1. Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetrik gullar.
Aktinomorf gullarda (to‘g‘ri) uning yuzasidan bir necha simmetirya o‘tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simmetiriya o‘tkazish mumkin.
Masalan: Labguldoshlar, dukkakguldoshlar shunday gul hosil qiladi. Asimmetrik gullar yuzasidan birorta ham simmetriya o‘tkazish mumkin emas. (Kanna, valeriana gullari).
Changchilar yig‘indisi andratsey deyiladi. Ular mikroskpora hosil qilishga xizmat qiladi.
Changchilarga ta’rif berishda ularning soniga, joylanish doirasiga tutashganligiga va uzunligiga e’tibor berish kerak.
Urug‘chi va uning tuzilishi. Urug‘chilar yigindisi ginitsey deyiladi. Ular 1 ta yoki bir necha meva bargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Masalan: olxo‘ri, shaftolida 1 ta, karamda 2 ta, shoyigul, piyozda 3 ta, olma, nokda 5 ta, lolaqizg‘aldoqda 9 - 11 ta meva bargchaning qo‘shilishdan hosil bo‘ladi.
Urug‘chi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi.
1. tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha.
Tumshiqchaning vazifasi changni qabul qilishga xizmat qilishdir. Buning uchun unda ishlab chiqilgan suyuqlik yordam beradi.Ustuncha tuguncha va tumshukchani bir biriga bog‘lab turadi. Ustunchalar soni meva bargchalar miqdoriga bog‘liq. Masalan: olma, nok 5 ta meva bargcha va 5 ta ustuncha hosil qilsa, chinigulda 3 ta, labiguldoshlar va butguldoshlarda bitta ustuncha hosil qiladi. Uning rivojlanishidan urug‘ hosil bo‘ladi.
Tuguncha gul qismlarining joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
4. To‘pgullar. Bir necha gulning birgalashib joylashishi to‘pgul deyiladi.. To‘pgularni shoxlanish usuliga qarab 2 guruhga ajratamiz. 1. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullar. 2. Simpodial shoxlanuvchi to‘pgullar. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullarda o‘sish nuqtasi cheksiz o‘sish xususiyatiga ega bo‘lib, yon shoxlarining soni noaniq bo‘ladi. Bunday to‘pgullarda gulning asosiy o‘q qismi yaxshi ifodalangan bo‘lib, gullar gulning asosidan uchiga doimiy ravishda ochilib boradi.
Simpodial shoxlanuvchi gullarning o‘sishi chegaralangan bo‘lib, hatto har bir tur va oilaga kiruvchi, o‘simlikda farq qiladi. Bunday to‘pgullarda guli uchidan asosiga qarab ochiladi. Manopadial to‘pgullar o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Oddiy monopodial to‘pgullar. 2. Murakkab monopodial to‘pgullar.
Oddiy monopodial to‘pgullarga quyidagilar kiradi.
Shingil (shoda). Uzun asosi tepada bo‘lib bir xil uzunlikdagi gulbandlarda ajrim gullar hosil bo‘ladi. Masalan: beda, shirach, yer yong‘oq, oq akatsiya va hokazo.
Oddiy boshoq-uzun asosida, gul bandsiz gullar joylashgan bo‘ladi. Masalan: zubturum, qiyoq guli.
Dasta to‘pgul bitta gul bandida bir necha gul joylashgan bo‘ladi. Masalan: olma, nok.
Soyabon - piyoz va olcha gulida hosil bo‘lib gullar bir asosida bir xil uzunlikda gumbaz bo‘lib joylashadi.
Kuchala - Yong‘oq, tol, qayin kabi o‘simliklarda pastga qarab osilib turadi.
Savatcha to‘pgulda tarelkasimon gul o‘rnida cheksiz gul joylashgan bo‘ladi. Masalan: kunga boqar, qoqio‘t, bo‘tako‘z va hokazo.
Murakkab monopodial to‘p gullar quyidagi guruhlarga ajratiladi.
1.Murakkab boshoq (bug‘doy arpa)2.Murakkab soyavon (ukrop sabzi) 3. Ro‘vak (nastarin).
Simpodial to‘pgullarda gullarning asosiy tanasi gul bilan tugaydi. Asosiy novdaning tugashi yon novdani hosil bo‘lishga olib keladi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi.
6. Gul yetilganidan keyin changdonda yetilgan changning onalik tumshukchasiga tushishi changlanish deb ataladi. Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud. 1. O‘z-o‘zidan changlanish. 2. Chetdan changlanish
Tabiatda ko‘pchilik o‘simliklar kleystogamli gullar hosil qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli (ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan: yeryong‘oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul va meva hosil qiladi.
O‘simliklarning o‘z-o‘zidan changlanishi CH. Darvin tomonidan 27 yil davomida o‘rganilgan. Natijada u shunday xulosaga kelgan chetdan changlanish nasil sifatini yaxshilanishiga olib keladi.
Xashoratlar yordamida changlanuvchi o‘simliklar entomofil o‘simliklar deyiladi. O‘simliklarning xashoratlar yordamida changlanishi tabiatning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Changlanishda asalari, kapalak, pashsha, qo‘ng‘iz, chumoli va boshqa xashoratlar muhim rol o‘ynaydi. Nektar tarkibi 25-95% suv, 3-72% glyukoza va tamli shakarga to‘g‘ri keladi.
Shiradonlar gulning gulqo‘rg‘on qismida joylashgan bo‘lib xashoratlarni gulning ichiga kirishiga majbur qiladi. Chang yuzasining g‘adir-budur va yopishqoqlik xususiyati ularga yopishib boshqa gulga borganda changlanish jarayonini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |