi va imkoniyatlarining
pastligi oqibatida boshdan kechiradilar.
Kelajakda juda kuchli, kompleksga aylantirish, ijobiy o‘sish va rivojlanishni
qiyinlashtirishi mumkin. Biroq o‘rtacha darajali nomukamallik bolada “kuchli
bo‘lish yoki boshqalardan kuchli bo‘lish”ga, kamolotga, ustunlikka, o‘zining
qobiliyatlarigi rivojlantirishga undash mumkin
Kamolotga intilish tug‘ma bo‘lib, bu hayotning bir bo‘lagi, hayotga
intilishning bo‘lmasligi ma’nosiz, deydi A.Adler.
Mukammalik masqad ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Agar u ijtimoiy manfaatga va boshqalarning foydasiga yo‘naltirilgan bo‘lsa,
rivojlanish konstruktiv va sog‘lom yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu rivojlanish,
ko‘nikma va malakalarning kamol toptirish, mukammal hayot uslubiga ega bo‘lish
uchun ishlashga intilish. Biroq ayrimlar mukammallikka boshqlar ustidan
humkronlik qilish orqali erishishga urinadi. Bu hokimiyat va agressiyada namoyon
bo‘ladi.
Har bir inson intilish va erishishiga mujassamlashuvchi o‘zining hayot
uslubini ishlab chiqadi. Ularning shakllanishi bolalikdan boshlanib,
nomukammallik, ishonchsizlik, kattalar olamida bo‘lishga ojizlik kompleksi
sifatida shakllanib boshlaydi. Hayot maqsadi bundan himoyalanish, qondirilmagan
224
bugungi hayot bilan yorqin, mukammal kelajak o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |