O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/255
Sana26.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#411498
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   255
Bog'liq
1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma

Relefning  ta’siri.
  Daryo  oqimining  hosil  bo‘lishiga  havzaning  relefi 
bevosita  va  bilvosita  ta’sir  etishi  mumkin.  Relefning  oqimga  bevosita  ta’siri 
havzaning  nishabligi  orqali  ifodalanadi.  Agar  havzaning  nishabligi  katta  bo‘lsa, 
oqim jadal sur’atda hosil bo‘lib, uning daryo o‘zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. 
Shu  bilan  birga  yer  ostiga  shimilish  va  bug‘lanishga  ham  kam  miqdorda  suv  sarf 
bo‘ladi.  


 
120 
Havza  relefining  oqim  hosil  bo‘lishiga  bilvosita  ta’siri  juda  kattadir.  Bu 
ta’sir  daryo  havzasi  suv  balansining  asosiy  elementlari  bo‘lgan  yog‘in­sochin, 
bug‘lanish,  yer  ostiga  shimilish  va  havzada  to‘planadigan  suv  miqdori  orqali 
seziladi. 
Tog‘li  hududlarda  daryo  havzasining  suv  balansi  elementlari  balandlik 
bo‘yicha  keskin  o‘zgaradi.  Yillik  yog‘in  miqdori  ma’lum  balandlikkacha  ortib 
boradi,  shundan  so‘ng  balandlik  ortishi  bilan  yog‘in  miqdori  kamaya  boradi. 
Yog‘in  miqdoriga  tog‘  yonbag‘irlarining  nam  havo  oqimi  yo‘nalishiga  nisbatan 
joylashishi katta ta’sir  ko‘rsatadi.  Masalan,  Xisor tog‘  tizmasining  janubi­g‘arbiy 
yonbag‘irlariga  yiliga  1500-2000  mm  yog‘in  yog‘sa,  Pomir  tog‘larining  ichki 
qismida bu qiymat atigi 400-600 mm ni tashkil etadi. 
Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi. Ma’lumki, balandlikka 
mos ravishda yog‘inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning hissasi ortib boradi. 
Bu esa o‘z navbatida oqim koeffitsientining o‘sishiga olib keladi. 
Tog‘li  rayonlarda  daryo  oqimi  (M)  ning  balandlik  (H)  bo‘yicha  o‘zgarishi 
qonuniyatlarini M =
f
(H) bog‘lanish chizmasi yaqqol tasvirlaydi (29­rasm). Oqim 
hosil bo‘lishi sharoiti nihoyatda farq qilishi tufayli, ba’zan yagona tog‘ tizimining 
turli hududlari uchun chizilgan chizmalar shakli bir­biridan ajralib turadi. 
Umuman  tog‘li  o‘lkalarning  gidrologik  sharoitida  relefning  ahamiyati 
nihoyatda kattadir. Relef gidrologik hodisalarga, shu jumladan oqim hosil bo‘lish 
jarayoniga  ko‘pincha  bevosita  emas,  balki  tabiiy-geografik,  ayniqsa,  iqlimiy 
omillar orqali ham ta’sir etadi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish