85
shundan:
yer
sirtida
12 150 000
suzuvchi
1 460 000
orollar
169 000
vaho muzliklari va .....
196 000
Antarktika
orollari
atrofida
4 000
Hammasi
13 979 000
Sibir
477
Koryak tog‘ligi
180
Kamchatka
866
Er yuzasi bo‘yicha
15503939
8.4. Muzliklarning gidrologik ahamiyati
Tog‘ muzliklarining erishidan hosil bo‘lgan suv daryolar to‘yinishining
asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Muzlik hisobiga to‘yinish undan
uzoqlashgan sari kamayib boradi. Daryo havzasida muzlikning bo‘lishi oqim
rejimining o‘ziga xos xususiyatlarini vujudga keltiradi. Jumladan, yillik oqimning
o‘zgaruvchanligi kamayadi.
Muzliklar suvlaridan to‘yinadigan daryolar yozgi to‘linsuv davrining
davomliligi va suv sathi hamda sarfining nisbatan katta bo‘lmagan tebranishi bilan
ajralib turadi. To‘linsuv davri boshida daryolar to‘yinishida mavsumiy qorlar
qatnashadi. Muzlikning yuza qismidagi qorlar eriy boshlashi bilan daryodagi suv
miqdori ham orta boradi. Ba’zan haroratning keskin ko‘tarilishi natijasida
toshqinlar ham kuzatiladi. Bunga, boshqa omillar bilan bir qatorda, muzlik
tanasida yoki muzlikdan quyida hosil bo‘lgan ko‘llarda to‘plangan suvning daryo
oqimiga qo‘shilishi sabab bo‘ladi. Ana shunday ko‘llarda to‘plangan suvning
to‘g‘onni yorib o‘tishi (to‘g‘onning buzilishi) hollari Himolay, Tyanshan, Pomir-
Oloy tog‘larida tez-tez kuzatiladi. Ayrim hollarda ular falokatli sel toshqinlariga
sabab bo‘ladi. Masalan, 1973 yil iyul oyida Almati shahri yaqinida, 1998 yil 8
iyunda SHohirmardonda kuzatilgan sel toshqinlari muzliklar faoliyati bilan
bog‘liq.
Yirik muzliklardan to‘yinadigan daryolar suv rejimini o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, yozning birinchi yarmida muzlik tanasida va uning yuzasidagi
86
botiqliklarda va ko‘llarda suvning to‘planishi-akkumulyasiyasi ro‘y beradi.
Yozning ikkinchi yarmida esa bu suvlar daryo o‘zaniga oqib tushadi (8.4 - rasm).
Daryo havzasidagi muzliklar egallagan maydonning o‘lchami oqimning yil ichida
taqsimlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Havzada muzlik maydonining ortishi
bilan yozning ikkinchi yarmidagi (iyul-sentyabr) oqim hajmi mart-iyun davri
oqimiga nisbatan katta bo‘ladi. Buning asosiy sababi daryoning to‘yinishida
muzlik suvi hissasining ortishidir. Bu qonuniyat V.L.Shuls parametri bilan
havzadagi muzlik egallagan maydonni taqqoslaganda aniq namoyon bo‘ladi.
Yoz faslida, muzlikdan to‘yinadigan daryolarda suv sathi va sarfining kunlik
tebranishi kuzatiladi, ya’ni ular havo haroratiga bog‘liq holda ortadi yoki kamayadi
(8.2 - rasm).
Tog‘ muzliklarining rejimini va ulardan oqib chiqadigan daryolarni har
tomonlama o‘rganish qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka asoslangan O‘rta
Osiyo sharoitida katta amaliy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: