Tadqiqot obyekti va predmeti.
Anvar Obidjonning 2006-yilda nashr
qilingan ―Tanlangan she‘rlar‖ asariga kiritilgan she‘rlari mazkur magistrlik
dissertatsiyasi uchun tadqiqot obyekti qilib olindi. Shoir asarlarida qo‗llangan
lingvopoetik tasvirni yuzaga keltiruvchi leksik-stilistik vositalarning she‘riy asar
tilining badiiy-estetik jihatdan o‗ziga xosligini ta‘minlashga xizmat qilishini
lingvopoetik aspektda o‗rganish tadqiqot predmeti bo‗lib xizmat qildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Ushbu magistrlik ishini
tadqiq etishda dialektik tafakkurning qonuniyatlarini poetik asarlar matniga tatbiq
qilgan holda shakl va mazmun, makon va zamon, xususiylik va umumiylik, sabab-
oqibat tamoyillariga tayanish, tadqiqot jarayonida ko‗zlangan maqsadga erishish
uchun semantik-stilistik, komponent tahlil, tavsiflash, qiyoslash, lingvopoetik tahlil
usullaridan foydalanish ishdan ko‘zlangan asosiy farazlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |