O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


 Suv omborlari va ularning gidrologik rejimi



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/255
Sana26.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#411498
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   255
Bog'liq
1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma

11.5. Suv omborlari va ularning gidrologik rejimi 
 
 
Qadimdan  odamlar  daryolar,  soylar  suv  resurslaridan  samarali  foydalanish 
maqsadida suv omborlari qurganlar. Suv omborlarining gidrologik rejimi ularning 
suv  sathi,  suv  balansi,  harorati,  gidrokimyoviy  va  gidrofizik  ko‘rsatkichlarining 
vaqt  bo‘yicha  o‘zgarishida  aks  etadi.  Quyida  ularning  har  biri  ustida  alohida 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Suv  sathi  rejimi.
    Suv  omborlarining  suv  sathi  inson  tomonidan,  ma’lum 
maqsadlarni ko‘zlagan holda, boshqarib turiladi va uning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi 
(tebranishi) quyidagi omillarga bog‘liq: 
- suv ombori kosasining o‘lchamlariga va shakliga; 
-  suv  omborining  daryo  oqimini  tartibga  solishi  bo‘yicha  qaysi  turga 
mansubligiga; 
- suv omborining suvga to‘lish va suvdan bo‘shash tezligiga; 
-  sug‘orishga  va  boshqa  maqsadlar  uchun  olinadigan  suvning  oz  yoki 
ko‘pligiga; 
- gidroelektr stansiyalarning ishlash tartibiga; 
- to‘g‘onning quyi qismida sanitariya holatini saqlash uchun, kema qatnovi 
uchun zarur bo‘lgan chuqurlikka va hokazo. 
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  omillarga  bog‘liq  holda  suv  omborlarida 
suv
 
sathining davriy o‘zgarishi
 turlicha bo‘ladi. 
Har qanday suv omborini loyihalashda va ulardan amalda foydalanishda bir 
qancha xarakterli suv sathlari nazarda tutiladi: 
- me’yordagi suv sathi; 
-  foydasiz  hajmning  suv  sathi.  Nisbatan  yirik  bo‘lgan  suv  omborlarida 
ma’lum miqdordagi suvdan amalda foydalanish imkoni bo‘lmaydi. Bu suv miqdori 
foydasiz suv hajmi deyiladi; 
- ishchi suv sathlari-me’yordagi suv sathi bilan foydasiz hajmning suv sathi 
oralig‘iga tegishlidir; 
-  eng  yuqori  loyiha  suv  sathi.  Suv  omborida  to‘plangan  suv  shu  sathga 


 
146 
etguncha uning to‘g‘oniga hech qanday ziyon etmaydi. 
- yo‘l qo‘yilishi yoki ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan suv sathi. Bu suv sathini 
uzoq saqlash o‘ta xavfli bo‘lib, to‘g‘onning mustahkamligiga putur etkazadi. 
Suv sathlariga bog‘liq holda suv omborlarining to‘la suv sig‘imi foydali va 
yuqorida aytib o‘tilganidek, foydasiz hajmlardan iborat bo‘ladi. Foydasiz hajmning 
suv sathi har ikki qismni bir-biridan ajratib turadi. Daryolar oqimini boshqarishda 
va undan xalq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanishda suv omborlarining foydali suv 
sig‘imi asosiy o‘rin tutadi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish